Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Abulqosim Mamarasulov. Yaxshi niyat (hikoya)

29.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.
Paolo Koelo
 
 

Abulqosim Mamarasulov. Yaxshi niyat (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
   Hammasi Alibekdan bo‘ldi. Agar u Toshtemirga: “Abdumajidlarnikiga borib, er-xotinni yarashtiramiz”, demaganda, balki... Tag‘in kim biladi deysiz. Xullas, odamgarchilik qilishmoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi. E, yomon bo‘ldi...
   Alibek ishdan qaytgandan keyin ko‘chada salanglab yurgan edi.Toshtemir eski “Yava”sini patillatib kelib qoldi. Alibek mingashdi. Qayoqqa ketayotganini so‘ramadi ham. Aniq, yarimta olishadiyu, do‘konning orqasiga o‘tib, maydalashadi. Toshtemir Alibekda pul ko‘pligini yaxshi biladi. Hisobchi-da. Alibek mard. Dasta-dasta pullarni chiqarib, do‘konchiga tutadi. Buniyam gashti bor. Atrofdagilar havas bilan, ba’zilar hasad bilan kuzatadi. Shunday bo‘ldi ham. Ichib o‘tirib, gap Abdumajidga taqaldi. Yaqinda uylangandi Abdumajid. Sevib! Qiz ham aftidan Abdumajidni yaxshi ko‘rardi. Abdumajid qizning xatlarini Alibeklarga o‘qitgan. Hammasi: “Jondan aziz sevgilim!...” deb boshlanardi. O’qib, Abdumajidga rosa havaslar kelgan. Axir, masalan, deylik, Alibek Zulfiya bilan har qancha sevishsa-da, Zulfiya bironta xat yozgani yo‘q. O’zi xat yozishga hojat ham bo‘lmagan. Har kuni qishin-yozin dalada birga yurishsa, birga ishlashsa... Bular esa shuncha xatdan keyin chillalari chiqmay, janjallashgan emish. Kuyov so‘kkan, kelin yig‘lagan, arazlab otasinikiga ketgan,. Rosa qiyomat qo‘pgan, oralaridan katta ola mushuk o‘tgan emish...Yaxshiyam Abdumajidning onasi qulluq qilib, kelinini qaytarib olib kelgan emish...
   Gap-gap bilan Alibek bitta yarimta olib, qo‘ltig‘iga qisdi. Ikkovlon “Yava”da Abdumajidlarnikiga borishdi. Kelin-kuyov o‘z xonalarida inoqqina bo‘lishib, kulishib, choy ichishayotgan ekan. Avvaliga ikki do‘smt hayron bo‘lishdi. Keyin Alibek qo‘ynidagi aroqni chiqarib, dasturxonga qo‘ydi. Qolaversa, kelin ham begona emas, o‘zlari bilan bir maktabda, faqat bir sinf  keyin o‘qigan sinashta Dilorom edi.
   - Yarashibsizlar-da, yashanglar! Buni yuvish kerak! Mo‘yinsa, bitta zakuska tayyorlang.
   Dilorom chiqdi. Alibek shirakayf holda kelinning ortidan tikilarkan, Abdumajidga ta’na qildi:
   - Zo‘r xotining bor-da, jo‘ra. Qaddi-qomatni qara! Shunday xotinni urdingmi-ya?
   - E, sen o‘zingni Zulfiyang bilan bo‘laver, qo‘y, meni ishimga aralashma.
   - Ikki uylangan bir-biringga maqtanyapsanmi?  Haligacha uylana olmaganimga ta’na qilyapsanlarmi? Ko‘r axir mening ahvolimni! O’rnak ol! Bazo‘r yetgan xotiningni yig‘latma.
   - Xo‘p! – Abdumajid qo‘l ko‘tardi.
   - O’zi nimaga ketib qoldi? – so‘radi Alibek.
   - Nimani so‘rayapsiz? – deya so‘radi qaytib kirgan Dilorom.
   - Nimani emas, seni so‘rayapti, -dedi Abdumajid. – Nega ketganingni bilmoqchi.
   - Bir qadrimni o‘tkizay degansiz-da, a , mo‘yinsa, - deya Toshtemir  o‘zi chaplagan loyni andavalashga tushdi.
   - Ha, bir qadrim  o‘tsin, devdim.
   - Nima? Menga qadring o‘tadimi? Ketsang, sendan qutulganimga xursand bo‘lib, qaytadan to‘y qilsam kerak.
   Diloromning lablari asabiy titradi.
   - Qo‘ying, mo‘yinsa, bu bilan gap talashmang. – Alibek ham andavaga tarmashdi. – Bu bari bir sizning qadringizga yetmaydi. Tamom...
   - Tamom!!. – Dilorom sakrab o‘rnidan turdi.
   - Bo‘ldi,bo‘ldi, bo‘ldi! Urush tugadi, yarash,yarash,yarash!!!
   - Voy, biz urishmaganmiz, - Dilorom kulisirashga urindi.
   - Ozroq tepishganmiz, xolos. Odatimiz shunaqa, - dedi Abdumajid.
   - Bizning xo‘jayin shunaqa, tepadiganlardan bo‘lib chiqdi.
   - Yoqmayotgan bo‘lsa, muloyimidan top-da, ketaver! Men seni qaytarmayman.
   - Kerak bo‘lsa ketaman ham! Kerak bo‘lsa, hali izimgayam zor bo‘lasiz! Shoshmay turing!
   - Men-a? Men senga zor bo‘lamanmi? Ketsang, uch kunda onasi o‘pmagan qizni olaman.
   - Olib bo‘psiz!
   - Olaman! Mana ko‘rasan! Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Mendan zo‘ri yo‘q deysan-da, a?
  - E, menam ko‘chaga chiqsam, oyog‘im tagi to‘la yigit, bittasiga tegaman, olaman.
  - Seni endi hech kim olmaydi. Sen endi it tekkan sarqitsan! Hi, alam!
  - O’zingiz sarqit! Hech kim sizga zaril qolgani yo‘q. Har kecha uyimizga bolalarni pochtachi qilib jo‘natganlaringiz, yalinib-yolvorganlaringiz esdan chiqdi-da endi, a? Endi eshagingiz suvdan o‘tdi-da, a?
   - Ha-a, o‘tdi! – Abdumajid yayradi. – endi sen yalinasan. Sen yolvorasan.
   - Yaxshi...
   - Yaxshi...yaxshi... Nima yaxshi?! Yaxshi xotin bo‘lganingda hozir men bilan gap talashib o‘tirmay, gap poylamay, mehmonlarga choy damlab kelarding. Ovqat qilarding. Agar sen yaxshi bo‘lsang...
   Shu payt Abdumajidning singillaridan biri   ikkita  likopchada pomidor salat ko‘tarib kirdi. Er-xotin to‘rsayishib jim bo‘lishdi. Toshtemir to‘rt piyolaga aroq quydi. Dilorom yigitlar yalinuvidan so‘ng o‘z piyolasini “shirin” qilib berdi. Yigitlar o‘z ulushlarini  ko‘tarishdi. Shundan so‘ng Alibek eski yarani yana qo‘zg‘adi:
   - Biz sizlarni yarashtirgani kelgan edik. Nima, urishmasalaring bo‘lmaydimi. O’zi, janjal nimadan chiqadi?
   - E-e, - Abdumajid gapirishni istamay, najotsiz qo‘l silkidi.
   - Ha-a, nega silkinasiz? – Dilorom tutaqib ketdi.
   - Nima qilay bo‘lmasa? Hamma ayblaringni sanaymi?
   - Sanang! Sanang qani, menam bilay.
   - Senda mutlaqo odamgarchilik yo‘q.
   - Sizda-chi?
   - Bunaqada hozir yana urishib qolasizlar, - dedi Toshtemir xavotirlanib. – Oldin bittang gapir. Shunga qarab ajrim qilamiz. Abdumajid, boshla. Mo‘yinsa, to‘xtang, sizga keyin navbat beramiz.
   - Bo‘pti, aytsin! – rozi bo‘ldi Dilorom.
   - Aytsam, - dedi Abdumajid, - buning kelinchaklik turqi yo‘q. Uy ishlariga qarashmaydi. Ertalab men sakkizda tursam sakkizda, to‘qqizda tursam tursam to‘qqizda turadi. To‘rt soat darsini o‘tib, tushgacha ishidan qaytib keladiyu, yana kechgacha yalpayib yotadi. O’qituvchi emish. Yosh avlodni tarbiyalarmish. Oldin buning o‘zini tarbiyalash kerak.
Mehmon kelsa, uyalib o‘laman. Tomoshaning bir parchasini ko‘ryapsizlar-ku! Oshxonada kuymanish o‘rniga men bilan mehmonlar oldida gap talashadi.
   - Bo‘ldimi gapingiz?
   - Senga hali gap tekkani yo‘q, iflos! Jim o‘tir!
   - Me-en?! Men-a??! O’zingiz iflossiz!
   - Nima deding? Yana qaytar!
   - Nimani eshitgan bo‘lsangiz shu!
   - Uh, seni ona... – Abdumajidning barmoqlari musht bo‘lib tugilib, o‘rnidan turib ketdi.
    Shovqinni eshitib, xonaga Abdumajidning onasi kirdi. Keyin... Toshtemir bilan Alibek  “Yava”da haydalgandan battar bo‘lib, ortlariga qaytishdi. Ularni hech kim kuzatmadi.

   Dilorom yig‘lar, Abdumajid uzala tushgancha ko‘kragini yostiqqa bosib, yig‘lamoqdan beri bo‘lib yotardi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91479975

Yandex