Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Odamiylik korki yoxud salomlashish xususida

19.08.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“Dunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro‘yxatining boshiga Muhammadni (alayhissalom) yozib qo‘ysam, ehtimol ayrim muxlislarim taajjubga tushishar? Boshqalar buni ehtimol boshqacha tushunishar? Nima bo‘lganida ham, u dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu mo‘tabar maqomga munosibdir”.
Mishel Xart, Amerika tarixchisi
 
 

Odamiylik korki yoxud salomlashish xususida Chop etish uchun E-mailga yuborish
 Atrofdagi kishilarga mutlaqo e'tibor bermay, o‘zlarining bachkana qiliqlaridan uyalmay bir-birini cho‘lp-cho‘lp o‘payotgan kishilarni ko‘p ko‘rganmiz. Qiziq, xalqimizning urf-odatlarida bunday salomlashish tarzi àvvaldan bormidi yoki madaniy saviyasi kundan-kunga "ortib" borayotgan ayrim zamondoshlarimizning o‘zlari bu odatni "kashf" etishdimi?

Bu savollar kishini o‘ylashga majbur etadi. Ayni masalada mulohaza yuritgan sayin salomlashish bilan bog‘liq noxush harakatlar birin-ketin bo‘y ko‘rsata boshlaydi. Buni qarangki, salomlashish faqat o‘pishishdan iborat emas ekan...

Salomlashish dunyodagi deyarli barcha xalqlarga xos odat, salomlashmaydigan xalq yo‘q hisobi. Salom turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi. Masalan, musulmon ahli uchun "assalomu alaykum" (sizga tinchlik tilayman) iborasi salomlashish ifodasi hisoblansa, hindlarda "namaste" (bosh omon bo‘lsa, hamisha birgamiz), xitoyliklarda "chifan-lya-ma" (sen bugun ovqatlandingmi?), fransuzlarda "bonjur" (xayrli kun tilayman), inglizlarda "gud moning" (xayrli kun tilayman), ruslarda "zdrastvuy" (salomatlik tilayman), italyanlarda "Chao" (yaxshimisiz), deya salomlashiladi.

Agar e'tibor bergan bo‘lsangiz, ushbu salomlashuvlarning barchasi mazmunan hîl so‘rashish, yaxshi tilak tilashni anglatadi. Demak-ki, salomlashish ezgu odatlar sirasidandir. Salomlashishning so‘z orqali ifodalanmaydigan usullari hàm uchraydi. Masalan, ba'zi bir xalqlarda imo-ishoralar orqali ham salom beriladi. Xususan, àfg‘onlarning o‘ng qo‘lini peshonasiga tekizib, ta'zim qilishini, ayrim ovro‘paliklàrning bosh kiyimini yechib, qayta kiyishini, tibetliklarning bir-biriga tilini chiqarib tirjayib qo‘yishi-yu bosh irg‘ab qo‘yishlarini misol tariqasida keltirish mumkin.

Salomlashish faqat hol-ahvol so‘rashishni emas, balki kishilarning psixologiyasini ham aks ettiradi. E'tibor berganmisiz, kimdir qo‘l uchida, yana kimdir qo‘sh-qo‘llab, boshqasi esa qo‘lni qoringa qo‘yib salomlashadi. Bunday ko‘rishishlarning yana ko‘plab "yo‘l-yo‘riq"larini keltirib o‘tish mumkin. Albatta, qo‘l uchida ko‘rishgan kishining o'ziga bino qo‘yganini payqash qiyin emas, zero, uning bu harakati ko‘rishayotgan birodarini o‘zicha mensimayotganini bildirsa, qo‘sh-qo‘llab ko‘rishayotgan odamning xatti-harakatlaridan so‘rashayotgan kishini qattiq hurmat qilishini anglab olamiz.

Endi salomlashishda talaffuzning o‘rni hàqida mulohaza qilib ko‘raylik.

"Assom alaykum"mi, "assalomu alaykum"?

O‘zbek xalqi, umuman, musulmon olami uchun besh vaqtli ibodatdan tashqari, salomlashish ham umumiy bo‘lib, bir xil - "assalomu alaykum" kalimasidan iboratligini har bir kishi yaxshi biladi. Bu arabcha kalima "sizga tinchlik tilayman", degan ma'noni anglatadi. Àmmo uni har kim har xil tarzda talaffuz qiladi. Masalan: assalom, salomalaykum, salom, assom alaykum va hokazo. Assalom, salom, salomalaykum deganda so‘zlar talafuziga biroz putur yetkazsa-da, asosiy ma'no buzilmaydi. Ammo "assom alaykum" deganda salomlashishning tub ma'nosiga zid mazmun yuzaga keladi. Ya'ni "àssom alaykum" so‘zi "sizga halokat tilayman" degan ma'noni ifodalab, yomon niyat yoki qarg‘ish ma'nosini kasb etadi. Demak, ba'zi yoshlarimiz tomonidan talaffuz etilayotgan bunday salomlashish salbiy mazmunga egaligini ularga tushuntirish foydadan xoli emas.

Urva (ibn az-Zubayr) Oisha onamizdan bunday deb eshitgan erkanlar: "Bir to‘da yahudiylar Janob Rasulullohning huzurlariga kirib kelib: "Assomu alayka!" - deb aytishdi. Men ularning gapini darhol fahmlab: "Alaykumums-somu val-la'na!" - dedim. Janob Rasululloh: "Oshiqmag‘il, yo Oisha, Olloh taolo barcha ishlarda muloyimlikni xush ko‘rg‘aydir!" - dedilar. Men: "Yo Rasululloh, ularning nima deganini eshitmadingizmi?" - dedim. Janob Rasululloh: "Va alaykum, deb aytdim-ku!" - dedilar. ("Assomu alayka!" - "Senga o‘lim!" degani).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: "Basharti yahudiylar sizga salom bersayu, ulardan biri: "Assomu alayka!" -deb qolsa, siz ham: "Va alayka!" - deb alik olingiz!" - dedilar".

Anas ibn Molik raziyallohu  rivoyat qiladilar: "Nabiy sallallohu alayhi va sallam: "Ahl ul-kitob sizga salom bersa, "Va alaykum!" - deb alik olingiz!" - dedilar". (Al jome as sahih. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy 22-bob.)

Ziyrak o‘quvchi bu hàdisning ma'nosini ilg‘ab îlgan bo‘lsa kerak. Shunday ekan, salomlashganda talaffuzning to‘g‘riligiga ahamiyat berish zarur.

Qo‘l berib so‘rashish qoidalari

Og‘zaki so‘z orqali ifodalangan salomlashishdan so‘ng aksariyat kishilar qo‘l berib ko‘rishishadi. Qo‘l berib ko‘rishish odamlar orasida ibtidoiy davrda davrdayoq odat tusiga kirgan va hozirda xalqaro salomlashishning rasmiy shakli hisoblanadi. Qo‘l berib so‘rashishning paydo bo‘lishini etnograf va arxeologlar quyidagicha izohlashadi. Ibtidoiy odamlar bir-biriga duch kelganda, "Men seni o‘ldirmoqchi emasman, qara, qo‘limda tosh yo‘q" degan ma'noda bir-birlarining qo‘llarini ushlab qo‘yisharkan. Demak, qo'l berib salomlashish juda qadimdan qolgan va dunyo ahliga xos odatga aylanib ketgan.

Ammo dinimiz hamda millatimiz turmushida àyollar bilan erkaklarning qo‘l berib ko‘rishishlari udumga aylanmagan. Biroq sobiq ittifoq davrida "erkaklar va ayollarning tengligi" shiori ostida ayrim udumlar unutildi va ayrim odatlar paydo bo‘ldi -jinsidan qat'i nazar, qo‘l berib ko‘rishish urfga aylana bordi.

Asrlar osha insonlarni hidoyat sari yetaklagan muqaddas dinimiz va shariatimiz erkak bilan ayolning qo‘l berib so‘rashishini inkor etadi. Biroq erkak bilan erkak kishining qo‘l berib ko‘rishishi man etilmagan, ayollarning ham bir-biri bilan qo‘l berib so‘rashishi joiz amallar sirasiga kiradi. Qo‘l berib, so‘rashishning o‘ziga xos tartib-qoidalari mavjud bo‘lib, bu qoidalar ziyoli ajdodlarimiz tomonidan tartibga solingan inson àxloqining eng oliy namunasidir.

Hech qachon yoshi kichik yigit yoki bola o‘zidan kattaga salom berganda birinchi bo‘lib qo‘l uzatmaydi. Albatta, bu qoidada ham o‘ziga xos hikmat mavjud. Ya'ni yosh yigit o‘zidan kattaga qo‘l uzatsa-yu ammo yoshi ulug‘ kishi qo‘l berishni lozim topmasa yoxud keksaligi sabab qo‘l uzatishga hayallasa bunday holda noqulay vaziyat sodir bo‘ladi. Demak, qo‘l berib so‘rashishda ham o‘ziga xos me'yorlarga e'tibor berish lozim.

Bular quyidagilar:

-erkak kishi bilan erkak kishi qo‘l berib so‘rashganda avval yoshi ulug‘i qo‘l uzatadi. Agar yoshi ulug‘i qo‘l uzatmasa yoshi kichigi qo‘l uzatishdan tiyilib turadi.

-ayollar ham o‘z toifasi bilan qo‘l berib so‘rashishlari mumkin.

-begona erkaklar bilan ayollarning qo‘l berib so‘rashishlari nojoizdir.

Xunuk qiliqlar

O‘tgan asrning yetmishinchi yillariga doir xronika lavhalarini kuzatgan bo‘lsangiz, sobiq ittifoqning yuqori lavozimdagi korchalonlari bir-birlari bilan quchoqlashib, o‘pishib ko‘rishishganiga ko‘zingiz tushgandir. Bu qiliq o'sha davr odamlari uchun oddiy hol bo‘lib, rahbarlar, partiya tashkilotlarida odat tusini olgan ekan. "Olgan ekan", deb o‘tgan zamon fe'lida yozayotganimizning boisi shundaki, bizning o‘zimiz ham u zamonni va o‘sha odatlarni ko‘rmaganmiz. Yuqorida yozganlarimiz esa, sobiq tuzumni ko‘rgan, uning odatlariyu an'analaridan yaxshi xabardor bo‘lgan keksalarimizdan eshitganlarimiz. Ularning aytishlaricha, oshkoralik davriga kelib rahbarlarning bu tarzda ko‘rishishlari "pàrtiynaya erotika" degan tamg‘a otida tanqidga uchragan ekan. Chunki bu holdan chet elliklar kulgan, aslida ham bu g'ayriaxloqiy harakàt salomlashish odobi doirasidan chiqib ketgan illat edi.

Ammo o‘pishib ko‘rishish kasali shu bilan barham topgani yo‘q, balki u jamiyatda o‘xshamagan bir ortiqcha, xunuk qiliq sifatida hànuz uchrab turadi. Ko‘cha-ko‘yda, jamoat joylarida bir-birlari bilan o‘pishib ko‘rishayotganlarga ko‘zingiz tushgandir. To‘g‘ri, ularning aksariyat qismi ovropaliklar, àmmo ular orasida millatimiz vakillari ham uchraydi.

Umuman olganda, erkak bilan erkakning, ayol bilan ayolning yoxud ikki jinsning bir-birlari bilan o‘pishib ko‘rishishlari millatimiz ma'naviyatiga to‘g‘ri kelmasligi håch kimga sir bo‘lmasa kerak. Lekin bu holning kundan-kunga keng tarqalayotganini afsus bilan ta'kidlashdan boshqa iloj yo‘q. Dinimizda erkak bilan erkakning o‘pishishi makruh hisoblanadi.

Ulamolar uzoq safardan kelgan er kishilarning bir-birlari bilan o‘pishib ko‘rishishlarini durust sanaydi. Biroq har kuni bir-birini ko‘rib turuvchi yigitlarning bir-biri bilan o‘pishib ko‘rishishlarini qanday tushunish mumkin?

Yoshlarimiz o‘zlaricha fazilat sanayotgan bu holatning na etika, na gigiena qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan illat ekanligini bilisharmikan?

Xulosa

Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odati, an'analari, marosimlari bor. Bularning barchasi turli xalqlar tomonidan yaratilgan noyob madaniyat âa axloq durdonalari, deyish mumkin. Biroq zamon va turli davrlar hamda turli tuzumlar tufayli bu odat va an'analar bir-birlari bilan qorishib ketgan vaqtlar ham bo‘lgan.

Bugun, ayniqsa, yoshlarimiz orasida ko‘p kuzatilayotgan o‘pishib ko‘rishish odatini Yevropa madaniyatiga xos va qisman sobiq tuzum sarqiti, deb qarasak noto‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Bundan tashqari, salomlashish shart bo‘lmagan holatlar ham borki, buni bilish har bir madaniyatli, esli-hushli kishining burchi hisoblanadi. Bunday holat ovqatlanayotgan odamlarga nisbatan va ulfatlarning suhbati qizib turgan, jamoat joylarga kech qolgan kishi, yoshi ulug‘ odam va erkak kishi tomonidan salomga qo‘l cho‘zilmagan holatga taalluqli.

Falsafa fanlari nomzodi Karim Mahmudov, o‘zining "Mehmonnoma" nomli kitobidagi kirish so‘zida "Salomlashish, so‘rashish, ko‘rishish insonga xos bo‘lgan ajoyib fazilat, odamiylikning ko‘rki, asrlar davomida tarkib topgan va kishilarning o‘zaro aloqalaridagi tamoyillarni hàmda axloqiy qiyofalaridagi me'yorlarni ifodalaydigan belgi hisoblanadi", deb yozadi.

Demak, har birimiz odamiylik ko‘rkiga munosib bo‘lmog‘imiz, uni turli yot qiliqlar bilan aralashtirib xira torttirmasligimiz lozim.

Abdulhamid Muxtorov

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 81067477

Yandex