OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Qozoq adibi, yirik so‘z san’atkori Abay 1845 yilda Qozog‘istonning Semey viloyatiga qarashli Ayako‘z tumanining Chingaztog‘ yonbag‘rida joylashgan Qorauy ovulida boy xonadonda tug‘ilgan. Otasi Qo‘nonboy Semeyning e’tiborli boylaridan bo‘lgan. 
Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, onasi Uljon va otasining onasi Ziyrak momo tomonidan erkalanib, Abay deb chaqirilar edi. Keyinchalik bu nom shoirning taxallusiga aylanib ketdi. 
Abay dastlabki ma’lumotni ovulidagi mulla qo‘lida oldi, 12 yoshida Orenburgdagi madrasada o‘qidi. Shu davrdan boshlab u she’rlar yoza boshlagan, lekin otasidan cho‘chib, she’rlarini hech kimga ko‘rsatmaydi. 
Abay 35 yoshlarida adabiyotga qaytadan kiradi, lekin bu davrda ham she’rlarini do‘stlarining nomidan chop ettirib yurdi. 1886 yilda «Yoz» she’rini birinchi marta o‘z imzosi bilan e’lon qilgan. 
Buyuk shoir o‘z ijodida Yassaviy, Navoiy, Fuzuliy an’analarini davom ettirgan, Pushkin, Lermontov asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. 
U 1904 yil 6 iyulda vafot etdi. 
Abay insonni komil ko‘rishni istardi, turkiy xalqlar tarixini yaxshi biladigan mutafakkir edi. U Navoiyni o‘zining buyuk ustozi deb bilgan.
Asarlari: «Iskandar», «Mas’ud» dostonlari, «Qorako‘z» falsafiy didaktik asari, «Qish», «Burgutchi», «Kuz» kabi she’rlari, «Azim kissasi» dostoni, «Naqliya so‘zlar» (44 hikoyatdan iborat) majmuasi va boshq.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.