|
Sahifa 1 5
Normurod Norqobilov
Normurod Norqobilov 1953-yil Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qishloq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1982-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan.
Yozuvchining «Zangori ko‘l», «Unutilgan qo‘shiq» kabi hikoyalar to‘plamlari chop yetilgan. Ayni paytda O‘zbekiston televideniyesi Adabiy-badiiy ko‘rsatuvlar tahririyatida bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.
* * * * * * * *
OQBO’YIN Tovuq patini o‘ynashda davom yetdi. Patni yertalab topgan, nimaligiga aqli yetmay boshi garang yedi. In yonidagi chirik xashaklar ustida cho‘zilib yotgan ona it bezovta g‘ingshiganidan so‘nggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga o‘girildi. Besh odimcha narida uy yegasi – Sodiq aka bilan norg‘ul bir odam – Karim podachi, yegnida yag‘iri chiqqan paxtalik, oyoqlarini kerib turardi. Undan go‘ng, pichan, silos va yana allambalolarning hidi anqirdi. Oqbo‘yin bu xil tashriflarga ko‘nikkan, har keldi-ketdidan so‘ng og‘a-inilaridan birortasi g‘oyib bo‘ladi, keyin onasi tuni bilan g‘ingshib chiqadi. Boshda ular o‘nta yedi. Uchtasini, urg‘ochi yekan, birinchi haftadayoq gumdon qilishdi. Bu gal navbat qaysi biriga yekan? Karim podachi oyoqlari ostida o‘ralashayotgan inisi — Oqto‘shni qo‘liga olib, obdon paypaslab ko‘rdi, panjalarini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Yoqtirmadi. Oqto‘sh nari ketishni xayoliga ham keltirmay, tag‘in suykala boshlagandi, Karim podachi yetigi uchi bilan turtib yubordi. Joni og‘rigan Oqto‘sh angillaganicha onasi tomon pildillab qochdi. Inisi Oqbo‘yinga yoqmaydi, o‘lgudek yaltoq, ko‘ringan qoraga suykaladi. Akasi Malla yesa tamomila aksi – tajang, salga zardasi qaynab darhol «yoqa bo‘g‘ishadi». Hozir ham u in to‘riga biqinib olib, Karim podachiga adovatli tikilib turardi. — Anovi turqi sovuqni ober-chi, — dedi podachi Mallani ko‘rsatib. Sodiq aka Mallani inidan tortib chiqardi-da, unga uzatdi. Karim podachi uni uzoq tutib turmay, darrov yerga qo‘ydi. — Bunisi qopag‘on bo‘ladi, - dedi Malla tishlagan barmog‘iga puflab. Podachining yezg‘ilashlari Oqbo‘yinga yoqmadi. Ammo tabiatan bardoshli uchun boshqalar kabi to‘polon qilmadi. Temirdek qattiq barmoqlariga tish botirishdan o‘zini tiyib, jimgina turib berdi. Karim podachi — sinchi, itni farqlay biladi. Umri fermada o‘tgan bu odam itni ishqibozlik uchun yemas, zarurat yuzasidan asraydi. Negaki, qish kezlari qir oshib keladigan bo‘rilardan kuygan — jondor desa yetmish yetti tomiri tortishadi, bo‘rilarga yemish bo‘lgan tomday-tomday novvoslari ko‘z oldiga kelib, ichi-tashi baravar yonadi. Avvallari ahvol aytarli darajada yomon yemasdi, salgina po‘pisa-yu qutqu bilan jondor otini daf yetmoq mumkin yedi. Ammo uch yil burun Yoldor degan bir mahluq paydo bo‘ldi-yu podachidan halovat ketdi. Arloni bo‘ri itlarni pisand qilmaganidek, miltiqqa ham osongina chap berardi. Tunlari bo‘ri poylayverib, biqinini shamollatib qo‘yganidan so‘ng, Karim podachi qopqon qo‘yib ko‘rdi. Biroq Yoldor qolib, qopqonga ferma tevaragida aylanib yuradigan daydi yeshaklardan biri tushdi. Yetni dorilab yo‘lga tashladi. Yoldor yemas, iti zaharlanib o‘ldi. Keyingi asragan iti yesa g‘oyat keraksiz chiqdi. Yoldorning qorasini ilg‘ar-ilg‘amas yeshik tirnab, g‘ingshigancha ichkariga intildi, ba’zida qishloqqa qochib qolardi. Bu qish o‘rtasi bu hol yana takrorlangach, Karim podachi jahl ustida itni otib o‘ldirdi. Chunki Yoldor to‘dasi boshqa mol quriganday, uning tanasini bo‘g‘izlab ketgandi-da. Shundan buyon podachi yaxshi it qidirib yuradi. Xuddi shunday it hozir uning qo‘lida yedi. Bu kuchuk arloni it naslidan. Bunaqasi mingdan bitta chiqadi. Nasib yetsa, uzog‘i bilan yana to‘rt-besh oydan so‘ng bu atrofda unga teng keladigani bo‘lmaydi. Jondor zoti borki, ovozini yeshitishi bilan qir boshida mixlanib qolaveradi. Karim podachi ich-ichidan xuruj qilib kelayotgan quvonchini bazo‘r yutib, uy yegasiga yuzlandi. — Shunisini tanladik. — Yo‘q. Bunisi o‘zimizda qoladi, — dedi Sodiq aka qat’iy bosh chayqab. — Qanjiqni yo‘qotmoqchimiz… — Bir qo‘y qo‘zisi bilan. Sodiq aka Oqbo‘yinga qiziqish bilan tikilarkan, tog‘asi haqligini angladi. Ichida uning topqirligidan qoyil qoldi. Tog‘asi mehmon bo‘lib kelgan kuni kuchukvachchalar yendi oyoqlagan yedi. Tog‘a qanjiqni yo‘qotib, arlon it asrashni maslahat berarkan, kuchukvachchalarni choponi bariga solib, tomorqa adog‘iga oborib tashladi. Issiq joyidan qo‘zg‘atilgan kuchukvachchalar notanish joyda nima qilishlarini bilmay paypaslanib turishganida, Oqbo‘yin to‘dadan ajralib, sal narida bezovta g‘ingshib turgan onasi tomon intildi. «Mana shunisini asra, - dedi tog‘a. – Bundan zo‘r it chiqadi. Qolganlari bir pulga qimmat. Sodiq aka uchun hamma it bir it yedi. U bu borada hovli itsiz bo‘lmasligi kerak degan aqidaga bo‘ysunib ish tutardi. Tog‘aning gapidan so‘ng Oqbo‘yinga nisbatan qiziqishi ortganday bo‘ldi. Bir tomoni mehmon hurmati uni asramoqni ko‘ngliga tugdi. Podachining gapidan keyin Oqbo‘yinga qiziqishi o‘n chandon ortdi. Axir hech zamonda it savdolashilganmi? Qishda bir chaksa qorni birovga ravo ko‘rmaydigan shunday bir odam qo‘y va’da qilyaptimi, demak bu kuchukda bir gap bor. Turishini qara, pinak buzmaydi-ya. — Ana bor, ikkita qo‘y. — Aka, bilasiz men bitta gapiraman. — Obbo, qo‘rang to‘la molmidiki, it asraysan. — Yaxshi it hammagayam kerak. — Buni asrab naf ko‘rmaysan. Rashkim yomon, birda bo‘lmasa, birda otib o‘ldiraman. — Yarashadagan gapni qiling, aka. — Otmagan taqdirdayam baribir Xidir xira otib ketadi. — Otib ko‘rsin.… Savdosi pishmagan Karim podachi itni yerga qo‘yarkan, zarda bilan biqiniga tepdi. Zarb kuchli bo‘lmasa-da, bu xil muomala Oqbo‘yinga yomon ta’sir qildi. Irillash barobarida akilladi. U o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilardi. Bu jihatdan otasi Olaparga tortgan yedi. Olapar qo‘shni qishloqlik Abdurayim ovchining iti. Kuzda u bu tomonlarga qadam qo‘yganda, uning haybatli, ko‘rkam kelbatini ko‘rib, butun qishloq lol qolgandi. Olapar hovliga boshqa itlar kabi devor oshib yemas, to‘g‘ri darvozadan kirgan. Uy yegasining do‘q-po‘pisasiga zig‘ircha ye’tibor bermay, bamaylixotir yurib, tomorqaga o‘tgan, kartoshkapoyada, o‘n chog‘li it qurshovida «nozlanib» yotgan qanjiqni bir zumda o‘ziniki qilib olgan. Hali hech kimdan bu xil muomalani ko‘rmagan Oqbo‘yin g‘azab va alamdan beixtiyor akillab yuborgandi. Akillagan sari izzat-nafsi allanechuk orom topib, ovozi o‘ziga xush yoqdi. Karim podachi Mallani qo‘yniga solib, yeshik ortida ko‘zdan yo‘qolmaguncha u tinchimadi. Shu kundan ye’tiboran u hurishni o‘rgandi. Oqbo‘yin dilxiralikni tez unutdi. Tag‘in tovuq pati bilan andarmon bo‘ldi. Ilgari bir nima bilan o‘ynashganda irillardi, yendi bo‘lar-bo‘lmasga akillashni odat qildi. Yepkin tovuq patini havolatganda, akillagancha ortidan quvlaydi, sakraydi, tappa bosadi, panjalari bilan piypalaydi va oxir-oqibatda hafsalasi pir bo‘lib, yendigina boshqa narsaga alahsimoqchi bo‘lganida, birdan tovuq patiga «jon» kiradi, shabadada «qanot qoqadi». Oqbo‘yin tag‘in unga tashlanadi. Tutadi, piypalaydi. Nimaligiga aqli yetmay garang bo‘ladi. Chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan tor joyida uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to‘lib-toshib yotibdi. Shulardan biri burchakdagi teshikdan tez-tez mo‘ralab turadigan kattakon kalamush yedi. Oqbo‘yin unga nisbatan yaxshi munosabatda yedi, og‘a-inilariga tegajoqlik qilgandek, u bilan o‘ynashgisi keladi. Ammo kalamush kuchuk yaqinlashishi bilan ura qochadi. Yana biri ahyon-ahyonda tom boshida paydo bo‘ladigan targ‘il mushuk yedi. Mushuk oliftanamo qadamlar bilan devor ustidan yurib keladi-da, tomga sakrab, soatlab o‘ziga oro beradi. Yeng qizig‘i devor boshida o‘qtin-o‘qtin ko‘rinish beradigan babaq xo‘roz. U o‘ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo‘yinga boshini u yon-bu yon burib anchayin qarab qo‘yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, sho‘rlik Oqto‘sh qochaman deb o‘mbaloq oshib tushadi. Oqto‘sh jur’atsizligiga yarasha o‘lgudek bo‘shang – salga dodlaydi. Oqbo‘yin xuddi mana shunisiga ishqiboz, uni yerga bosib yezg‘ilashni yaxshi ko‘radi. Onasining xotirjam boqishlarida o‘z qilig‘iga rag‘bat sezgan sayin g‘ayrati yanayam jo‘shadi, oqibatda, onasi o‘rtaga tushishga majbur bo‘ladi. Qilg‘iliqni Oqbo‘yin qilib, gapni Oqto‘sh yeshitadi, bo‘shashmay, ket, lapashang! Gohida shu ish ustida uy yegasining o‘rtancha o‘g‘li Rasul kelib qoladi. Ana unda ko‘ring tomoshani. Rasul ularni atay o‘chakishtiradi, ya’ni Oqbo‘yinni Oqto‘shni tagiga bosib g‘ashiga tegadi. Bundan Oqbo‘yinning g‘azabi shu qadar qo‘ziydiki, tutqundan bo‘shashi bilan sakrab turib, hech bir gunohi yo‘q inisini tishlab – tortqilay ketadi. Natijada, Oqto‘sh tashqariga chiqolmay soatlab biqinib o‘tiradi. Onasi in og‘zida cho‘zilib intiqom o‘tida yonayotgan Oqbo‘yinni ichkariga yo‘latmaydi, hovuridan tushishini kutadi. Oqbo‘yin alamidan Mallaga yopishadi. Ammo Malla bo‘sh keladiganlar xilidan yemas, «mushtga musht bilan» javob beradi. Ayniqsa, kechagi janjal yomon bo‘ldi. Rasulning qutqusi bilan u Mallani yendi tagiga bosgan yedi, kutilmaganda o‘ng oyog‘i akasining jag‘lari orasiga tushib qoldi. Jag’ yemas, misoli qopqon, qani qo‘yvorsa. Angillab yubordi. Rasul uni yerdan ko‘tarib bag‘riga bosdi. Lat yegan oyog‘ini silab-siypadi. Mallani yesa tepib haydadi. Rasul boshdanoq Oqbo‘yinga ayricha mehr qo‘ygan. Oqbo‘yin buni o‘zicha his qilgan sayin tantiqligi ortadi. Aslida, yeshikdan kirib keladiganlar orasida yeng g‘amxo‘ri ham Rasul yedi. Shu bois, bolaning kelishini Oqbo‘yin ilhaq kutadi. Kelavermasa, yeshik yoniga borib, tashqariga mo‘ralaydi. Tirqishdan keng hovlining bir burchagi – o‘choq boshi ko‘rinadi, xolos. U yerdan kunda uch mahal yaloqqa to‘kiladigan ovqat hidi keladi. Tovuq pati joniga tekkach, Oqbo‘yin yeshik yoniga bordi. Tirqishga tumshug‘ini suqib g‘ingshidi. Tanish hiddan darak yo‘q, qadam tovushlari ham yeshitilmaydi. Rasul kelmaguncha, u yeshikdan nari ketmadi, goh g‘ingshib, goh akillab uni yo‘qlab turdi.
|