Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Xurshid (1892-1960)

03.08.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
Tog'ay Murod
 
 

Xurshid (1892-1960) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/xurshid.jpgO‘zbek mumtoz adabiyoti bilan XX asr yangi adabiyotini bir-biriga bog‘lab turuvchi ko‘priklardan biri Shamsiddin Sharafiddin o‘g‘li Xurshiddir. U o‘zbek dramaturgiyasiga poydevor qo‘ygan dastlabki ijodkorlardan biri, shoir, yozuvchi, tarjimon va rejissyordir. Ana shu ko‘p qirrali va samarali ijodiy faoliyati uchun 1990 yilda unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» degan yuksak unvon berilgan.

Xurshid (Shamsiddin Sharafiddinov) 1892 yilning 20 iyunida Toshkentda bog‘bon oilasida tavallud topgan. Madrasa va eski maktabda tahsil olgan. U asrimiz boshlaridan, aniqrog‘i, 1905—1906 yillardan boshlab jadid adabiyotining navqiron namoyandalaridan biri sifatida qalam tebrata boshlagan. Shu ma’noda u ma’rifatparvarlik ruhida «Eskilik va yangilik» degan dastlabki pesasini, keyinroq «Orif va Ma’ruf», «Qora xotin», «Kichik askar» kabi pesalarini, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», «Siyovush», «Oybonu» singari musiqiy dramalarini yaratgan. Ayniqsa, uning Alisher Navoiy dostonlari asosida yaratgan har ikki dramasi o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan. Xurshid qator operalar librettolarini ham yozgan.

Xurshidning dastlabki she’rlari 1914 yilda «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoi Turkiston» gazetalari, «Tarjimon», «Oyna» jurnallari va «Tuhfai Xislat» bayozida (1914) «Xoib» taxallusi bilan e’lon qilingan. O‘z she’rlarini jamlab, «Devoni Shohidiy» nomi bilan devon ham tuzgan (1912). Shoir keyinchalik «Mushtum» jurnalida bosilgan hajviy she’rlarida «O‘jar», «Tajang», «Chayon» kabi taxalluslardan foydalangan.

Xurshid tarjimon sifatida ham samarali ijod etgan. Xususan, Shillerning «Qaroqchilar», V. Shekspirning «Qora arab», «Otello», U. Hojibekovning «Arshin mol-olan» kabi mashhur asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Shuningdek, Sharqning buyuk shoirlaridan biri Hofiz Sheroziyning yuzga yaqin g‘azallarini ona tiliga tarjima etgan. Bundan tashqari u o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandalari Munis va Ogahiy kabi shoirlar devonlarini arab grafikasidan hozirgi o‘zbek (kirill) yozuviga o‘tkazib, nashrga tayyorlagan.

Xurshid yetuk g‘azalnavis shoirdir. Uning «Chorgoh», «Giryon», «Bayot», «Ushshoq», «Segoh», «Dugoh», «Suvora» kabi kuylarga solingan ohangrabo she’rlari mashhur hofizlar tomonidan hamon ixlos bilan aytib kelinmokda. Mohir g‘azalnavis shoir, yetuk dramaturg va tarjimon Xurshidning ijodiy merosi ancha boy, serqirra va sermazmun bo‘lib, u hozir O‘zbekiston Fanlar akademiyasi H. Sulaymonov nomidagi Adabiyot muzeyida avaylab saqlanmoqda.

Xurshid 1960 yil 13 sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 90005065

Yandex