OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Fridesh Ernyo Karinti (veng. Karinthy Frigyes Ernő; 25 iyun 1887, Budapesht — 29 avgust 1938, Shiofok) — venger yozuvchisi, Vengriyaning eng ko‘zga ko‘ringan yozuvchilaridan biri.
1902 yili Jyul Vernga o‘xshatma tarzda yozilgan «Yer markaziga to‘y sayohati» asarini ilk marta taqdim etgan. Vengriya modernistlarining «Nyugat» (G‘arb) jurnali bilan hamkorlik qilgan. 
Fridesh Karinti birqancha she’rlar, parodiyalar, hikoyalar, fantastik-hajviy qissa va romanlar, dramalar yozgan.  Alan Miln, Jonatan Svift asarlarini venger tiliga tarjima qilgan. 
Asarlari: «Qiyshiq oyna» (1912, hikoyalar), «Siz shunday yozasiz» (1912, parodiyalar), «Yosh yigit bilan uchrashuv» (1913, hikoyalar), «Fa-re-mi-doga sayohat» (1915, parodiya), «Kechiring, hurmatli ustoz» (1916, hajviy roman), «Sehrli kreslo» (1918, pesa), «Xristos va Varrava (1918, feletonlar), «Kapillariya» (1921, ««Fa-re-mi-doga sayohat»ning davomi), «Sim ustida raqs» (1923, roman), «Buni hech kimga ayta olmayman» (1930, she’rlar), «Jannatdan xabar» (1937, hajviy roman), «Bosh suyagim uzra sayohat» (1937, roman-grotesk), «Idishdagi maktub» (1938, tamomlanmagan she’rlar).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.