Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Hayotbahsh sharbat

08.04.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz.
Laroshfuko
 
 

Hayotbahsh sharbat Chop etish uchun E-mailga yuborish
 Tanimiz otashi, jonimizdir qon,
Nechun uning joyi misoli zindon?
Nechun to‘kiladi u juda oson,
Nechun arzon bo‘ldi bu arzanda jon.
Abu Ali ibn Sino
Inson tanasida kechayu-kunduz oqib turuvchi qon chindan ham jon kabi aziz ne'matdir. Qadimdan uning o‘ziga xos sirli xususiyatlarini kishilar turlicha talqin qilganlar, jumladan,  tiriklik belgisi deb, hayvon so‘yib, qon chiqarish, «qurbonlik qilish» yo‘li bilan esa har xil falokatlarning oldini olish mumkin, deb o‘ylashgan.

 Urushda yoki ovda yaralanish tufayli ko‘p qon yo‘qotish natijasida o‘limning yuzaga kelishi esa kishilar ongida «hayotiy kuch va jon manbai», degan tasavvurning paydo bo‘lishiga olib kelgan. O‘tmishda tabiblar qon insonning hayotiy qobiliyatini oshiradi, degan maqsadda keksalarda va ruhiy kasalliklarni davolashda yndan foydalanishgan. Avstraliyaning ba'zi qabilalari orasida esa bemorni qon ichirib davolash usuli keng tarqalgan ekan. O‘rta asrlarda yashagan venger grafinyasi Batoriya oltin vannani yosh, navqiron yigit-qizlarning qoni bilan to‘ldirib cho‘milishdek shafqatsiz usul orqali o‘z kuch-quvvatini tiklashga intilgan. Marshal Jyul de Leval «abadiy yoshlik» eleksirini tayyorlash uchun bola va ayollardan bir qanchasini o‘ldirganida, bu g‘arazli niyati aholi o‘rtasida qahru g‘azabga uchrab, qatl qilingandi.

Qonning inson salomatligidagi o‘rnini Ibn Sino juda yaxshi bilganligini yuqoridagi misradan anglash qiyin emas. G‘arb esa ilk bor 1628 yili ingliz olimi Vilyam Garvey bunday tadqiqotga qo‘l urdi. U  qon aylanish sistemasining kashf etilishi, ya'ni, qonning yurakdan chiqib, arteriya qon tomirlari bo‘ylab harakat qilishi, so‘ngra vena qon tomirlariga o‘tishini isbotlagandan so‘ng uning o‘ziga xos sirlarini boshqacha jihatdan keng o‘rganish davri boshlandi.

Qon - alohida suyuq to‘qima bo‘lib, bu to‘qima tomirlarda doimiy harakatlanadi. Qonning  suyuq qismi plazma (55 foiz) va hujayrali qismi  qon tanachalari (45 foiz)dan iborat. Qon plazmasining 90 foizi suvdir. U vitaminlar, ferment­lar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan tashkil topadi. Qonning shakliy elementlari tibbiyotda eritrotsit, leykotsit va trombotsit deb ataladi.

Hayotbaxsh suyuqlik kishi organizmida xilma-xil vazifalarni bajaradi. U hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi, nafas, suv-tuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi, insonning tana haroratini doimo bir me'yorda saqlashda u muhim ahamiyatga ega.

Har birimiz tana vaznining o‘n uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladigan miqdordagi qonga egamiz. Erkaklarda o‘rtacha 5,5 litr, ayollarda esa 4,5 litr qon bor. Qonning rangi undagi oksigemoglobin miqdoriga bog‘liq bo‘lib, arterial qon och qizil, venoz qon esa to‘q qizil rangdadir.

Eritrotsitlarni oddiy tilda qizil tanachalar, deb atashadi, sababi ular qonga qizil rang berib turadi. Chaqaloqlarda eritrotsitlar miqdori ko‘proq, kattalarda kamroq. Ayollarda eritrotsitlar soni hayz ko‘rish sababli o‘zgarib turadi. Ko‘p suv ichish qondagi eritrotsitlarni kamroq suyultiradi, haddan tashqari ko‘p terlash, shuningdek, suvsirash qonning quyuqlashishiga va 1 mm. kub qondagi eritrotsitlar sonining ortishiga olib keladi.

Gemoglobin normadagi eritrotsitlar tarkibining 95 foizga yaqinini egallaydi. Uning miqdori kasbga aloqador sharoitlar, ovqatlanish, metereologik omillarga qarab o‘zgarib turadi. Masalan, tog‘liklarda gemoglobin miqdori tekislikda yashovchi aholiga qaraganda yuqoriroq yuradi. Sog‘lom kishining 1 mm. kub qonida 4,5 - 5,5 mln. ta eritrotsit oqadi. Ular 120 kunga qadar yashaydi.

Buyuk gematolog akademik I.A.Kassirskiy eritrotsitlar to‘g‘risida: «Tanadagi doimiy xizmatda yurgan eritrotsitlar 25 trillionni tashkil qiladi. Har kuni nobud bo‘lganlari o‘rniga qon hosil qiluvchi to‘qima tomonidan yangi 300 milliard eritrotsit yetishtirib beriladi. Kishi tanasidagi eritrotsitlardan yasalgan ustun esa 62 000 kilometrga yetadi», - deya ta'rif beradi.

Leykotsitlar esa yadroli hujayralardir. Ularning oq qon tanachalari deb atalishiga sabab, rangsiz bo‘lib ko‘rinadi. Oq qon tanachalarining 1 mm. kub qonda 4 - 9 ming taga tengligi me'yoriy hol hisoblanadi.

Leykotsitlar soni fiziologik sharoitda o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, ovqat yeyilgandan keyin yoki jismoniy ish bajarilganda, ular soni ancha ortadi. Leykotsitlar - inson tanasining o‘ziga xos «mitti pos­bonlari» bo‘lib, faol harakat qilishi, qon tomirlaridan to‘qimalarga o‘tish qobiliyatiga egaligi tufayli organizmdagi turli mikrob va yot moddalarni yutib, hazm qilib turadi. Tibbiyot amaliyotida har bir kishining qon guruhi aniqlanadi. Irqi, jinsi, millati, yashash hududi va yoshidan qat'i nazar, har bir kishining qon guruhi uning individual biologik xususiyati hisoblanadi, bu xususiyat ona qornidagi rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi va butun hayoti davomida o‘zgarmaydi.

Olimlar  kasalliklarning kelib chiqishi qon guruhlari  bilan  bog‘liqligini  ham o‘rganishgan.  Ular birinchi guruhga mansub kishilarda  ko‘proq oshqozon-ichak, bronxial astma, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi guruhli kishilarda  esa ko‘proq  qandli diabet, yurak-qon tomiri va o‘sma kasalliklari uchrashini aniqlashgan. Yapon olimlari hattoki  qon guruhiga qarab  kishilar fe'l-atvorini  bilish mumkinligini  aytadilar.  Bunga ko‘ra, hayotda qat'iy va sadoqatli kishilar  birinchi guruhga mansubdirlar.  Iztirobga ko‘proq beriluvchilar  esa ikkinchi guruhga kirishar ekan.  Keyingilar  esa   ijodkor, izlanuvchan, orzumandligi  bilan ajralib  turuvchi  kishilardir.

Inson hayotida qon tizimi kasalliklariga chalinish ehtimoli ham uchrab turadi. Buning sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Chunonchi, anemiya, ya'ni kamqonlik holatida qizil qon tanachalari yoki ulardagi gemoglobin miqdorining kamayishi tushuniladi. Kamqonlikning kelib chiqishiga o‘tkir va surunkali qon yo‘qotishlar, temir va vitaminlar yetishmovchiligi, oshqozon-ichak tizimi, buyrak, nurlanish, o‘sma kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin. Barcha turdagi kamqonlikning umumiy alomatlari teri rangining oqarib ketishi, darmonsizlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘z oldining qorong‘ilashuvi, hansirash, yurakning tez urib ketishida kuzatiladi.

Hatto bu haqda buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning shunday satrlari bor:

G‘olib kelar xiltlar aro chun qon agar,
Uyqu hamda bosh og‘rig‘i haddan oshar.
Tomir yo‘g‘on, qizg‘ish bo‘lur aksar vaqti,
Chetga chiqur bilsang tafakkur quvvati.
Og‘ir sezur bosh o‘zini, sevgi zaif,
Lanjlik bo‘lur, haddan nari tafti oshib.
Kurak suyak vazmin erur, ko‘p esnog‘i,
Aksariyat og‘irlashur qo‘l-oyog‘i...

Qonning turli xususiyatlarini o‘rgangan olimlar uning hayotbaxsh xossasini ham kashf etishdi, ya'ni, turli sabablarga ko‘ra kamqonlikka duchor bo‘lgan kishiga qon quyish bemor hayotini tiklashga, uning sog‘ayishiga zamin yaratadi. Birinchi bor 1667 yili Frantsiyada bemor venasiga qon quyish o‘tkazilgan. 1819 yilda ingliz shifokori Blandel odamdan odamga qon quygan. Rossiyada esa 1832 yili akusher G.Folf tomonidan tug‘ruq paytida ko‘p qon yo‘qotgan ayolga uning eridan olingan qon quyilgan.

Hozirgi paytda deyarli barcha yirik jarrohlik operatsiyalari qon yoki qon o‘rnini bosadigan suyuqliklar quyilmasdan bajarilmaydi. Quyilgan qon bemor jarohat olganda, yaralanganda, operativ muolaja olgan paytida yo‘qotgan qonning o‘rnini qoplaydi, qon va uning o‘rnini bosadigan suyuqliklar organizmni oziqlantiradi, bemorning infektsiyalarga qarshi kurashishini yengillashtiradi, quvvatini oshiradi, qon bosimi, moddalar almashinuvi, nafas olish funktsiyasini normallashtiradi.

Bemorga hayot baxsh etuvchi bu  ne'matning qirralari haqida uzoq gapirish mumkin. Tanada o‘z vazifasini bekamu ko‘st ado etadigan suyuqlik inson salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega. Qoni toza, tanasi sog‘lom, qalbi insoniy xislatga to‘liq kishilar operatsiya stoliga yotqizilgan yoxud avtomobil halokatiga uchragan, umuman, qonga ehtiyoj sezgan mushkul ahvoldagi yaqiniga yoki yetti yot begonaga ham donorlik qilishadi. Ularga shifoxona tomonidan tegishli miqdorda pul to‘lanadi. Mo‘'jizakor xislatga ega  «sharbat» - qon har bir insonga umri davomida risoladagidek xizmat qilsin.

Shoira Qodirova,
Toshkent tibbiyot akademiyasi katta o‘qituvchisi
“Ma'rifat” gazetasidan olindi.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 87197226

Yandex