19.06.2013 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
XX asr matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O'zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Tazkira
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri
Jahon nasri
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O'zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Saytlar
Mobil versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Obuna RSS
Statistika
A'zolar : 4065
Yangiliklar : 8281
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 31239603
So‘rovnoma
Kutubxonalar bilan qanchalik bog'liqligingiz bor?

So'nggi mulohazalar
Amerikada o’qish uchun imkoniyat!
Salom Men yaqinda inyazni ingliz filalogiza fakultetini bitirdim,gramm...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Tushimda oq salla o\'ragan katta bir mullo o\'qib yotibdi, o\'s...
To'liq...

Lobar Azizxo‘jayeva (1991-yili tug'ilgan)
ajoyib sherlar ijodingizga omad
To'liq...

Nuriddin Ismoilov. Kechir meni, Ra’no (hikoya)
Nuruddin akani Asarlarini diyartli hammasini ùýéøè chiqanmam va u asar...
To'liq...

Jek London. Hayotga muhabbat (hikoya)
Kiritganlarga kattokon rahmat, o`qib mazza qildim. Sog`lik-salomatlik,...
To'liq...

Stiven King. Bo'ri-odam yili (hikoya)
Ushbu kitob boyicha kino ishlanganmi yoki yoqmi? Sms ga javob yozingla...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
O'zbekiston xalq yozuvchisi O'TKIR HOSHIMOV vafotini eshitib o'ylanib ...
To'liq...

Vahobjon Rahimov
Salom sog'-salomat yuribsizmi xikoyangizni o'qib chiqdim rahmat sizni ...
To'liq...

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar (hikoya)
Ota-nasi tirik insonlar, bu dunyoda har bir kun o'tkinchi, har bir kun...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
o'tkir xoshimov the best writer
To'liq...

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar (hikoya)
ONA-bu yorug' olamdagi eng ulug', eng mo'tabar zot! U kishi tug'ulgan...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Øó òóí òóøóìäà áóíäàí 50êóí÷à èëãàðè êàçî êèëãàí àìàêèì êèðèáäè ó êèø...
To'liq...

Daniel Defo (1660 - 1731)
Ko'proq ma'lumotlar bo'lsa yaxshi bo'lardi,ayniqsa asarlari to'g'risid...
To'liq...

Pirmat Shermuhamedov. Chingizxonni ulug‘lashdan maqsad nima?
xa tarix biz yowlar uchun muxim rol 0'ynaydi.qolaversa bizdan keyingi ...
To'liq...

Zamburug’lar
shu mavzu bo'yicha kasallamgan bemorlarni savollariga kim javob beradi...
To'liq...

 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Mahmadonalik ― foydasiz, kamgaplik ― zarar emas.
• Izlasang ― topasan, istasang ― erishasan.
• Ertaning moyidan bugunning choyi afzal.
• Dangasalikdan ― maqtanchoqlik, ochko‘zlikdan ― o‘g‘rilik.
• Irodasiz kuch yo‘q, tuzsiz maza yo‘q.
Tuva xalq maqollari
 
 
Abdulla Qahhor. Bemor (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
O‘zbek nasri - Abdulla Qahhor (1907-1968)
BEMOR
(O‘tmishdan)

Osmon yiroq, yer qattiq (maqol).

Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Sotiboldi kasalni o‘qitdi - bo‘lmadi, tabibga ko‘rsatdi. Tabib qon oldi, betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib qoldi, baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xotin kelib, tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so‘yib qonladi. Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi.
Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona to‘g‘risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga ko‘milgan baland va oq imorat: shisha qabzali kulrang eshigida qo‘ng‘iroq tugmasi bor. Chigit po‘choq va kunjara bilan savdo qiladigan xo‘jayin Abdug‘aniboy omborida qulab ketgan qoplar ostida qolib uladigan bo‘lganida bu doktorxonaga bormay Sim*ga ketgan edi.

Doktorxona deganda Sotiboldining ko‘zi oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi.
Bemor og‘irlashdi. Sotiboldi xo‘jayinining oldiga arzga bordi, ammo bu borishdan muddaosi nima ekanini aniq bilmas edi. Abdug‘aniboy uning so‘zini eshitib ko‘p afsuslandi, qo‘lidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin so‘radi:
- Devonai Baxovaddinga hech narsa ko‘tardingmi? o‘avsula’zamga-chi?
Sotiboldi ketdi. Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb kilishga majbur bo‘ldi - har xil savatchalar to‘kishni o‘rgandi. U ertadan kechgacha oftobshuvoqda gavronlar ichiga ko‘milib savat to‘qiydi. To‘rt yashar qizchasi qo‘liga ro‘molcha olib, onasining yuzini karaxt, nimjon, xirra pashshalardan quriydi, ba’zan, qo‘lida ro‘molcha, mukka tushib uxlab qoladi. Hammayoq jim. Faqat pashsha g‘ing‘ilaydi. Bemor inkillaydi, har zamon yaqin - yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: «Xey do‘st, shaydullo ba nomi Ollo, sadaqa raddi balo, ba qavli rasuli xudo...»
Bir kechasi bemor juda azob tortdi. U har ingraganda Sotiboldi chakkasiga birov solingan kishiday talvasaga tushar edi. Qo‘shnisi - bir kampirni chaqirdi. Kampir bemorning to‘zigan sochlarini tuzatdi, u yoq bu yog‘ini siladi, so‘ngra ... o‘tirib yig‘ladi.
- Begunoh go‘dakning saxarda qilgan duosi ijobat bo‘ladi, uyg‘oting qizingizni ! - dedi.
Bola anchagacha uyqu g‘ashligi bilan yig‘ladi. Keyin otasining g‘azabidan, onasining ahvolidan qo‘rkib, kampir o‘rgatgancha duo qildi:
- Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin...
Bemor kundan kunga battar, oxiri usal buldi. «Ko‘ngilga armon bo‘lmasin» deb «Chilyosin» xam qildirishga to‘g‘ri keldi. Sotiboldi to‘kigan savatlarini ulgurji oladigan baqqoldan 20 tanga qarz ko‘tardi. «Chilyosin»dan bemor tetik chiqqanday bo‘ldi, shu kechasi hatto ko‘zini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi:
- Xudo qizimning saxarlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman, qizimni saxarlari uyg‘otmang.

Yana ko‘zini yumdi, shu yumgancha qaytib ochmadi - saxarga borib uzildi. Sotiboldi qizchasini o‘lik yonidan olib, boshqa yoqqa yotqizayotganda qizcha uyg‘ondi va ko‘zini ochmasdan odatdagicha duo qildi:
- Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin....

Abdulla Qahhor

Sim* hozirgi Farg‘ona shahri
Tashriflar: 6574

  Mulohaza kiriting
RSS comments

Mulohaza kiritish
Ismingiz:
E-mailingiz
BBCode:Web AddressEmail AddressLoad Image from WebBold TextItalic TextUnderlined TextQuoteCodeOpen ListList ItemClose List
Mulohazangiz:

Kodni kiriting:* Code

Powered by AkoComment Tweaked Special Edition v.1.4.3

 
« Oldingi   Keyingi »
Yangi kiritilgan asarlar
Eng ko'p o'qilgan asarlar

So'nggi kiritmalar
Islom.ziyouz.com

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz
 
Sayt rivojiga hissa