Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Sintetik odamlar yoxud ortiqcha semizlik muammosi

13.12.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Har kuni bitta bo‘lsa-da yaxshi so‘z eshitish lozim. Aks holda quloq eshakniki kabi o‘sib qoladi.
• Sher birovdan qolganini yemaydi.
• Dunyoning to‘rt tarafi bor. Uchtasi yopiq bo‘lsa, bittasi doim ochiq turadi.
• Dushmanning boshog‘i ham nayzadek sanchiladi.
• Agar ikki kishi birlashsa qoyani ham ag‘daradi.
Lak xalq maqollari
 
 

Sintetik odamlar yoxud ortiqcha semizlik muammosi Chop etish uchun E-mailga yuborish
Maqolalar
 Dunyoning 72 foiz aholisi to‘yib ovqat yemaslikdan aziyat chekayotgan bir paytda taraqqiy etgan g‘arbiy yarimshar ahli semirishni global muammolar sirasiga kiritmoqda. Agar muammo tez orada hal etilmasa, g‘arb yarim asrdan so‘ng asosiy ishchi kuchidan ayriladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, AQSh byudjetidan sog‘liqni saqlash maqsadida ajratiladigan mablag‘ning 22 foizga yaqini aholini ortiqcha vazndan qutqarish uchun jalb etilar ekan. Bu o‘ziga xos kurashda faqat antibiotik preparatlar emas, balki tashviqot-targ‘ibot ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois, jamoat joylari, yoshlar markazlari va o‘quv maskanlarida me'yoridan ziyod ovqatlanish umrni qanchaga qisqartirishini tasvirlovchi plakatlar OITS, giyohvandlik va kashandalikka qarshi kurashga chorlovchi yozuvlar bilan yonma-yon ilingan.

Xo‘sh, nega shunday? Ayni paytlarda Kongo va Somali davlatlari aholisining uchdan ikki qismi bir kunda bir mahal issiq ovqat yeyish imkonidan mahrum (Afg‘oniston ham 1982 yildan beri bunday davlatlar safini to‘ldirib kelmoqda). Bu mamlakatlar aholisining risoladagidek tamaddi qilishlari uchun davlat yillik daromadi 25 mlrd. dollarga yaqinlashishi lozim. AQShda esa epidemiya darajasiga ko‘tarilgan semirishga qarshi kurash uchun 30 mlrd.dan ortiq mablag‘ sarf etilgan (statistics.gov/statebudjet/content/191.html).

Doimiy kavshanuvchilar saltanati

Muammo deb atayotganimiz - ortiqcha vazn masalasi birinchi marta 1980 yillarda okeanorti davlatining mamlakat miqyosidagi kengashlari kun tartibiga chiqarilgan edi. 1984 yildan so‘ng AQSh, Belgiya, Gollandiya va Buyuk Britaniya o‘z byudjetidan aholini ortiqcha vazndan xalos qilish, yuzaga kelgan unumdor ishchi kuchi masalasini hal etish uchun mablag‘ ajrata boshladi.

Londondagi qirollik kolleji mutaxassisi Lokk Kinnens 1987 yilda maxsus komissiya uchun tayyorlagan ma'ruzasida millatdoshlarining 30 yoshga yetmasdan superog‘ir vazn kasb etayotganiga Makdonalds va Koka-kolani bosh sababchi qilib ko‘rsatgan edi. Uning fikricha, "fast­fud" (engil tamaddi) mahsulotlari haddan ziyod kimyoviy o‘g‘itlar bilan boyitilishi, natijada iste'molchilarda gamburger va Koka-kolaga o‘rganib qolish odatining paydo bo‘lishi muammoning bosh sabablaridan biri edi. Hukumat a'zolarini "rasmiy Vashingtonning tabassumi"(hozir, ommaviy madaniyat belgisi) deya e'zozlanuvchi Makdonalds va Koka-kolaga embargo (boshqa bir davlatning biror mahsulotiga nisbatan cheklov) e'lon qilishga ko‘ndirish uchun yolg‘iz Kinnensning zahmati yetarli bo‘lmagan. Biroq London siyosatining ramzi hisoblangan "temir xonim" - Margaret Tetcher dorishunos professor ma'ruzasidan bahramand bo‘lgan ko‘rinadi. Aks holda u xalqaro miqyosdagi anjumanlardan birida Janub va Sharqdagi qashshoq qo‘shnilariga muammolarini gamburger va gazlangan ichimlik bilan hal qilishlarini maslahat bermas edi.

Ma'lumotlarga qaraganda, tarkibida shakar mavjud gazlangan ichimliklar qonga tez singuvchi faol kislotalarga boy bo‘lib, organizmdagi oziq bezlarining kengayib ketishiga sabab bo‘lar ekan. Ya'ni, oshqozonda hazm qilish jarayoni odatdagidan ko‘ra tezroq amalga oshadi, yoxud boshqacha qilib aytganda, iste'molchida uch mahal ovqatga nisbatan qoniqmaslik paydo bo‘ladi. "Nyu York Tayms" gazetasi 1998 yilda San-Frantsiskoni "doimiy kavshanuvchilar saltanati" deb atagan edi. O‘shanda bu yerdagi har ikki huquqshunosdan birining vazni 90 kg.dan ortiq bo‘lgan.

Tabiiylikdan yiroqda

Odatda rivojlangan mamlakatlarda ozuqani boyitish masalasiga alohida e'tibor beriladi. Masalan, Germaniya 1891 yildayoq non yopiladigan un tarkibiga zahm va sil kasalliklarining oldini oluvchi minerallar qo‘shilishiga e'tibor qaratgan. Hozirgacha bu an'ana davom etmoqda. Hatto ayrim siyosatchilar yuqoridagi uslubni aholini yoppasiga davolashning eng arzon usuli deb ham atashadi. Biroq, minerallar bilan bog‘liq biron bir muammo chiqib qolsa, bu ommaviy kulfatga aylanishi ham mumkin. 1914 yilda Misrda xizmat qilgan va ikki haftadan ortiq o‘z otryadi bilan Sharqiy Sahroi Kabirda qolib ketgan ingliz zobiti Jonatan Xaykin o‘z kundaligida uni eng azoblagan hodisa sifatida cho‘l mashaqqatlarini emas, balki suvi qochmagan nonning chidab bo‘lmas ta'mini keltirgan edi. Birinchi jahon urushi paytida askarlarga tarqatilgan Britaniya qirollik floti noni (o‘sha paytda turli qo‘shin uchun turlicha ozuqa ajratilgan) Misrda gepatit tarqalishiga sabab bo‘lgan edi.

Yoki bundan ikki yil muqaddam mol go‘shti tufayli tarqalgan og‘ir kasallikning oldini olish uchun G‘arbiy Yevropa AQShdan keladigan go‘sht mahsulotlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik-yirik korporatsiyalarda hukumat tomonidan tashkil qilingan maxsus komissiya faoliyat yuritib, ular mahsulotga qo‘shiladigan moddalar miqdorini aniqlab berishadi. O‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligida ushbu komissiya ichki va tashqi bozor uchun alohida-alohida mahsulot tayyorlanishini nazorat qila boshladi.

Bu hali hammasi emas. Mutaxassislarning fikricha, Yevropa va okeanorti allaqachon tabiiy ozuqalardan mahrum bo‘lgan. Qariyb yarim asrdan buyon davom etayotgan salomatlik uchun minerallashtirish inson organizmini faqat "madaniy" mamlakatdagina ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishga majbur qilayotir. Buni bir tomondan, faqat bitta mamlakat fuqarosigagina xos bo‘lgan qomat yaratish dasturi yoki mijozni o‘rgatish usuli, deb ham atash mumkin. Shuning uchun ham amerikalik askar Bog‘dod suvidan icha olmay, elchixonadan keltirilgan ichimlikni iste'mol qiladi. Bu mahalliy suvning zaharlangan bo‘lishi ehtimolidan ko‘ra, baqaloq askar (darvoqe, ma'lumotlarga qaraganda, hozir AQSh armiyasidagi harbiylarning 52 foizi xomsemiz ekan) suvni ichsa, ichburug‘ bo‘lib qolishi ta­yinligi tufaylidir.

Oqibatlar

Xalqaro og‘irlikni kuzatuvchilar (Weight Watchers International) nodavlat tashkiloti matbuot kotibasi Linda Vebb Karillining bergan ma'lumotlariga qaraganda, ayni paytda semizlikdan AQShda 40 foiz kattalar va 17 foiz bolalar, Shvetsiyada 31 foiz kattalar, 21 foiz bolalar, Britaniya va Daniyada 30 foizga yaqin kattalar va 14 foiz bolalar ortiqcha vazn aziyatini chekmoqdalar (mutaxassislarning fikricha, bu ko‘rsatkichlar 35-40 yildan so‘ng uch-to‘rt barobarga oshishi mumkin). Tibbiy tomondan olib qaralganda semizlik gipertoniya, diabet, saraton, yurak va siydik pufagi kasalliklariga olib keladi.

Ma'lumot o‘rnida yana shuni qo‘shimcha qilib o‘tish joiz, bizningcha: AQShning Rod-Aylend universiteti olimlari tadqiqotlaridan ma'lum bo‘lishicha, amerikacha hayot tarzi insoniyatni global semirish muammosiga duchor qilishi mumkin ekan. Ya'ni nafaqat «taraqqiy etgan», balki taraqqiy etayotgan mamlakatlarning ham aholisi to‘lishib ketishi mumkin. Dalil o‘rnida ular Braziliyani keltiradilar.  Bu yerda do‘mboq odamlar miqdori 1966 yildan 2006 yilga qadar 32 foizga (oldin 4 foiz bo‘lgan, endi 36 foiz) o‘sgan. Avstraliya aholisi ham tinimsiz katta hajm tomon ilgarilamoqda. Garchi barchaga tegishli bo‘l­masa-da, ayrim yurtdoshlarimizga ortiqcha vazn masalasini o‘z vaqtida hal etishini ta'kidlagan bo‘lardik. Aks holda, xalqaro muammo ko‘rinishini olayotgan semizlik siz uchun qator ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shahobiddin Musayev
“Ma’rifat” gazetasidan olindi.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 84052371

Yandex