Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - 2008 yil xalqaro Yer sayyorasi yili

30.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Harom yeydigan odamni tana a'zolari hohlasa-hohlamasa gunohga boraveradi, halol yeydigan odamniki esa toatga.
Abdulloh ibn Tustariy
 
 

2008 yil xalqaro Yer sayyorasi yili Chop etish uchun E-mailga yuborish
 Insoniyat paydo bo‘libdiki, Ona Zaminda yashab, uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Kishilik jamiyatining ibtidosidan to bugunigacha Yer o‘z bag‘rida insonlarni asrab-avaylab, noz-ne'matlari bilan ta'minlab kelmoqda. Turli davrlar, tarixiy voqealarning yagona guvohi ham Yerdir. Chunki Zamin bashariyat onasi sanaladi.

 Ammo shunisi achinarliki,  biz undan o‘zimizga keragini olishni o‘ylayapmizu unga keragini berishni unutib qo‘ygandekmiz. Aslida esa uning hali kelajak avlodlarga ham xizmat qilishi lozimligi haqida tashvish tortishimiz zarur.

Yer avlodlarga ham yetib borsin

Nihoyat, jahon afkor ommasi Yer uchun ham nimadir kerakligini anglab yetganga o‘xshaydi. «Yotib yeganga tog‘ ham chidamaydi», deganlaridek, Ona Zamin imkoniyatlarining  chegarasi bor, ular ham qachondir tugashi mumkin. Bu haqiqatni tan olmay ilojimiz yo‘q. Ana shunday muammoli masalaning xalqaro miqyosda hal qilinishi Yer kurrasidagi har bir mamlakat va unda istiqomat qiladigan aholi uchun ahamiyatliligini hisobga olgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi  2008 yilni - «Yer cayyorasi yili» deb e'lon  qildi.

BMTning «Yer sayyorasi yili»ni o‘tkazishdan maqsadi - yuzaga kelgan muammolarni hal qilish bilan birga insonlarning sayyoramiz haqidagi turli bilimlarini oshirish, uni avlodlarga xavfsiz, kuchli va gullab-yashnagan maskan holida saqlab, yetkazishdan iborat. "Yer sayyorasi yili"ni o‘tkazish asnosida Yerda sodir bo‘layotgan hodisalarni to‘g‘ri anglash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, isrofgarchilik va buzg‘unchilik holatlarining oldini olish kabi jarayonlarga dunyo hamjamiyatini sergaklantirish  ham ko‘zda tutilgan.

Uchinchi mingyillik «tuhfa»lari

Mana, bashariyat uchinchi mingyillik bilan hamnafas ravishda yashamoqda. Ona zaminimiz esa unga xizmat qilishdan to‘xtagani yo‘q. Lekin undagi resurslarning qancha muddatga yetishini hech kim bilmaydi. Shunisi aniqki,  keyingi yillarda insonlarning Yerdagi resurslarga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortmoqda.  «The Times» gazetasining xabar berishicha, oxirgi 20 yil ichida tabiiy resurslardan foydalanish tezligi «Insoniyatni yashab qolish chegarasi»ga olib keldi. BMT uchun maxsus o‘tkazilgan ekologik tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, ayni paytda har bir inson uchun sayyoramiz bera oladigan resurs miqdoriga nisbatan uch barobar ko‘proq talab etilayotgan ekan. Keyinroq bu ko‘rsatkich yana oshishi mumkinligini hisobga oladigan bo‘lsak, yuzaga kelgan muammo ko‘lamini tasavvur qilish qiyin bo‘lmaydi. Lekin shunda ham insoniyat o‘z ehtiyojlarini kamaytirishni xayoliga keltirayotgani yo‘q.

Shunga o‘xshash turli holatlarning oldini olish uchun «Yer sayyorasi yili» kabi tadbirlar vositasida odamlar ongida Yerga bo‘lgan mehr-muhabbat, hurmatni uyg‘o­tish shart bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, tabiatdan olingan mahsulotlarning o‘rni to‘ldirilmay qolayapti. Masalan, hozirgi paytda dunyoda  hayvonlarning 30 foizi, qushlarning 12 foizi, sut­emizuvchilarning 23 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Har yili Yer yuzidagi har 10 ta yirik daryodan bittasi qurib, 73 ming kv. km. o‘rmon yo‘qolib borayotgani ham ma'lum bo‘ldi.  Shuningdek, so‘nggi 20 yil davomida yerdan qishloq xo‘jaligi uchun foydalanish 39 foizga oshgan. 

2050 yilda yanada ko‘payamiz(mi?)    

Bugun dunyo bo‘yicha barcha davlatlarni tashvishlantirgan yana bir muammo - Yer yuzidagi aholining kundan-kunga ortib borayotgani bo‘lsa kerak. 

Yer o‘z imkoniyatlari bilan insoniyat ehtiyojlarining 1/3 qismini qoniqtira olayotgan bir paytda dunyo aholisining yana ko‘payishi zamin taqdiriga xavf tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas. Ko‘pchilik dunyo mamlakatlarida tug‘ilish ko‘rsatkichi kamayishiga qaramay, 2050 yilga borib, dunyo aholisi hozirgi 6,4 mlrd.dan 8,4 mlrd.ga oshishi kutilmoqda.

Xitoyliklar Yerni asrab qolmoqchi                                                                                                                       

Xitoyda  Yerni asrash uchun plastik xaltalardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Ma'lumki, polietilen mahsulotlari uzoq  vaqt davomida (70-300 yil) chiriydi va bu bilan tabiatga katta zarar yetkazadi. Shu bois xitoyliklar endi plastik xaltalar o‘rniga mato sumkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Tabiatni himoya qilish uchun mamlakat hukumati allaqachon chora-tadbirlar ko‘rishni boshlab yuborgan. Chiqarilgan qonunlarda belgilanishicha, agar plastik xaltalarni ishlab chiqarish to‘xtatilsa, Yer atmosferasi sezilarli tarzda tozalanadi.

Keyingi yillarda dunyo­ning ko‘p mamlakatlari, xususan, Bangladesh, Singapur, Tayvan, Hin­dis­ton va Isroil davlatlari polietilen xaltalar ishlab chiqarishni kamaytirdi.

Orol - Yer dardi

Yerdagi turli o‘zgarishlar birinchi o‘rinda ekologiyaga ta'sir o‘tkazmay qolmaydi. Bunga misol qilib bir necha yillardan buyon butun qit'a bo‘yicha ilgari surib kelinayotgan Orol muammosini keltirib o‘tishimiz mumkin.

Osiyo qit'asi uchun eng katta  ekologik fojia Orolbo‘yi havzasidagi ahvoldir. Orol muammosi bugun nafaqat Qozog‘is­ton yoki O‘zbekiston uchun, balki butun qit'aning og‘riqli nuqtasiga aylandi, deyish mumkin. 1960-1995 yillarda Orol dengizi taxminan 1000 kub.km. miqdoridagi daryo suvlarini qabul qilish imkoniyatini yo‘qotgan. Natijada 17 metrga pasayib, uning sat­hi 75 foizga qisqargan.  Dengiz tubining qurib borayotgani oqibatida unda ko‘p miqdorda hosil bo‘layotgan tuz hamda chang­lar turli kasalliklar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Orolning qurib borayotganligi atrof-muhit atmosferasi va ekologiyasini ham izdan chiqardi. 

Ahvol shu darajaga borib yetdi-ki, Orol dengizi havzasidagi ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha  xal­qaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini birlashtirishdek muhim masala BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasi kun tartibidan joy oldi. Endi esa «Yer sayyorasi yili»da ham bu muammo yanada kengroq tarzda o‘rganilib, kerakli choralar ko‘rish BMT tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlardandir. Orol muammosining nafaqat qit'amiz, balki keyinroq butun sayyoramizning  dardiga aylanmasligi uchun ham ushbu yilda zarur chora-tadbirlar ko‘rish nihoyatda muhimdir.

«Yer sayyorasi yili»da «Ekopolis»

2008 yilda Ispaniyaning Rioxa provintsiyasida atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan dunyo­dagi birinchi «Ekopolis» shahar qurilishi mo‘ljallanmoqda. Aytishlaricha, «Ekopolis» faqatgina toza va qayta tiklanuvchi energiya hisobiga yashaydi. Masalan, undagi barcha binolar quyosh batareya­lari bilan ta'minlanib, shaharning 20 foizini yashil o‘simliklar tashkil qiladi. Barcha chiqindilar ajratilib, qayta ishlanib, turib qolgan suvlar ham tozalanadi, deya tushuntirish beradi provintsiya ma'muriyati vakili.

«Ekopolis»da ekologik toza trans­port­dan foydalaniladi, piyoda va velosipedlar uchun ham alohida yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Qishda isitishga, yozda sovutishga minimum energiya talab qiladigan loyihalar asosida faqatgina bir necha qavatli binolar quriladi. 

Insoniyat ehtiyojlari va tasavvur olami nihoyatda keng. Ayni paytda uning qadami yetmagan joy, ongi yetmagan hodisa qolmadi hisob. Xususan, «Ekopolis» shaharni qurish va uni rejadagidek ko‘rinishga keltirish oddiy ish emas. Nima bo‘lganda ham, bunday ekologik toza shaharlarning bunyod etilishi Yerimizdagi turli tashvishli holatlarning oldini olishi mumkin. Bu kabi «ekopolis»lar dunyo­ning boshqa mamlakatlarida ham qurilsa, ayni muddao bo‘lardi. Balki bu kelajak orzusidir. Keyinchalik butun Yer yuzi faqat «eko­polis»­lardan iborat bo‘lar. Ana shunda Ona Zaminimiz gullab-yashnagan maskan sifatida avlodlarga yetib borsa, ajab emas. 

Rayhona Xo‘jayeva
“Ma'rifat” gazetasidan olindi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Tabriknoma yo'llang
Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91503868

Yandex