OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Irlandiyada tug'ilgan amerika yozuvchisi. Dublin universitetida o'qigan. 1852-yili AQShga ko'chib kelgan.
O'z ijodini she'r yozishdan boshlagan. Ijodining so'nggi davrida hikoya, pyesalar yozgan. Uning qisqa hikoyalari mashhur.
Fitz Jeyms O’Breyn 1861-yili Nyu York Milliy Gvardiyasiga qo'shiladi va Kameron lagerida 6 oy xizmat qiladi. 1862-yil 26-fevralda otishmada qattiq yaralanadi va vafot etadi.
Fitz Jeyms O’Breynning do'sti Uilyam Vinter tomonidan uning she'r va hikoyalari to'planib, Bostonda chop etiladi (1881). 
Uning asarlari quyidagi to'plamlarda jamlangan: "She'r va hikoyalar" (1881), "Brilliant linza" (1885), "Bu nima edi?" (1889), "Fitz Jeyms O’Breyn hikoyalari to'plami" (1925), "Fitz Jeyms O’Breynning fantastik hikoyalari" (1977).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.