OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Teodor German Albert Drayzer (Dreiser) (1871.27.8, Terre-Xot - 1945.28.12, Gollivud) — Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi. «Chikago deyli nyus» («Chicago Daily News») gazetasi muharriri (1892). Birinchi yirik asari «Baxti qaro Kerri» (1900) va «Jenni Gerxardt» (1911) romanlarida oddiy qizlar taqdiridagi ijtimoiy-axloqiy masalalar tasvirlangan. «Istak trilogiyasi» («Moliyachi», 1912; «Titan», 1914; «Matonat» 1947) yulg‘ichlikning foydasizligini tushunib yetgan moliyachi haqida. «Daho» (1915) va «Amerika fojiasi» (1925) romanlarida pulning san’at ustidan fojiali hukmronligi va qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, ijtimoiy «yutuqqa» erishishga intilgan «o‘rta hol» yigitning ma’naviy halokati hikoya qilinadi. «Tayanch» (1946) romani, «Yigirma erkak» (1919), «Katta shahar ranglari» (1923), «Zanjirlar» (1927) «Ayollar galereyasi» (1929) novellalari, «Baraban qoq!» (1920), «Fojiaviy Amerika» (1931) va boshqa publitsistik to‘plamlari nashr etilgan. Drayzer Amsterdamda o‘tkazilgan tinchlik va madaniyatni saqlash bo‘yicha kongress tashkilotchilaridan biri (1932). Drayzer o‘z ijodida realizm bilan naturalizm tamoyillarini birlashtirgan. «Baxti qaro Kerri» (1973), «Amerika fojiasi» (1976), «Jenni Gerxardt» (1982) romanlari o‘zbek tilida nashr qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.