Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Amazonka nildan ham uzun

19.11.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• O’likni ko‘z yosh bilan tiriltirolmaysan.
• Ko‘pam shirin bo‘laverma, yeb qo‘yishadi.
• Yeyishga kelganda soppa-sog‘, ishlashga kelganda ― kasal.
• Uyingdagi zog‘ora noning birovning moyli oshidan afzal.
• Tirik shoqol o‘lik sherdan afzal.
Afg'on xalq maqollari
 
 

Amazonka nildan ham uzun Chop etish uchun E-mailga yuborish
«Sayyoramizdagi eng uzun daryo» atamasi endi Nilga tegishli emasga o‘xshab qoldi.  Aftidan, geograflar oldida darsliklarni o‘zgartirish masalasi ko‘ndalang turganga o‘xshaydi. Bundan buyon eng uzun daryo Amazonka hisoblanadi.

To‘g‘ri, bu xulosaga kelgan braziliyalik olimlar hali mazkur fikrni o‘zga yurtlardagi hamkasblariga uqtirishlari kerak. Ushbu yangi kashfiyot, Amazonkaga birinchilikni berish, ayniqsa, Afrikadagi olimlarga yoqmasligi tayin.

Amazonka hamisha suvi mo‘l daryo sifatida tan olingan, biroq uzunlik bobida Nilga salkam 400 km. farq bilan «yo‘l berar» edi. Braziliya geografiya instituti olimlari uyushtirgan ekspeditsiya natijasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Daryoning aniq uzunligini o‘lchash — murakkab vazifa. Asosiysi — daryoning boshi va quyilish joyini aniqlash.

Braziliyalik olimlar Amazonkaning boshlanishini avvalgidek Peruning shimolidan emas, balki janubdan — dengiz sathidan 5ming metr balandlikda, ya’ni qor va muzlik qoplagan Mismi tog‘idan belgilash lozimligini isbotlab berishdi. Yangi kashfiyot Amerikaning yirik daryosiga nafaqat Nildan «qolib ketish»ni bartaraf etdi, balki undan 105 km.ga o‘zib ketishni ham kafolatlab berdi.

Aytib o‘tish lozim, Amazonkaning Nil daryosidan uzunligi haqidagi ilmiy xulosa yangi texnologiya — NASA yo‘ldoshlari orqali olingan suratlar yordamida o‘z isbotini topgan.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 83304727

Yandex