Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Asqad Muxtor. Jinni (hikoya)

18.08.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 

• Insonni kiyimiga qarab kutib oladilar, bilimiga qarab hurmat qiladilar.
• Tulki tushida tovuq ko'rarkan.
Rus maqollari
 
 

Asqad Muxtor. Jinni (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Saidumarni olti-etti yildan beri ko‘rganim yo‘q edi. Kabobxonada bir yarim soatcha o‘tirib, miriqib gaplashdik. Maktabdoshlardan biri qizini uzatnbdi, birining o‘g‘li askardan qaytibdi, falonchi bobo, joyi jannatdan bo‘lgur, o‘tgan yili kuzda tom bosib qazo qilibdi, falonchi kelinoyi bo‘lsa ikki bolasining ustiga... Ishqilib, bir dunyo xabar, naq borib kelganday bo‘ldim qishloqqa. Yaxshi-yomon tanishlar qatori, Halim domlani so‘rab qoldim.
– ... domla chatoq...— dedi Saidumar kabob chaknab turib.
– Ha, nima, kasalmi?
– Undan battar.
– Yo‘g‘-e, nima... qamoqdami?
– Yo‘q... koshkiydi.
Garangsib, Saidumarga tikilib qoldim. Halim domla eng yaxshi muallimimiz edi, ijtimoiyatdan. Ko‘z o‘ngimga keltirdki: endi saksonlarga borgandir, nima bo‘lishi mumkin?
– Tirikmi, ishqilib domla, gapirsang-chi, mujmal qilmay!— dedi toqatsizlanib.
– Kirdi-chiqdi bo‘lib qolgan domla,— dedi Saidumar, ko‘rsatkich barmog‘ini chakkasiga bigiz qilib.
– Qo‘ysang-chi... jinnimi?
U g‘amgin bosh irg‘adi.
Men jiddiy qabul qilmadim bu gapni, ishonmadim ochig‘i. Bunga ishonish qiyin, nihoyatda esli, sog‘lom, eqtiyotkor odam edi. Haytovur... qariganda nimalar bo‘lmaydi.
– Nimadan iborat... jinniligi? Nimalar qiladi?
– Nima qilardi... g‘irt, sho‘ring qurg‘ur.
– Io‘q, menga qara, aniqroq gapir, balki tushunmagandirsanlar uni... Axir, ular...—«ular» dedimu, dom-lagN xiyonat qilayotgandek o‘zimdan g‘azablanib, anchagacha asabiylashib jim o‘tirdim. Ruhiy kasallar haqida o‘qiganlarim yodimga tushdi:— har xil bo‘lishadi: biri Napoleonman, deb da’vo qiladi, biri...
– Ha, ha, buning ham da’vosi zo‘r — yozuvchiman, deydi. Yozgani-yozgan.
– Nimani yozadi?
– Har baloni, jinnining gapi-da, nima bo‘lardi, qalin-qalin daftarlarni to‘lg‘izib tashlagan.
– O’zing o‘qib ko‘rdingmi?
– Ko‘rdim-da.
– Xo‘sh?
– Masalan, qarg‘a haqida... velosiped haqida...
– Nima debdi... qarg‘a haqida?
Saidumar kulib yubordi:
– Qarg‘a... tumshug‘i falon santimetr. Kuzda janubdan uchib keladi, Qanoti... e, qo‘ying-chi, hamma biladi-gan shunday gaplarni daftar-daftar qilib... jinni-ning ishi-da.
– Velosiped-chi?
– Egari uch burchak, ikkita g‘ildiragi bo‘ladi. Rezinkadan. Rezinka esa... hay, jinni bo‘lsa ham biladivey: Masalan, sen rezinkaning nimadan bo‘lishini bilasanmi? Yo‘q, u biladi. G’afur G’ulom hazillashardi: falonchi shiringina jinni bo‘pti, deb. Bu ham esligina jinni bo‘lgan.— Saidumar lablarini artib, selkillab kuldi.— Ko‘rinishdan binoyiday, qilgan ishlari bo‘lsa... Axir, o‘rik haqida butun bir daftar-a! O’zimizning oddiy o‘rik haqida. Dovchaligida bolalar talashib yeydn emish. Iyun boshida pishadi, ichida danagi bor, chaqnb mag‘zini yeyiladi, mag‘zida yog‘ bor. Quritib, turshak qilish. Hokazo. Kim bilmaydi buni! Kimga kerak, ayting! Balki, chukchalar, eskimoslar uchundir!— yana tebranib kuldi Saidumar.— Qisqasi... domla bechora chatoq.
Turdik. Saidumarning domlamiz ahvoliga beparvoligi menga yoqmadi. Shunaqa ham bo‘ladimi! «Ishqilib» «qisqasi»... Masxaraomuz gaplar. Shunday fojea- haqida-ya!
Yo‘q, men domlani borib ko‘rishim kerak. Ertasigayoq qishloqqa jo‘nadim.
Halim domlaning hovlisida deyarli hech narsa o‘zgarmabdi. Choyxonaday keng ayvon. Uy orqasi molqo‘ra, suvsizlikdan qurib yotgan o‘rikzor. Biz bolaligimizda domlaga qarashib, tomga g‘o‘zapoya g‘aramlar, chipta qopga tezak qoplab, o‘choq boshidagi bostirmaga g‘amlab qo‘yar edik. Shuncha yil o‘tishiga qaramay, hali ham hammasi o‘sha-o‘sha. Halim domla bo‘lsa sira qarimabdi, ajabo, saksondan oshgan odam... yuzlari qip-qizil, o‘zi jonsarak, serharakat... Tavba deyishim kerak, kallamga bir fikr keldi: telbaning miyasi ishlamaydi-da, nimaga ham qarisin: demak, Saidumarning gapida jon...
Domla meni juda hursandchilik bilan kutib oldi, qayoqqa o‘tqazishni bilmaydi: «yozuvchi o‘g‘lim... yozuvchi inim!..» Nazarimda, shoshib ham qoldi. Men o‘z o‘yimdan xijolatmanu, lekin domlani hamon zimdan kuzataman...
Yo‘q, domla tuppa-tuzuk gaplar gapirayapti. Bola-chaqalarimni surishtirdi, yozganlarimni o‘qib turar ekan — xursandchiligini aytdi. Men esa, o‘z shubhalarimda o‘zimni noqulay sezib, gapimni yo‘qotib o‘tiribmanu, hamon sinamoq bo‘lib, savol qidiraman: nima desam nima derkan? Unga o‘zim jinni bo‘lib ko‘rinmasam edim.
Domla kamtargina dasturxon tuzadi, men bir vaqtlardagiday, unga qarashgan bo‘ldim — bu uyda hamma narsaning joyini bilar edim. Ayvonning poli — yer, bo‘yra ustida namat tashlangan, xontaxta yonida zski ko‘rpacha, shu yerda o‘tirib bir piyola choy ichdik.
– Domla, siz ham... yozar emishsiz, deb eshitdnm.
– Ha, bizning yozishlar endi...— deb kamtarona jilmaydi,— bizning yozishlar boshqacha. Ko‘p yozaman, ammo-lekpn. Ana...
Domla kitob javoni qatidagi tokchani ko‘rsatdi. U yerda o‘nlab qalin daftarlar taxlag‘liq edi. Saidumarning gapi yodimga tushdi: «Yozgani-yozgan. Qalin-qalin daftarlarni to‘lg‘azib tashlagan... Aqlligina jnnni....»
– Bir ko‘rsam maylimi?— dedim choydan keyin o‘rnimdan turib.
– Sen albatta ko‘rishing kerak,— dedi domla, nazarimda, quvonib ketdi. «Yozganlarini hech kim so‘rab o‘qimasa kerak-da», deb o‘yladim ichimda.
Daftarlardan birini olib varaqladim. Chindan ham, hamma sahifalar to‘latib, hafsala bilan yozilgan edi. Boshqa daftarlarni ham olib, ochib ko‘rdim, ular ham shunday. Tig‘iz, puxta yozuv bilan to‘la.
– Bularning hammasi... bitta asar bo‘ladimi?
– Bitta kitob... bo‘lishi kerak. «Ezgu kitob».
– «Ezgu kitob?» Nomi shunaqami?
– Ha, hozircha, taxminan. Ammo, bilib qo‘y, bu adabiy asar emas. Aslo! Badiiylikka da’vo qiladigan jinni emasman.
Badanim jimirlab ketdi: nahotki, o‘zi ham tushunsa? «Ezgu kitob» emish... Ezgu kitoblar yozilib bo‘lgan, ular asrlardan buyon yashab kelayapti. Buni tushunmaydigan odam...
Dastlab birinchi daftardagi sarlavhalarga ko‘zim tushdi: «Zig‘ir», «Parovoz», «Dallol», «Chumchuq», «Bezak», «Nosvoy»... I-e, biri tog‘dan, biri bog‘dan-ku? Domlaga qarab qo‘ydim. Qarashimda qandaydir shubhani payqadi, shekilli, zo‘r berib tushuntira boshladi:
– Bu mavzular keyin sohasiga qarab, alfaviti bi-lan tartibga solinadi: tabiat, texnika, ijtimoiyot, siyosat, ashyolar, jismlar, mavhum tushunchalar...
– Lug‘atmi? Lug‘atlar, qomuslar bor-ku? Domla o‘ychan jilmaydi.
– Sen ham meni barcha lug‘atu qomuslarni qayta yozib chiqishga ahd qilgan jinni ekan, deb o‘ylayotgan bo‘lmagin tag‘in, yozuvchi inim... Bu kitobda narsalarning, ashyolarning, hayvonlarning oddiy va batafsil ta’riflari bo‘ladi.
Ko‘rib turibman... Mana, arava. Mana, qurbaqa... unga yarim daftar ta’rif. Haqiqatan ham oddiy...
– Hatto jo‘n.
– Ha... Ham keng ta’rif. Kechirasiz, sizni jinni deb o‘ylash xayolimga ham kelgani yo‘q. Bu — uzoq avlodlar uchun bo‘lsa kerak, hoynahoy?
– Uzoq, juda uzoq avlodlar uchun,— dedi domla tetiklanib.— Uzr, men seni ba’zilarga o‘xshatmoqchi emas edim, qaytaga meni tushunishingga aminman. Bilasan, dunyoda hech narsa abadiy zmas. Faqat so‘z, yozuv uzoq yashaydi... So‘z, yozuv bo‘lmaganda biz; masalan, qadim dunyo qiyofasi haqida tasavvurga ham ega bo‘lmasdik.
– Qadim yunon eposlari...
– Barakalla!
– Lekin, domla... Mana, chunonchi, eshak... Unga yarim daftar bag‘ishlabsiz...
Halim domla jilmayib, nimalarnidir esladi chog‘i, dam o‘tib, davom etdi:
– Buni... Xrushchev davrida, yodingdami, bu jonivorlarga qiron kelib... hamma qo‘rasidan dashtga, sahroga haydavorib, juda xor qilishgandi. O’sha kunlari yozganman. Bilasanmi, inim, yer yuzida mamontlar yashagan vaqtda bir senga o‘xshagan azamat qalamkash hafsala qilib, ularning ta’rifini qog‘ozga tushirganda edi...
– U zamonlar qog‘oz, yozuv bo‘lmagan-da.
– Hozir esa bor! Mamont ta’rifi yozilmagani uchun hozir olimlar uning bnr suyagi topilsa katta kitob yozishayapti. O’z taxminlari uchun fan doktori unvonnni olishayapti. Iloji bor ekan, dunyoda avlodlar uchun har narsaning ta’rifi qolishi kerak, deb o‘ylayman. Mana hozirgi yoshlarning hammasi ham Qo‘qon aravaning qanday bo‘lganligini bilavermaydi. Ming yil o‘tib, hozirgi «Jiguli»ning qandayligini kim bilarkan, aytolasanmi?
– Ha, ming yilda ko‘p narsa o‘zgaradi, ko‘p narsa izsiz yo‘qolib ko‘p yangiliklar...
– Ming yilni aytasan, yozuvchi inim. Mana «Qoraqalpoq qissasi» degan kitobing bor-a?
– Ha.
– O’shani yozganingga necha yil bo‘ldi?
– 25-30 yil bo‘lgandir.
– Ana! Unda sen Mo‘ynoq ko‘chalarida turib dengiz, to‘lqinlari, chag‘alay galalari, teploxod gudoklari ha-qida gapirasan. Qo‘ng‘irotdan boshlangan qamishzorlar, tutash ko‘llar, jing‘il chakalaklari, to‘qaylardan o‘tadigan kecha yo‘llari haqida yozasan. Shu kunda Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq bolalari yuz kilometr narida dengiz, hatto dengiz ham emas, sho‘r botqoqlar borligini eshitibgina biladilar! Qissangni o‘qib hayron bo‘ladilar. Ba’zan arzimagan bir narsaning ta’rifi butun bir tarixiy-madaniy qatlamni qayta ochish uchun kalit bo‘lishi mumkin. Magnit lentasi, mikroteka, kompyuter davri ke-layapti. Bola «pero» nima deb so‘raydi. G’oz pati bilan dohiyona kitoblar bitilgan zamonlar uning uchun ertak.
– Sizning rejangizga ko‘ra... butun borliqni ta’riflab, chiqish kerak... bu, kechirasnz, ertakdan battar, utopiya-ku, domla?
– Buni jinnilik deb baholamaganingga hursandman. Utopiya esa, to amalga oshmagunchagina utopiya bo‘ladi.
– Buni bizdan keyin ham kimlardir davom ettirar, demoqchisiz?
– Xuddi shunday. Eng muhimi — boshlash. Keyin borib.... balki shu bilan maxsus shug‘ullanadigan uyushma, ehtimol, butun bir akademiya paydo bo‘lar...
Bunga men o‘zim ham qiziqib qolib, suhbatni maroq bilan quvvatlay boshladim.
– Domla... Nazarimda, bu ishning bir qismi bajarilgan ham, barcha tillardagi so‘zliklar, qomuslar... ularni bir joyga to‘plash... yo «Ezgu kitob»ga qo‘shish, jamlash...
– Balli!..
– Lekin, domla...— axir tillar ham borib-borib o‘zgaradi, yo‘qolib ketadi. «O’lik tillar» degan tushuncha bor.
– Gap shunda-da...— Halim domla o‘yga toldi. Umidsiz, asabiy... nazarimda, sal... jinniroq ham bo‘lib ko‘rindi.— Gap shunda-da... Odamning o‘zi yo‘qolib ketmasdan burun qilish kerak buni...

1993 yil.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 81056424

Yandex