Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Lyuis Kerroll. Alisa mo'jizalar mamlakatida (ertak)

19.11.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
... Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, qoralangan, o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma'rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladirg’on  buloq suvi bo’lg’onlig’idan bizga g’oyat kerakdir...
Cho’lpon
 
 

Lyuis Kerroll. Alisa mo'jizalar mamlakatida (ertak) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Lyuis Kerroll

ALISA MO’JIZALAR MAMLAKATIDA

Yoz kunlarining birida Alisa quyuq soyali daraxtning katta shoxida ?’tirar, opasi esa daraxt tagidagi maysada unga tarix kitobini ?’qib berardi. Alisaning qulog’iga gap kirmaydi, chunki u suratsiz kitoblarni yaxshi ko’rmaydi-da.
– Alisa, diqqat bilan eshit. Dunoda suratsiz bo’lsa ham juda qiziq kitoblar ko’p, – dedi opasi.
– Bu olamda balki shundaydir, – hayolga berilgancha javob berdi Alisa. – Lekin mening olamimda, agar u mavjud bo’lsa, hamma kitoblar faqat suratli bo’ladi.
Alisa o’zining Dina laqabli kichkina mushukchasini ushlab oldi-da, daraxtdan tushdi:
– Mening olamimda sen Miyov emas, balki Rahmat, Alisa xonim degan bolarding. Mening olamim – Mojizalar Mamlakati deb atalgan bo’lar edi.
Birdan u shu atrofdan yugurib o’tib ketayotgan Oq Quyonni ko’rib qoldi. Quyon kostyum kiyib olgan, qo’lida kattakon soat. U soatga qarab, vaqtni bilish uchun to’xtadi.
– Voy, – qichqirdi u, – kech qolayapman, kech qolayapman!
– Qiziq, – hayron bo’ldi Alisa, – Quyon qaerga kechikishi mumkin? Demak, juda muhim uchrashuv ekan-da?
Qiz yo’lka bo’ylab Quyon ortidan yugurdi.
– Janob Quyon! – baland ovozda chaqirdi u. – To’xtang, iltimos!
– Yo’q, yo’q, men juda kechikayapman, – javob qildi Oq Quyon yugurib ketayotib.
– Hatto salom deyishga vaqt yoq. Hayr! Men kechikayapman, kechikayapman.
U yana tezroq yugurdi.
Alisa ham orqasidan chopdi-yu, faqat Quyonning katta inga kirib ketganini ko’rishga ulgurdi, xolos.
– Uchrashuv uchun juda g’alati joy ekanmi? – o’yladi Alisa qorong’ulik ichiga qarab.
Keyin ikkilanmasdan, Oq Quyon ortidan o’sha chuqurlik sari sho’ng’idi. Qizning ko’ylagi huddi parashut singari yoyilib ketdi va tushish tezligini pasaytirdi. Qandaydir pastlikka uchib tushar ekan, yo’lida o’sha yerosti qasrining devorlaridagi ko’zgu va suratlarni bir chiroq yoritib o’tib ketganini ko’rdi. Nihoyat, quduqning tagiga yetdi. Hayolida bunga juda ko’p vaqt ketgandek edi.
Alisaning oldida uzun yerosti yo’li paydo bo’lib, uning oxirida Oq Quyonni ko’rib qoldi. Quyon esa bir zumda tunnel oxiridagi muyulishga burilib ketdi. Alisa ham uning ketidan bordi. Muyulishdan o’tgach, katta bir xonaga kirganini sezdi. Lekin xonada Oq Ouyon yo’q edi. Xonaning narigi tomonida eshik bor ekan, Alisa uni ochdi. Qarang-ki, undan keyin ikkinchi, uchinchi... xullas, birin-ketin eshiklar kelardi. Ularning har bittasi oldingisidan kichikroq edi. Borgan sari torayib ketayotgandi. Oxiri, juda kichkina eshikchaga duch keldi. Bu eshik qulf edi. Alisa egilib, kalit solinadigan teshikchadan qaramoqchi bo’ldi va eshik tutqichini burab ko’rdi.
– Voy, juda qattiq burading-da! – degan pastgina shuvillagan ovoz eshitildi. – Xo’sh, mendan qanday yordam kerak?
Gapiradigan eshik Tutqichini ko’rib, Alisa hayron qoldi.
– Oq Quyonni izlab yurgandim. Chamamda shu yerga o’tdi. Men ham...
– Yo’q! Sen juda kattasan, sig’maysan. Huv anavi stol ustidagi shishadan ozgina suv ichib kor-chi.
Shu zahoti g’ayritabiiy ravishda Alisaning oldida stol paydo bo’ldi. Qiz shishani oldi, unga «Meni ich», deb yozib qo’yilgan edi. Biroz ikkilanib turdi-yu, undagi suvning hammasini ichib yubordi.
– Eh, nima qilib qo’ydim? – baqirdi Alisa. Chunki oldidagi shisha kattakon, o’zi esa juda kichkina bo’lib qolgandi.
Endi eshikchaga bemalol sig’ishi mumkin edi.
Eshik Tutqichidan o’tkazib yuborishini so’radi.
Iltimosiga javoban g’ichirlagan kulgini eshitdi:
– Qara-ya, senga aytish esimdan chiqibdi. Eshikni ochish uchun senga stol ustidagi kalit kerak.
Ammo Alisa endi shunchalik kichkina edi-ki, stolga bo’yi umuman yetmasdi. Stolning oyoqlaridan biriga tirmashib chiqishga harchand urinsa-da, buni eplay olmadi. Chunki u juda silliq bo’lib, Alisa sirg’anib ketaverar edi. Nihoyat, u yengilishga tayyor edi. Shu payt kutilmaganda stol tagida quticha paydo bo’ldi. Eshik tutqichi Alisaga o’sha qutichani ochishni buyurdi. Qutichada pishiriq bo’lib, unga “Meni ye!” deb yozilgandi.
– Nima bo’lsa bo’ldi! – dedi Alisa. U endi pishiriqni yeb tugatgandi hamki, qo’llari borgan sari kattalasha boshladi, oyoqlari ham cho’zilib-cho’zilib ketdi, oxiri boshi shipga tegdi.
– Obbo Xudoyim-ey! Endi shunchalik kattamanki, eshikka hecham sig’masam kerak.
– Alisaning ho’rligi kelib, yig’lab yubordi. Ko’zlaridan yosh tomchilari daryo-daryo bo’lib oqdi.
– Bunaqa yig’layversang, hammamiz cho’kib ketamiz, – dedi Tutqich qo’rqib. – Yaxshisi, qara-chi, shishada hech narsa qolganmikin?
Bu vaqtda shisha Alisaning ko’z yoshlaridan hosil bo’lgan dengizda qalqib yurardi. Qiz uni oldi-yu, tagida qolgan suyuqlikni ko’rdi. Ichgan edi, yana kichraya boshladi. Shu qadar kichrayib qoldi-ki, ko’z yoshi endi ummonga o’xshardi.
– Bekorga shuncha yig’labman-a! – dedi Alisa o’ziga-o’zi.
U qulf teshikchasidan suzib o’tdi. Eshikning narigi tarafi qup-quruq edi. Mitti Alisaga bu yerdagi maysalar o’rmon bo’lib ko’rinar, havoda son-sanoqsiz g’alati kapalaklar uchib yurardi. Bunday ajoyibotdan hayratda qotgan Alisa tush ko’rayotganga o’xshar edi.
Shundoq yonida bitta barg ustida yalqovlarcha cho’zilib yotgan, ko’zi yarim yumuq holatdagi katta Qurtni ko’rdi. Alisa bu g’aroyib jonivorga, Oq Quyonni izlab yurganini, salgina kattaroq bo’lishni xohlashini aytdi. Qurt esa qo’ziqoringa qarab turib, shunday dedi:
– Qo’ziqorinning bir tomoni seni katta, ikkinchi tomoni kichkina qiladi.
Alisa qo’ziqoringa bir oz qarab turarkan, uning qaysi tomonini yesa katta, qaysi tomonini tishlasa kichkina bo’lishini aniqlashga harakat qildi. Keyin qo’ziqorinning har ikki tomonidan ozgina tishladi. Shu payt uning bo’yi birdan cho’zilib daraxtlarga tenglashdi. Hattoki qushning ini ham boshining ustida turib qoldi.
- Yordam beringlar, yordam! – baqirdi Zangori Qush Alisaning boshi atrofida aylanarkan.
- Hoy, alvasti! Mening polaponlarimga tegma! Shu-u, shu-u!
- Alvasti? – hayron bo’ldi Alisa, - men alvasti emasman.
- Unda kimsan? – so’radi Ona-Qush.
- Men shunchaki kichkinagina qizaloqman, - javob berdi Alisa.
- Kichkina?! – xoxolab yubordi Zangori Qush, - Xa-xa-xa-xa!
Alisa oyoqlariga qaradi. Ular ancha pastda edilar.
- E, yo’q, - yig’lagundek bo’ldi u, - men qo’ziqorinning kattaroq bo’lagini yeb qoyganga o’xshayman. Shuning uchun shunaqa o’sib ketdim shekilli.
Alisa qo’ziqorinning boshqa tomonini tishlab asl holatiga qaytmoqchi bo’ldi.
- Shunisi ma’qulroq, - xo’rsindi u, - menimcha endi birinchi marta hammasini to’g’ri qildim-a.
Alisa uning har ikki tomonidan sindirib oldi, keyin bittasidan kichkinagina bo’lagini tishladi. Nihoyat, u o’zining oldingi holatiga qaytdi.
- Xayriyat, – yengil nafas oldi qizcha. – Birinchi marta to’g’ri ?sh qildim shekilli.
Keyin qo’lidagi qo’ziqorin bo’laklariga qarab, ularni cho’ntagiga solib qo’ydi:
- Ular hali menga yana kerak bo’lib qolishi mumkin.
Endi qaysi yo’ldan borsam ekan, deb o’ylanib qoldi. Alisa birdan orqasidagi tovushni eshitdi. Qayrilib qarasa, daraxt shoxlari orasida oppoq katta tishlar va bir juft charaqlagan ko’z yaltirab ko’rinardi. U yaxshiroq tikildi: ulkan ola mushuk ekan.
- Men – Cheshir Mushugiman, – og’zini katta ochib ochib kuldi u.
– Kechirasiz, – dedi Alisa mushukka. – Aytib berolmaysizmi, qaysi yo’ldan borsam ekan? Men Oq Quyonni izlayotgan edim.
– Unday bo’lsa, men Tentak Shlyapnikdan yoki Ovsar Quyondan so’rashim kerak. Albatta, uyam jinni.
– Lekin men jinnilar bilan uchrashishni istamayman.
– Boshqa iloji yo’q. Bu yerda hamma jinni. Shu jumladan men ham.
Shunday dedi-yu, Cheshir Mushugi Alisaning ko’z o’ngida birdan g’oyib bo’lib qoldi.
Qizcha yana bir oz yurdi. Endi u birov qo’shiq kuylayotganini eshitdi. Bu Ovsar Quyon edi. Tentak Shlyapnik ikkalasi katta stol yonida o’tirib choy ichishardi. Stol ustida choynaklar, qaynoq choy quyilgan piyolalar ham ko’p. Alisa bo’sh joylardan biriga o’tirib oldi. O’sha zahoti Ovsar Quyon qo’shiq aytishdan to’xtab:
- Joy yo’q! Joy yo’q! – deya baqirdi. - Axir, shuncha bo’sh joy turibdi-ku! – dedi Alisa.
Ovsar Quyon bo’lsa: - Taklifsiz o’tirish juda noto’g’ri, bu – madaniyatsizlik, – dedi.
Alisa ham kechirim so’rashga o’tdi:
– Tug’ilgan kuningizni buzib qo’yganim uchun uzr. Menga ashulangiz juda yoqdi-da.
– Rahmat, lekin bu tug’ilgan kun emas.
– Bo’lmasa nima? Axir, bu tug’ilgan...
– Yo’q, bu tug’ilmagan kun! – dedi Tentak Shlyapnik.
– Bizda yilda faqat bitta tug’ilgan kun. Qolgan uch yuz oltmish to’rt kun – tug’ilmagan kun deyiladi.
– Demak, menda ham bugun tug’ilmagan kun, – xursand bo’ldi Alisa.
Ovsar Quyon esa yana kuylay boshladi:
Tug’ilmagan kuning bilan,
Tug’ilmagan kunim bilan.
Tug’ilmagan kun muborak,
Tug’ilmagan kun muborak!
Qo’shiq tugadi. Tentak Shlyapnik Alisaning oldiga sakradi. Egilib, shlyapasini yechdi. Qizning ko’z oldida chiroyli bezatilgan, ustida sham yonib turgan tort paydo bo’ldi.
Bu-u-um! To’satdan tort havoga qarab uchdi-yu, portlab ketdi. Tutun ichidan kichkina sichqon chiqib, keyin o’tlar orasiga yashirindi. Ovsar Quyon va Tentak Shlyapnik xoholab kulib yubordilar. Aftidan, ular Alisani esdan chiqarishgan edi. Qiz ham qo’l siltab, o’rmonga qarab ketdi. Bir oz yurgach, adashib qoldi. Daraxtlarda Bu yoqqa, To’g’riga, U yoqqa emas, Orqaga degan yozuvlar ilinib turardi...
Alisa ko’p o’ylanmay, eng yaqin yo’lakdan ketaverdi. Ammo biroz yurgach, zerikib ketdi. U Mo’jizalar mamlakatining yo’llaridan charchagan edi. Yana orqasida shovqin eshitdi. O’girilib qarasa, bir it. Uning boshi supurgi, yo’lida uchragan narsani, hatto so’qmoqning o’zini ham supurib ketardi.
– Obbo, – qo’rqib ketdi Alisa. – Endi bu yerdan hech qachon qaytib chiqolmasam kerak.
Ammo shu paytda tanish kulgi eshitildi. Boshini ko’tarib, daraxtda o’tirgan Cheshir Mushugini ko’rdi.
– Ha, yana adashib qoldingmi? – kinoyaomuz so’radi Mushuk. – Haliyam Oq Quyonni izlab yuribsanmi?
– Bo’ldi, jonimga tegdi, – dedi jahl bilan Alisa. – Hech qanaqa Quyonning ham keragi yo’q. Charchadim, uyga ketmoqchiman.
– Sen Qirolicha bilan uchrashib bo’ldingmi? – davom etdi Mushuk, – hech kim uni ko’rmasdan Mo’jizalar mamlakatini tark eta olmaydi, axir.
U shu gaplarni aytar ekan, daraxtda bir eshik ochildi. Alisa undan ichkariga kirdi. Gulzorlar bilan o’ralgan chiroyli bog’. Kiraverishda bir katta daraxt. Uchta gulchi daraxt ustidagi oq atirgullarni qizil rangga bo’yashmoqda. Qizga yaqinroq kelib qaradi-yu, ular o’ynaladigan karta ekanini ko’rdi.
Salomlashgach:
– Nima uchun bu atirgullarni bo’yayapsiz? – deb so’radi.
– Bilasizmi, xonim, bu daraxt qizil bo’lishi kerak.
Chunki Qirolicha faqat qizil gullarni yaxshi ko’radi. Agar aslida oq ekanini bilib qolsa bormi, kallamizni olishga buyruq beradi. Yo’q, yo’q! Voy, ana o’zlari!
Bog’ning katta darvozasi ochildi. Ikki qator askarlar qadam tashlab o’tdi. Birinchi qatordagi askarlar karta o’yinidagi tappon, ikkinchisidagi – qarg’a ko’rinishda edi. Ularning o’rtasida Oq Quyon karnay chalganicha o’tib borardi. Birdan u to’xtab qoldi.
- Imperator janobi oliyalari... iltifotli xonim... Qirolicha janoblari...
Dillar qirolichasi... – dedi u nafasi tiqilib. – Ha, yana...
- Qirol janoblari... – qo’shib qo’ydi kichik tanaffusdan so’ng.
Qirolicha atirgul daraxtiga yaqinlashdi.
– Gullarimni kim bo’yadi? – so’radi zarda bilan. – Boshlari tanasidan judo qilinsin!
Keyin Alisaga ko’zi tushdi:
– Xo’sh, sen kimsan?
– Mening ismim Alisa. Men Oq Quyonni izlab yurgan edim, janobi oliyalari, – dedi unga ta’zim qilarkan.
– Oq Quyonni? Qanday bema`nilik! Xo’p, mayli, kroket o’ynay olasanmi, o’zi?
– Ha, janobi oliyalari.
– Boshladik, bo’lmasa! – buyurdi Qirolicha.
Alisa umrida bunaqa g’alati kroket o’yinini ko’rmagan edi. Sharchalar o’rnida tipratikanlar, to’qmoqlar flamingo qushlari bilan almashtirilgan. Qizcha esa mahoratini ishga solib, to’g’ri o’ynashga harakat qilar edi. Ammo flamingoning boshi bilan kirpini uraman desa, qush uchib ketar va unga qarab turar edi.
Qirolicha bo’lsa o’yindan zavqlanardi. U endi yutuqli yurishni bajarmoqchi edi, birdan orqasiga Cheshir Mushugi sakrab tushdi-da, qo’rqitib yubordi. Flamingo vahima ko’tardi. Qirolicha muvozanatini yo’qotib, oyoqlari osmondan kelib, yiqilib tushdi.
Alisa kulib yubordi. Askarlar ham kuldi. Hatto Qirol ham o’zini kulgidan to’xtata olmadi. Lekin Qirolicha o’rnidan turgan zahoti kulgi taqqa tindi-qo’ydi. Qirolicha
jahldan qip-qizarib ketgandi.
– Hozir kimningdir boshi olinadi! Seniki!!! – qichqirdi u Alisaga. – Senga ishonishim kerak emasdi o’zi! Sen g’ishtin qarg’a emassan, qarg’a ham, chillik ham! Umuman, tappon kartayam emassan!
– Men bu yerga kelmoqchimasdim. Mening aybim yo’q, – o’zini oqlamoqchi bo’ldi Alisa.
Lekin Qirolicha uni gapirishgayam qo’ymadi:
– Bu qanaqasi yana? Bu yerda faqat men buyuraman! Olib chiqilsin! Boshi tanasidan judo etilsin!
Alisa tushundiki, uni hech kim qutqara olmaydi. Shunda cho’ntagidan qo’ziqorin bo’lagini olib, tishlay boshladi. U borgan sari kattalashardi. Hamma qo’rqib ketdi. Askarlar har tomonga qochishga tushdi. Qirolichaning:
– Boshi olib tashlansin! – degan buyrug’iga hech kim parvo qilmasdi.
– Axir sizlar oddiygina o’ynaladigan kartalar ekansizku! – dedi Alisa Qirolichaga, Qirolga va askarlarga tepadan qarab.
Shu so’zlarni aytdi-yu, o’zining yana kichraya boshlaganini his qildi.
Qirolicha qo’llarini bir-biriga ishqab:
– Nima deding, asal qiz? – deya so’radi.
- Endi nima qildim-a? – Alisa yurgan yo’lida qoqilib-qoqilib ketardi. Oyoqlari birdan og’irlashdi.
Haliyam Qirolichaning tovushi tinchlik bermasdi. Lekin endi uzoqdan eshitilardi.
- Bu yerdan chiqib ketishim kerak! Boshi olinsin!,
– Alisa shu so’zlarni shivirlar edi. Shu payt kimdir chaqirayotgandek bo’ldi.
– Tursang-chi, axir, Alisa! Tarix darsidan biror narsani eslab qoldingmi o’zi?
Alisa ko’zlarini ochib, tepasida unga engashib turgan Alisa ko’zlarini ochib, tepasida unga engashib turgan opasini ko’rdi.
– Bo’ldi, yur, uyga ketamiz, –  derdi opasi
Alisa tizzasidan mushukchasini qo’liga oldi. sini qo’liga oldi.
– Bilasanmi, Dina, men baribir Mo’jizalar Mamlakatini emas, o’zimizning ana shu dunyoni tanlagan bo’lardim, – dedi u.

Tarjimon: M. Zohidova
 

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 83304584

Yandex