Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Abulqosim Mamarasulov. Eslasa arzigulik voqea (hikoya)

15.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Ilon terisini har yil o‘zgartiradi, ammo zaharli tishi shundayligicha qoladi.
• Ko‘piga yugurgan ozidan ham qoladi.
• Kim yolg‘on gapirsa, u o‘g‘irlikdan ham toymaydi.
• Ko‘p changallama, ko‘tarish qiyin bo‘ladi.
• Yomon odam qarzdor bo‘lib qolmaydi: unga yaxshilik qilgan odamning uyini yoqadi.
Dog'iston xalq maqollari
 
 

Abulqosim Mamarasulov. Eslasa arzigulik voqea (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
   Shunday qilib, Alibek, Toshtemir va Lapas Abdumajidnin brigadasiga jo‘nashdi. Abdumajid – brigadir. Tengdoshlar orasidan chiqqan  birnchi amaldor. Bayram munosabati bilan brigadada tushlikka osh qilisharmish. Aroq ham bo‘ladi, degan.
    Kecha  kechqurun ham bayramoldi, ham kelin ko‘rdi, bahonasida Lapasnikiga to‘planishdi. Lapas yaqinda Novvotga uylangandi. Anchadan beri sovxozda ishlayotgani uchun yangi oilaga sovxoz yangi uy berdi. Umuman, yig‘ilib o‘tirishga b ahona ko‘p edi. Maktab davrini eslashdi. Alibek Zulfiyani yaxshi ko‘rib qolganini, Abulxayr tuflisini bo‘lg‘usi qaynotasining derazasi  tagiga  tashlab qochganini… O’sha voqealarga ham to‘rt-besh yil o‘tib qo‘yibdi. Endi qarabsizki, hammasi uylangan, bolali-chaqali, uy-ro‘zg‘or tashvishidan ortmay, telba-eskari yurishlarga yakun yasalgan. Soat kechasi uchdan o‘tganda tarqalishdi. O’shanda Abdumajid toshib ketib, taklif kiritdi: “Bayramning davomini ertaga bizning shiyponda nishonlaymiz”, degan.
   Alibek Lapasni olib, Toshtemirlarnikiga kelsa, xotini  sho‘rva pishirib turgan ekan. Tayyor bo‘lib qoldi, ichib ketaylik, deganiga ham qo‘yishmadi.
   - Bosh og‘rib turgandi, achchiqqina sho‘rva edi, qorin och edi, - deb yo‘l-yo‘lakay Toshtemir to‘ng‘illadi.
   - Abdumajid ataylab sizlar uchun osh qildiraman, degan. Bormasak xafa bo‘ladi, - dedi Alibek. – Bilmaysanmi, ko‘ngli nozik, sal narsaga arazlab qolaveradi.
   Abdumajidning brigadasidagi  oshpaz palovni o‘xshatib pishiradi-da! Alibek ta’mini totib ko‘rgan. Shuning uchun qo‘yarda-qo‘ymay do‘stlarini surgab ketyapti. Uydagi, ko‘chadagi, tundagi Lapasnikidagi oshlar uning oldida  hech narsa emas. Ochiq dalada,  do‘stlar davrasida… uchoviga katta laganda osh qo‘yishadi. Biram shirin, biram mazali. Sariq mayizli, sarimsoq piyozli, zirali, behili. E, ziravorning hamma uridan solingan. Xilma-xil ta’mlar ufurib turibdi bu oshdan…
   Kecha yomg‘ir yog‘ib o‘tgani uchun bugun havo toza. Quyosh chiqqan. Yursang charchamay yurguday havo. Bu yog‘i bayram. Oktyabr revolyutsiyasiga  oltmish   ikki yil  to‘lipti. Abdumajidning shiyponigacha piyoda yursang qirq minutlik yo‘l. Yo‘lga otlanishganda soat o‘n ikkidan o‘tgandi. Rosa avji tushlikning ustidan chiqishsa kerak. Hozir: “iching, iching, oling-oling, ha endi, yuz gramm odamni o‘ldirmaydi”, deb o‘tirishgandir. Oldilarida lagan to‘la osh. Bug‘i chiqyapti. Ustida oppoq quyruq bo‘laklari, qovurg‘a go‘shti. Shuning ustiga yetib borishsa. “E-e, kelinglar, kelinglar, qani, bu yoqqa o‘tinglar, qaynanalaring suyar ekan”. “Suymasa, qizini berarmidi”, desa  Alibek. Keyin uchoviga ham aroq (stakanda bo‘lsa ham mayli) tutishsa. “Ha endi, bayram munosabati bilan! Ozodlikka chiqqanimizning oltmish uch yilligi!..”  “Yo‘g‘-e, qanday bo‘larkan. Ha mayli, sazalaring o‘lmasin. Sizlar uchun! Planlaring yuz ellik bo‘lsin! Davlat oldida yuzlaring yorug‘ bo‘lsin!”. Keyin oshga qo‘l cho‘zishsa. Osh laganda tovlanib turibdi, ishtahangni qitiqlaydi…
   Brigada shiyponida hech kim ko‘rinmasdi. Ichkarida ham, tashqarida ham. Hatto o‘choqning joyidan yangi kul topisholmadi. Balki Abdumajid hazillashib, qozonni yashirib qo‘ygandir. Shunaqa odatlariyam bor uning. Rosa  kayfiyatlarini buzib, keyin lagan to‘la oshni ichkaridan olib chiqib, oldilariga qo‘ysa. Uchovlon kaftlarin to‘ldirib-to‘ldirib olaversa. “Hey, asta yenglar, tiqilib qolmasin”, desa Abdumajid, laganni olib qo‘ymoqchi bo‘lsa. “Qoch,qoch, osh yeyishni sendan yaxshi bilamiz”, desa Alibek, laganni ushlab. “Uydagi tayyor ovqatlarni tashlab kelyapmiz”.
   Ay-y, esizgina sho‘rva! – dedi Toshtemir tishlarini takillatib. – Yig‘lab-yig‘lab qozonda qolib ketdi-ya. -  Abdumajidning gapiga ishonib o‘tiribsizlar-a! Axmoq bo‘lmasam, men ham sizlarga qo‘shilib…
   Alibek indamadi. Uning o‘ziga ham uydagi tayyor ovqatni tashlab chiqqani ta’sir qilayotgandi. Qorinlari och, yo‘l yurib kelishdi, ishtaha yanada ochilgan. .. Uch yuz qadam naridagi qator tollar tagida uch-to‘rt kishi yonboshlab yotardi. Abdumaji ham o‘sha yerda bo‘ladi. “Shiypon atrofida bo‘lamiz”, degan. Bu “shiyponning o‘zida” degani  emas-ku .Tushunish kerak-da! Toshtemir axmoq yovg‘on sho‘rvasining azasini tutyapti. Bayram kuni yeganga yarasha shunaqa osh ye-ki, bir umr mazasi og‘zingda qolsin. “Abdumajidning brigadasida…” deb maqtanib yur. Bir nimani bilsa ekan bu. Uylangandan beri uydan chiqqisi kelmaydi. Ilgari ko‘chadan beri kelmasdi. Hali oshni yesa, Alibekka rahmat deydi. Tolning tagidagilar yosh-yosh yigitchalar ekan, Studentchalar! Oliftachalar! Samarqandda o‘qiymiz, deb kerilib yotishipti.  O’zlarida yo‘q. Balki ularni ham Abdumajid bayram munosabati bilan mehmonga chaqirgandir. Katta odam-da!
   - Osh tayyor bo‘ldimi? – deb so‘radi Toshtemir ular bilan ko‘rishib bo‘lar-bo‘lmas.
   - Oshmi? – yigitchalar bir-biriga ma’nodor ishshayishdi. – Hay, qolmadiyov, yanayam Abdumajid akadan so‘rab ko‘ringizlar.
   - Nahotki Abdumajid shunchalar past ketsa, - deb Lapas bugungi yurishda birinchi bor tilga kirdi.
   Toshtemir ham ko‘zlarini lo‘q qilib, Alibekka tikildi. Abdumajid sal nariroqda yotar, yo ularni ko‘rmadi, yo o‘zini ko‘rmaganga oldi.
   - Yuringlar-chi, boraylik-chi! – Alibekning chinakamiga jahli chiqdi.
   - Osh yeyishgami? – so‘radi Toshtemir. – Hali aroq ich deb ham xit qilarsan. Hurmatim yo‘qmi, deb.
   Endi shunchaki qorinni to‘ydirib olish ham muammoga aylangandi. Dala oralab och qorin bilan qirq minut uy tomon yurish – oson bo‘lmas. Abdumajid yo uxlab yotar, yo o‘zini uxlab yotganga solib yotardi. Sal narida bo‘sh qozon, osh yuqi qolgan lagan, ikki-uchta bo‘shagan aroq  shishasi. Uni silkib turg‘izishdi. Muddao aniqlandi.
   - O’zlaring kechikdilaring-ku! -  dedi Abdumajid. – Qiziq eansizlar, bu yer dala sharoiti bo‘lsa, kelib ketuvch ko‘p bo‘lsa, qozonda osh tursa, men qanday qilib ularning oldiga qo‘ymay tura olaman. O’zi… shunchaki ko‘ngil uchun taklif qilgandim. Yugurib kelaveripsizlar-da.
   - E o‘l odam bo‘lmay! – Lapas to‘ng‘illadi.
   - Boshni qotirma! Qorin och. Yeydigan narsa topib ber, - deya Toshtemir o‘zini Abdumajidning o‘rniga tashladi. Mana bularning gapi bilan pishgan sho‘rvani tashlab kelganman.
   - Bayramda xudo deb uylaringda yotmaysizlarmi, - dedi Abdumajid. – Hakim, bu yoqqa kel. Qozonda osh qolganmidi?
   - Bilmayman-ov, - deya boyagi yigitchalarning biri turib keldi.
   - Velosipedingga min-da, uyga yet. Osh qolgan bo‘lsa olib kel, mana bu ochofatlarni to‘ydirmasam, mening o‘zimni yeb qo‘yishdan toyishmaydi. Yo rayonga  odam jo‘natib, tayyor somsa keltiraymi?
   - Bilganingni qil, faqat tezroq, - dedi Toshtemir. – Alibek, Lapas, nima dedilaring?
  - Somsaning ichi nuqul piyoz bo‘ladi, -dedi Lapas.
   Abdumajid Hakimni qishloqqa jo‘natdi.
   - Oshni uyda ham yerdik, bu yerda somsa ham bo‘laverardi, -deya to‘ng‘illadi Toshtemir.
   - Sen oldin bu yerning oshini bir yeb ko‘r, - dedi Alibek. – Keyin boshqacha gapiradigan bo‘lasan.
   Hakim bir soatlardan keyin qaytdi. Osh qolmapti. Yarimta olvolay desa, do‘kon ham yopilib qopti. Do‘kondor ichib, mast bo‘lib yotgan ekan, uyg‘otishning iloji bo‘lmapti.
   Hakimni rayon markaziga jo‘natishdi. Somsaxona ham, do‘konlar ham taqa-taq berk emish.
   - Alibek, nima yeysan, - deya so‘radi Toshtemir. – Somsa  yaxshimi, osh? Senchi, Lapas? Senga qay biri ma’qul? Somsa aytaveraylik, ichi piyoz bo‘lsa nima qipti, qorin to‘ysa bo‘pti-da! Aroqqa gazak bo‘ladi. Nima dedilaring?
   Alibek bilan Lapas alamdan kulib yuborishdi. Ularga Toshtemir bilan Abdumajid qo‘shilishdi.
   - Boshqa safar kelsalaring yaxshi mehmon qilaman, -deya yupatdi Abdumajid.
   - Bugun och qorin bilan uyga yetib olishni o‘yla. Darmon yo‘q, bir nima topib bermasang, hech yoqqa ketolmaymiz.
   - Hech bo‘lmasa quruq non ber, iflos!
   Shiypondagi qotgan nonlar turadigan qutidan bir burda qotgan non topib kelishdi.
   - Qotgan non ko‘p bo‘lardi, bugun bittasi molimga beraman, deb barini yig‘ib olib ketipti. Endi boriga shukr qilaverasizlar. Iflosning topgani shu! – dedi Abdumajid.
   Bir burda non temirday mahkam ekan. Bir iloj qilib uch bo‘lakka bo‘lishdi. Ariqdagi suvga botirib  yumshatishdi. Qotgan non uzoq vaqt sovuq suvga botirib turilsa, shunaqangi shirin bo‘lib ketarkanki… Har qanday osh uning oldidan yer chizib o‘taversin. Ariqda kuzning tip-tiniq suvi oqyapti. Sen qotgan onnni suvga botirasan. Suv qo‘lingga uriladi, nonga uriladi-da, o‘z yo‘lida davom etadi. Suvda nonning ustki qatlami yumshaydi. O’sha joyini tishlab yeysan-u, qotgan tarafini yana suvga tiqasan. Maz-za!!!
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89505992

Yandex