Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Abdulla Qahhor. Sanatkor (hikoya)

18.08.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Agar o’qisang-u o’ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o’ylasang-u o’qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.
Konfutsiy
 
 

Abdulla Qahhor. Sanatkor (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
SAN’ATKOR

Kontsert odatdagicha «navbatdagi nomeramizda... Kelganlaringga rahmat, o‘rtoqlar» bilan tamom bo‘ldi. Nomi chiqqan ashulachi — san’atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. San’atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. Traktorchi tanqid qilganiga san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqdayu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorchi qayoqdayu, ashulachi qayoqda!
San’atkor uyiga ketgani izvoshga o‘tirganida yana tutaqib ketdi: «Hech bo‘lmasa aytadigan ashulanshi o‘rgan, so‘zlarini to‘g‘ri ayt» emish! Nimasini bilmayman, nimasi to‘g‘ri emas? Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas; formalizm, naturalizmlardan o‘tdim — hech kim otvod bergani yo‘q. Otvod berish qayoqda, hech kim meni og‘ziga ham olmadi. Endi bir traktorchi tanqid qilar emish!..»
San’atkor, izvoshchini hayron qoldirib, o‘zidan-o‘zi g‘o‘ldirab borar edi. Uyda xizmatchi ovqat qilib qo‘ygan ekan, san’atkorning tomog‘idan hech narsa o‘tmadi — ikki piyola choy ichdi, xolos. Unga turib-turib nash’a qilar edi: «Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo‘lsa nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu kishining ham tanqid qilg‘ulari kelipti... Amali traktorchi... Obbo!..»
—    O’qishga bordingizmi?— dedi xizmatchiga, qovog‘ini solib.
—    Bordim...— Xizmatchi ikki haftadan beri savod maktabida o‘qir edi.
—    Xizmatchisi savod maktabida o‘qiyotgan bir kishini traktorchi savodsiz, desa alam qilmaydimi? - dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, — «labingdan bo‘lsa olsam, e, shakarlab», deganim u kishiga yoqmapti, «bo‘lsa» emas, «bo‘sa» emish! O’zi bilmaydiyu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga o‘xshagan savodsizlar «bo‘sa, bo‘masa» deydi. Artist kulturniy odam— gapni adabiy qilib aytadi — «bo‘lsa, bo‘lmasa» deydi. Pojarni «gugurtni yerga tashlamang» dedi, rejissyorimiz esa «gugurtning yerga tashamang» dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, pojarningmi? Shoshma, nimauchun pojarni? Pojarni, albatta! Rejissyorimiz juda kulturniy odam. Odam degan mana shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaydi kishi — ikki gapning birida «ta’bir joyiz ko‘rilsa» deb turadi. Bu traktorchi menga shuncha dashnom berib, ko‘ngil uchun bir marta «ta’bir joyiz ko‘rilsa» demadi.
Xizmatchi daftar-qalam keltirib, san’atkorning oldiga qo‘ydi.
—    «J»ning kattasi qanday yozilar edi? Domlamiz bir kuni ko‘rsatgan edi, esimda qolmapti.
San’atkorning jahli chiqdi:
—    Endi «J»ga keldingizmi? Barjom deganda yoziladi.
Kechagi barjom og‘zi ochiq qolipti, gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat. Siz ham dunyoga kelib kulturniy bo‘lsangiz-chi!.. Burningiz terladi, arting, ta’bir joyiz ko‘rilsa!
San’atkor o‘rnidan turib yotoqqa kirib ketdi.
—    Yotasizmi?— dedi xizmatchi narigi uydan.
—    Nima edi?
—    «J»ning kattasini ko‘rsatib bermadingiz, ertaga domla so‘raydigan edilar. Qanaqa yoziladi?
— Kichigini yozib qattiqroq o‘qing!
San’atkor yechinib ko‘rpaga kirdi. Xizmatchi chiroqni o‘chirib chikdi. San’atkor ko‘zini yumdi, ko‘ziga g‘ira-shira qorong‘i zaldagi son-sanoqsiz kallalar ko‘rindi. Bular ichida eng kattasi traktorchining kallasi, u iljayar edi.
—    Afting qursin!- dedi san’atkor va narigi yonboshiga ag‘darildi.
Xayal o‘tmay uyquga ketib, xurrak otdi. Uning xurragi ham nechukdir adabiyroq edi: «Pluq-qum-prr... pluq-qum-prr...»
1936
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 81056705

Yandex