OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Fransuz yozuvchisi. Adabiyotga 1880 yilda she’rlar to‘plami va «Do‘ndiq» novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar to‘plami, ocherk va pyesalar, ko‘plab maqolalar va boshqa asarlar muallifi. 
Mopassan ma’naviy qashshoq, munofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan («Javohirot», «Oila bag‘rida», «Vasiyatnoma» «Bochkacha», «Iblis» va b.). Uning «Daydi», «Shkaf», «Gadoy» kabi novellalarida turmush qa’riga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvirlangan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda o‘zini sotishga tayyor ayollar obrazi «Ivetta», «Haqqoniy tarix» va boshqa asarlarida mahorat bilan chizilgan. 
Mopassan sof muhabbat («Oy yog‘dusi», «Baxt»)ni kuylaydi va ma’naviy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi («Simon ota», «Marten qizalog‘i»), vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etadi («Do‘ndiq», «Madmuazel Fifi», «Milon amaki»). 
Uning «Hayot» (1883), «Azizim» (1885), «Mont-Oriol» (1886), «Per va Jan» (1887—88) kabi romanlarida umumbashariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. «O‘limdek kuchli» (1889), «Bizning qalb» (1890) romanlarida esa psixologik ruh kuchli. 
«Hayot», «Azizim» romanlari (Ibrohim G‘afurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.