Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Hojiakbar Shayxov. Birinchi sinov (hikoya)

15.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Erkalatilgan it kuchukka aylanadi.
• Qo’mondonsiz qo’shin - dehqonsiz dala.
• Dushmanning yerini haydasang, dushman senikini egallaydi.
• To’g'ri qurgan uyni makkor buzadi.
• Vaqtinchalik do’stlik - mangu qullikdir.
Shumer maqollari
 
 

Hojiakbar Shayxov. Birinchi sinov (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan bu voqea uzoq kelajakda sodir bo‘lgan. Ie, kelajakda bo‘lsa, hali sodir bo‘lmabdi-da, deb so‘rarsiz. yo‘q, biz chindan ham kelajakda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida hikoya qilmoqchimiz. Negaki ko‘pchilik ilmiy-fantastik asarlarda kelajakdagi voqealar xuddi o‘tmishda sodir bo‘lib o‘tgandek tasvirlanaveradi.
Shunday qilib, 2279 yilning erta bahor kunlaridan birida Yerdan Qora Kit burjiga “Qamalak” kosmik kemasi yo‘l oldi. Kema ekipaji bor-yo‘g‘i ikki ki-shi — u paytda hali dunyoga kelmagan hikoyamiz qahramoni jajji Shahnozaning otasi va onasidan iborat va ularning har ikkovi endi o‘ttiz yoshga qadam qo‘-yishgandi. Ular ko‘zlagan manzil olis, binobarin safar ham uzoqqa cho‘zilishi mo‘ljallangan. Bu davrda fazogirlar yo‘lda farzandlar ko‘rishlari, ularni o‘qitib tarbiya qilishlari va keyinchalik kemani boshqarishni ularga topshirishlari lozim edi.
Hali quyosh sistemasidan chiqmay turiboq, fazogirlar farzand ko‘rishdi. Qizchaga Shahnoza deb nom qo‘yishdi. Butun bolalik va yoshligi fazoda o‘tishi aniq bo‘lgan bu qizaloq juda tez o‘sa boshladi. U yarim yoshdayoq yurishni, bir yoshida bemalol gaplashishni o‘rgandi. Ikki yoshida esa, hatto mayda-chuyda ishlarda ota-onasiga yordam beradigan ham bo‘ldi.
Birga o‘ynaydigan o‘rtoqlari bo‘lmasa ham, u zerikmasdi. Ertalab turib dadasi va onasi bilan birga badantarbiya qilar, nonushtadan so‘ng zalga qo‘yilgan zangori akvariumdagi tilla rangli baliqlarni qotgan non ushoqlari bilan boqar, tuvaklardagi ra’nogul, na’matak, tizimgul, sebarga, lolaqizg‘aldoq ka-bi rang-barang. gullarga o‘zining idishidan suv quyardi. Bu ishlari bitgach, onasi bilan birga alifbeni o‘rganishga kirishardi. Otasi yordamida hisob ilmini o‘rganishga kirishganida esa butunlay jonlanib ketar, jajji barmoqlarini galma-gal bukib, otasining g‘alati savollari ustida rosa bosh qotirardi.
Dam olish paytlarida onasi unga olisda qolgan zangori sayyora — Ona-Yer haqida hikoya boshlar, u yerda juda ko‘p odamlar xuddi ulardek oila-oila bo‘lib yashashlari, Shahnozaga o‘xshagan juda ko‘p qizchalar va o‘g‘il bolalar borligi haqida gapirib berardi. Shahnozani dunyodagi hamma narsa qiziqtirar, u hadeb savol yog‘diraverardi. Keyin otasi unga Yerdagi hayotni ko‘rsatuvchi kinofilmlarni qo‘yib berardi.
Shu zaylda kunlar o‘taverdi. Bir kuni qiz otasidan:
- Yerda odamlar juda ko‘p ekan, nima uchun biz juda ozchilikmiz? — deb so‘rab qoldi.
- Bilasanmi, qizim,— picha o‘ylanib turib javob berdi otasi,— bizning maqsadimiz Qora Kit burjiga yetib borib, inson yashay olishi mumkin bo‘lgan biror sayyorani izlab topish. Bu esa ancha xatarli vazifa. Uni bajarishga shu maqsad uchun o‘z hayotlarini ham qurbon qilishga tayyor fidoyi insonlargina qo-dir. Bundaylarni qadimgi zamonda birinchilar deb atashgan. Birinchilar tarixda hech qachon ko‘pchilikni tashkil qilmagan. Masalan, fazoga ilk marta Gagarin, Titov singari dastlabki fazogirlar bitta-bitta bo‘lib uchishgan. Quyosh burji sayyoralari o‘zlashtirilayotganda ham bu ishga ikki-uchdan ortiq fazogir jalb etilmagan. Sababi — ilgari sira ko‘rilmagan, iison-ga hali tilsimot bo‘lib tuyulgan narsalar aksari ana shu bilmaslik tufayli odamni halokatga duchor qilishi mumkin. Ana shu halokatga uchrash ehtimoli bo‘l-gan odamlar soni iloji boricha kam bo‘lishi uchun birinchilar doimo ozchilikni tashkil qilishadi.
- Tushundim, dada. Demak, biz ilgari hech kim bormagan sayyoraga ktyapmiz, shundaymi?
- To‘ppa-to‘g‘ri, qizim. Aqlingga balli.
- Usha sayyoraga yetib borganda, men katta qiz bo‘lamanmi?
- Bo‘lmasam-chi!
Qizchaning chehrasiga tabassum yoyilib, ko‘zlari charaqlab ketdi.
—    Eh, tezroq yetib borsak qaniydi! Shahnoza olti yoshga to‘lganida, otasi uni birinchi marta Bosh Pult joylashgan xonaga olib kirdi. Bu — tepasi gumbaz shaklida maxsus qalin shisha bilan yopilgan va aylana ko‘rinishidagi xonabo‘lib, o‘rtasida usti turli elektron va kibernetik asboblarga to‘la stol turar, gir aylanasi esa gravitomer, dozimetr, barometr, radiatsiya schetchigi kabi turli ko‘rinishdagi son-sanoqsiz asbob va anjomlar mahkamlangan odam bo‘yi baravar shchitlar bilan band edi. Shahnoza ichkari kirdi-yu, beixtiyor:
—    Voy, chiroyliligini!..— deb yubordi. U shishagumbaz orqali hayotida ilk marta ochiq fazoni ko‘rgan,sokin va ulug‘vor koinot, unda charaqlayotgan behisob katta-kichik yulduzlarga bolalik nigohi ilk marta qadalgan edi.
Dadasi allaqanday kitsimon yulduzlar turkumining pastki qismiga joylashgan kattaroq yulduzga qo‘li bilan ishora qilib:
—    Biz borayoltan Qora Ksht yulduzi shu, — deb tushuntirdi. — Uning atrofida Yerga o‘xshash yettita sayyora aylanadi. Shularning ikkitasida hayot bo‘lishi mumkin, degan tahmin bor.
Shahnoza yulduzga zavq va hayajon bilan tikilib qoldi:
- Bo‘lmasam ularda ham odamlar bor ekan-da?
- Ha, qizim, odamlar ham bo‘lishi mumkin. Biroq ular bizga o‘xshagan bo‘lishlari shart emas. Yulduzlarga ilk uchishlar boshlangan qadimgi zamonda ham odamlar koinotdan xuddi bizga o‘xshagan,— erkak va ayollardan iborat, ikki oyoqda goruvchi, ikkitadan ko‘z, qosh, quloq, bittadan og‘iz va burunga ega bliy aql egalarini topishga juda ko‘p kuch sarflashgan. Biroq dastlabki izlanishlarning o‘ziyoq koinotda oliy bosqichda taraqqiy etgan hayot hayratda qoldirarli darajada turli-tuman shaklda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
- Masalan, qanday?
- Masalan, yerliklar bir sayyorada xuddi mingoyoqqa o‘xshagan oliy aql egalariga duch kelishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ular o‘zaro og‘iz va ovoz vositasida emas, balki ko‘zlarining pastrog‘ini turli-tuman rangga kiritish yo‘li bilan gaplashishar ekan. Har bir rang biror fikrni anglatar ekan. Yo bo‘lmasa, okean suviga o‘xshash ko‘rinishdagi oliy qardoshlarimiz bilan ham muloqat qilishga to‘g‘ri kelgan.
— Juda qiziq!
—    Ha, koinotda hayot juda ajoyib ekan. Ayni paytda, uning sir va tilsimotlari hanuz behisob. Lekin olamdagi ko‘p jumboqlar odamzodning beqiyos jasorati, bu yo‘lda berilgan ko‘plab qurbonlar evaziga yechilgan...
Qizcha o‘n yoshga to‘lganida kema ekipajining aytarli mustaqil bir a’zosiga aylangandi. Endi u Ona-Yer, o‘zlari uchib borayotgan olis yulduz, odamlar va umuman hayot haqida kattalardek jiddiy mulohaza yurita olardi. Lekin ota-onasiga savol berishni hali ham kanda qilmasdi.
Kunlarning birida u yerlik bolalarning hayotiga bag‘ishlaigan kinofilmni tomosha qilib bo‘lgach, otasiga navbatdagi savolini berdi:
- Dada, biz Yerga qaytganimizda, men necha yoshda bo‘laman?
- Kema vaqti bilan hnsoblaganda, yigirma beshda, qizim.
- Demak, men kap-katta qiz bo‘lib qolarkanman-da?!
- Xa, qizim,— Shahnoza otasining ko‘zlariga ma’yus bir ifoda balqiganini payqadi, ammo savol bermaslikdan o‘zini tutolmadi:
- Lekin... men buni xohlamasam-chi?
Otasi bir kun emas, bir kuni Shahnozaning shunday deyishini bilardi. Biroq buni hozir emas, sal kattaroq bo‘lganda aytadi, deb taxmin qilgandi. Uning vazmin chehrasi battar ma’yuslashdi.
—    Ona qizim,—dedi u Shahnozaning jajji yelkasidan ohista quchib,— sen onang ikkalamizning yurakparchamizsan. Shuning uchun mashaqqatli, olis safarimizga seni ham sherik qilarkanmiz, ozgina bo‘lsa-da,bunga haqqimiz bor, deb hisobladik.
Bu javob Shahnozani qoniqtirmadi shekilli, u endi qizishib gapirdi:
—    Axir nima uchun men yigirma besh yil umrimni mana shu kichik va diqqinafas kemada o‘tkazishim kerak ekan? Nima uchun yerlik bolalar, o‘rtoqlarim bilan birga o‘ynashga, dengizlarda cho‘milishga, tengdoshlarim qatori o‘qishga haqqim yo‘q?
Otasining boshi quyi solindi. Ha, Shahnoza katta qiz bo‘lib qolibdi! Shunday savollar beryaptiki, nima deb javob qaytarishni ham bilmaysan, kishi. Lekin gaplaridan qandaydir xudbinlik hidi kelayotgandaymi nahotki ular qizni tarbiyalash jarayonida nimanidnr nazardan chetda qoldirishgan bo‘lsa? To‘g‘ri, u kemada istagan ishini qilishi mumkin. Xohlasa, soatlab kitob o‘qiydi, filmotekada kinofilmlar ko‘radi, xohlasa, akvariumdagi oltin baliqlarni boqadi... Lekin bularning bari qizda xudbinlik hissini tug‘diruvchi omil bo‘lishdan uzoq-ku?
Biroq ota qizni xudbinlikda ayblab yanglishayotgandi. Shahnoza erkinlikka bo‘lgan tabiiy talabini izhor qilish bilan birga bu mas’uliyatli safardagi o‘z o‘rnini, o‘ziga ajratilgan rolni aniqroq bilib olmoqchi bo‘layotgandi, xolos.
- Agar bilsang, qizim,— dedi nihoyat otasi horg‘in ovozda,— Yerdagi tengdoshlaringniig har biri sening o‘rningda bo‘lishni juda-juda orzu qiladi!
- Dilingizni og‘ritib qo‘ygan bo‘lsam kechirasiz, dadajon. Fikrimni aniq tushuntirolmayotganga o‘xshayman. Avvalo shuni aytmoqchimanki, bu olis safarga men o‘z ixtiyorimsiz qo‘shilib qolgan ekanman, bundan buyon o‘zimni qanday tutishim kerak? Mustaqil fazogir singari biror aniq vazifani bajarishim kerakmi yoki robotlarday hamisha sizlarning irodangizga bo‘ysinib ish tutaymi? Agar men ham sizlar qatori bir fazogir bo‘lsam, nimadir ish qilishim kerak-ku, axir! Nazarimda hozir juda ko‘p vaqtim behuda o‘tayotganday. Qilayotgan hamma ishim asosan o‘qish va o‘rganishdan nariga o‘tmayotibdi. Axir, qachon ekspeditsiyaga biror foyda keltira boshlayman?
Otasi endi qiziga uni ilk marta ko‘rayotganday zavqlanib qaradi. Juda tez ulg‘ayib qolibdi Shahnoza! Qonuniy mehnatga bo‘lgan o‘z haq-huquqini talab qilyapti-ya! Balli, ona-qizim!..
Shundan keyin u qizga Yerda yoshlar o‘qish va o‘rganishga o‘n-o‘n besh yillab vaqt sarflashlari, ana shundan keyingina mustaqil mehnat yo‘liga kirishlari, Shahnoza esa, yaqin kelajakda ehtimol, olamshumul ahamiyatga ega bo‘luvchi ko‘plab ishlar qilishini, hali nihoyatda jiddiy sinovlardan o‘tajagini tushuntirib berdi.
Darhaqiqat, oldinda naqadar jiddiy sinovlar turganini Shahnoza hali tasavvur ham qilolmasdi...
Shu suhbatdan so‘ng oradan yarim yil o‘tar-o‘tmas «Kamalak» ekipaji Somon yo‘lida fazoning ilk ayovsiz sinoviga duch keldi.
Kema odatda tinch uchayotgan mahalda ortiqcha energiya isrof qilmaslik uchun uning atrofidagi himoyaviy kuch maydoni o‘chirib qo‘yilar, biror xavf yaqinlashayotgani sezilgandan keyingina u ishga solinardi,
Ammo bu xavf to‘satdan keldi. Bu shunday kutilmagan xatar ediki, hatto, kemada kuzatuvchi va navigatorlik vazifasini o‘tovchi pozitron miyali robot ham g‘aflatda qoldi.
Shahnoza bu paytda kema zalida gullarga suv quyish bilan band edi. To‘satdan kemaning shipi o‘ta shiddat bilan titray boshladi. Kemaning orqa bo‘linmalaridan birida xo‘jalik ishlari bilan g‘imirlab yurgan onasining birdan qo‘rquv va sarosimada qichqirib yuborganini eshitdi. Qiz vujudini allaqanday bir dahshatli g‘ulg‘ula qoplab oldi. Shu payt o‘z bo‘lmasida dam olayotgan otasi otilib chiqdi-yu, mikrofon orqali robotga:
— Darhol himoya maydonini ishga sol!— deb buyurdi-da, o‘zi yugurganicha Shahnozaning yoniga yetib keldi. Qizga hech narsa qilmaganini ko‘rgach, gandiraklaganicha, talmovsirab, hanuz allanimalar deb qichqirayotgan onasiga yordamga yugurdi. Onasi bu paytda homilador, otasining gapiga qaraganda, qizga chiroyli ukacha tug‘ib berishga tayyorlanayotgan edi.
Shahnoza boshi aylanib, o‘tirib qoldi. Shu choq koridorda robot-navigator paydo bo‘ldi. Ajabo, u xuddi mast odamday chayqalar, gandiraklar edi. Shunga qaramasdan u komandirning buyrug‘ini bajarish maqsadada zo‘r berib Bosh Pult sari intilardi. Birdan robot devorga zarb bilan urildi-da, gursillab yiqildi. Keyin yotgan joyida bosh qismidan ko‘kitishtir tutun ko‘tarilib, gavdasi kemaga qo‘shilib bilinar-bilinmas, xuddi bezgak tutgan odamdek titray boshladi.
Qiz dilidagi qo‘r-quv yanada kuchayganini his qilarkan, birdan o‘zining kechikmay Bosh Pultga borishi lozimligini sezdi. Axir, dadasi, himoya maydonini ishga sol, deb bejiz buyruq bermadi-ku. Ha, kechikmasdan himoya maydonini ishga solish kerak! Onasining ahvoli og‘irga o‘xshaydi, otasi u bilan ovora... Hozir faqat Shahnozagina falokatning oldini olishi mumkin!
Qiz o‘rnidan turishga urindi-yu, leknn gandiraklab, yana o‘tirib qoldi. Dilida bezovtalik: hissi tobora kuchayib borar, butun tanasi beto‘xtov titrardi. U endi yo‘lak bo‘ylab emaklay boshladi. Robotning oldidan o‘tayotganda, yana ko‘z oldi qorong‘ilashib, boshi aylandi. Nazarida qarshisida yotgan robot birdan butun tanasini uzun va qop-qora jun bosgan, to‘rtta shoxli, boyqush ko‘zli g‘alati bir mahluqqa aylandi-da, qizga allanimalar deb imlay boshladi. Shahnoza titrab-qaqshab yana oldinga — Bosh Pult tomonga emaklab ketdi. Qizcha goh polga mukkasidan tushar, goh gandiraklab yelkasi bilan devorga urilardi. Shunga qaramay, himoya maydonini tezroq ishga solish maqsadimi yoki orqadan jundor mahluq ta’qib qilib kelayotgani haqidagi vahimali hismi, qizchani tobora shoshirardi.
Shahnoza Bosh Pult joylashgan xonaning ostonasiga yetganda, orqasiga ko‘z qirini tashlab, haligi shohdor va jundor mahluq ham ketma-ket unga ergashib kelayotganini payqadi. Ana, u hatto beso‘naqay tishli og‘zini ham negadir sharaqlatib ochib yopayapti. U qizdan nima istaydi o‘zi?!
Qizning tanasidagi titroq tobora avjga minib, dilidagi qo‘rquv hissi dahshatga aylanib ketdi-yu, uni ichkariga boshladi. Shahnoza xonaga kirib, qanday eshikni berkitganini o‘zi ham sezmay qoldi. Lekin qaergadir boshini zarb bilan urib oldi. Peshanasi birdan temirdek qizib, nam bo‘lganini sezdi, uning yorilgan joyidan qon sizib chiqa boshlagan edi.
Shahnoza boshqaruv pultiga tiralganicha arang o‘rnidan turdi. U endi pultdan himoya maydonini ishga soluvchi moslama — kuch maydoni tumblerini topishi kerak edi.
Voy-bu!.. Bu yerda turli-tuman o‘chirib-yoquvchi uskuna va moslamalar shuncha ko‘p ediki, qizning ko‘zlari qamashib ketdi. Ular turli shaklda: ba’zilari pianino klavishlarini eslatar, boshqalari oddiy elektr chirog‘ini yoqadigan pereklyuchatellarga o‘xshar, ayrimlari esa, dastak yoki tugmachalarga o‘xshatib ishlangan, edi. Ularning ba’zilari ko‘k, ba’zilari qora, qizil, xullasi, turli-tuman rangda edi.
Darrov himoya maydoni moslamasini topish kerak!Albatta topish kerak! Yo‘qsa ular halok bo‘lishadi!
Butun ekipaj a’zolari halok bo‘lishadi!    
Shahnoza har bir moslama va uskunalarning tagidagi kichik oq ramkadagi yozuvlarni zo‘r berib ko‘zdan kechira boshladi. Pultning chetlariga . qo‘llari bilan osilganicha oyog‘ida arang turarkan, butun vujudi qaltirar, buning ustiga yorilgan peshanasi qattiq achishardi. Yozuvlarga azbaroyi zo‘r berib tikilganidan ko‘zlari yoshlanib ketdi. Lekin ko‘z yoshlarini yengi bilan artib, o‘jarlik bilan kuzatishda davom etdi. Himoya maydoni tumbleri qizil rangda bo‘lishi kerak, deb o‘ylardi u. Negaki otasi bir gal, biror xavf tug‘ilganda ishga tushirilishi lozim bo‘lgan hamma tugma va moslamalar qizil rangga bo‘yalgan, deb aytgandi. Qiz qizil rangdagi moslamalarni ko‘zdan kechirarkan, haligi jundor mahluq xayolini tobora ko‘proq band qilayotganini his qilar, shu tufaylimi, dilidagi qo‘rquv va sarosima tobora ortib borardi. Birdan qiz o‘ng ko‘zi namlanib qattiq achisha boshlaganini sezdi. Ung qo‘lini bo‘shatib, ko‘zini artmoqchi bo‘lgan edi, qo‘qqisdan ikkinchi qo‘li sirg‘alib ketdi-da, u polga dumalab tushdi. Peshanasidan sizib chiqqan qon ko‘ziga tushgan edi. Qiz yotgan joyida yengi bilan ko‘zini artdi-da, titrab-qaqshab o‘rnidan turdi. Pultning chetlariga qo‘llari bilan osilib, yana asbob-uskunalarga ko‘z tikkanida, orqasida eshikka bir nima taraqlab urilgani, keyin eshik zarb bilan ochilib ketganini payqadi. Bu — albatta, jundor maxluq, deb o‘yladi qizcha.
U o‘zini xuddi tanasiga chumoli yugurganday, badanidagi hamma tuklari tikka bo‘lib ketganday his qilarkan, g‘ujanak bo‘lib olgan, hatto orqasiga qarashga ham yuragi dov bermasdi. Xuddi shu payt katta qizil tugmacha ostidagi «Himoya maydoni» degan yozuvga ko‘zi tushgan Shahnoza hushi boshidan uchayozgan bo‘lishiga qaramay, bor irodasini to‘pladi, biroq... Hozir jundor mahluqning o‘tkir tishlari orqasidan bo‘yniga chang solishi yoki onasi aytib bergan ertakdagi Yalmog‘iz Kampirday o‘zini yamlay boshlashini kutib, taxta bo‘lib qotib qoldi.
U dadasidan, qachon ekipajga naf keltiraman, deb so‘ragandi. O’sha fursat mana, nihoyat, yetganga o‘xshaydi. Butun ekipajning taqdiri hozir Shahnozaning qo‘lida. Hozir u shunday ish qiladiki, u oddiy sharoitda yillar davomida qilinadigan ishlarga tatiydi! Ha, tarixiy kinofilmlarda ko‘rsatilganidek, hozir Shahnoza uchun qahramonlik, jasorat ko‘rsatish fursati yetgandi! Qahramonlik yo‘lida qurbon bo‘lish esa... Kutilmaganda orqadan dadasining:   — Dadil bo‘l, qizim!—degan xirillagan ovozini eshitdi-yu, bu mehribon tovush qizning yelkasidagi tog‘ni ag‘darganday bo‘ldi. O’sha zahoti kuchga kirib, haligi katta QIZIL tugmaga ko‘rsatkich barmog‘ini bosdi, keyin xolsizlanib orqasiga, polga ag‘darilib tushdi. Bir lahzadayoq hammayoq xuddi suv sepgandek jim-jit bo‘lib qoldi. Qiz hushidan ketgan edi.
...Shahnoza o‘ziga kelganida, yotoqxonasida to‘shakda yotganini, tepasida esa, onasi uning boshini silab o‘tirganini ko‘rdi. U o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan edi, onasi qo‘ymadi.
—Vuy, oyi, meni shunaqangi dahshatli maxluq quvladi!...— dedi qiz shoshib.
—    Tinchlan, qizim, u endi yo‘q.
— O’zi nima bo‘ldi, oyi?— so‘radi Shahnoza.
—    Biz fazoda infratovush to‘lqinlari, ya’ni uzunligi juda qisqa bo‘lgani uchun biz eshita olmaydigan tovush to‘lqinlariga duch keldik,— deb izohlay boshladi onasi,— ular odamning miyasiga, psixikasiga qattiq ta’sir qilishi, uni hushdan ketkazishi, kuchliroq chastotaga ega bo‘lganlari esa, hatto halok etishi ham mumkin.
- Qiziq, u qaerdan paydo bo‘lib qoldi?
- Menimcha, shu atrofdagi biror noma’lum sayyoradan kelyapti! Aniqrog‘i, undan kelayotgan o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar kemamiz qobig‘iga kelib urilyapti. Oqibatda kema ichida ultratovushlar hosil bo‘lyapti.
- U hozir ham kemaga kelib urilyaptimi?
- Ha, hozir ham. Lekin sen bizni uning dahshatli ta’siridan xalos qilding. Sen katta jasorat ko‘rsatding, qizim!
— Nima, hozir himoya maydoni ishlayaptimi?
- Sen tugmani bosgandan keyin u ishlab ketdi-da, bir ondayoq o‘sha dahshatli tovush to‘lqinlarining kemaga yo‘lini qirqib qo‘ydi. O’sha zahoti biz ham yengil nafas oldik.
- Bunday to‘lqinlar Yerda ham mavjudmi?
- Ha, qizim. Yerda infratovush to‘lqinlari, asosan okeanlarda bo‘ron bo‘lgan paytlarda yuzaga keladi. Quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan bu sirli tovushlar
Ozmuncha paraxod va dengiz kemalarining ekipajlarni sarosima va taxlikaga solmagan.
- Dadam qaerdalar?
- Bosh Pultdalar. Dadangning sendan kanchalik xursand ekanliklarini bilsang edi!..
Qiz bu gapdan negadir o‘ng‘aysizlanib, boshini burar ekan hushbichim chehrasi shirin tabassumdan yorishib ketdi. U hayotda ilk marta o‘zidan mamnun edi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89504959

Yandex