Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Said Ahmad. Birinchi muhabbat (intermediya)

19.04.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Hayot muqaddimasida insonga ozginagina baxt nasib qiladigan bo‘lsa, qanchalar uzoq yashamagin, ana shu bir necha soatlik shodlikdan bo‘lak quvonchni hech qachon topmagaysan. Bu soatlarda oxirigacha huzur qil. Birinchi buloq oxirgisi hamdir. Tashnaligingni bir umrga qondirib ol: undan yana suv ichish nasib etmaydi.
Jon Milton
 
 

Said Ahmad. Birinchi muhabbat (intermediya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
BIRINCHI MUHABBAT

Kampir skameykada o‘tiripti. Bir chol kiradi. Ko‘zoynak taqib skameykadan o‘ziga joy qidiradi.
Ch o l . Shu yerga o‘tirsam maylimi?
K a m p i r . O’tiravering, o‘tiravering, boboy.
Ch o l . Nega meni boboy deysiz. Sizdan yosh bo‘lsam kerak, buvijon.
K a m p i r . Hech jahonda skameykani ham ko‘zoynak bilan qidiradimi.
Ch o l . Shoshmang, shoshmang, kimsiz, ovozingiz juda tanish tuyilyapti.
K a m p i r . Anketa to‘ldirmoqchimisiz. Otim Xadicha. Qo‘rg‘ontagi mahallasidan bo‘laman. Mansurvoyning qiziman. Bo‘ladimi? Yo yana aytaymi?
Ch o l . E, bo‘ldi, bo‘ldi. Muni qara-ya, Xadichamisan. Voy-bo‘, tirik ekansan-ku.
K a m p i r . Nega meni senlaysiz. O’zingiz kim bo‘lasiz?
Ch o l . Tanimadingmi-ya. Axir men oshiqu beqaroring Muqimjonman-ku. Otimni aytolmay Maqomjon deyarding-ku, endi esingga tushdimi?
K a m p i r . Maqomjonman, degin. Men seni inqilobdan oldin o‘lib ketgansan deb yurgandim. Muni qara-ya, tirik ekansan. O’lmapsan.
Ch o l . Nega o‘laman?
K a m p i r . Ko‘p chekarding-da, chilimni shundog‘am quldiratarding-ki...
Ch o l . Keyin popirisga o‘tgandim. Sho‘ri-mo‘ri degan popiris chekardim.
K a m p i r . Haliyam o‘sha-o‘sha savodsizliging qolmapti. Sho‘ri-mo‘ri emas, Chernoe More, deyish kerak.
Ch o l . Zidi menga bari bir, chekishni bundan qirq olti ypl oldin tashlab yuborganmai.
K a m p i r . To‘qsonga kirmay adoyi tamom bo‘psan. Ko‘zingda qo‘sh ko‘zoynak, qo‘lingda hassa bo‘lmasa beling mayishib ketyapti. Qulog‘ingda apparat bo‘lmasa yelkangda atom bombasini portlatsa ham bilmaysan.
Ch o l . Bunaqa tez qarimasdimu xotinim rahmatli yomon edi.
K a m p i r . Erkaklarning hammasi shunaqa. Begona xotinni ko‘rsa darrov o‘zinikini yomonlaydi.
Ch o l . Voy-bo‘, shunaqa degin-a, ering omon-eson yuriptimi? Oti nima edi, ha, topdim, Orif qirriq, nospurush edi-ya?
K a m p i r . Bir marta nosvoy sotgani bilan nospurush bo‘ladi-qoladimi? Rahmatli bundan yetti yil oldin qazo qilgan. Uchta ordeni bor edi, kostyumiga qadab qo‘yganman. Senda nechta orden bor?
Ch o l . Xotinimning ikkita ordeni bor edi. Yaqinda qazo qildi. Xadicha, ke senam beva, menam beva, ikkovimiz haligidek topishib qo‘ya qolaylik.
K a m p i r . E, gaping qursin, bema’ni. Nevaralarimga nima deyman, chevaralarimga nima deyman, quda-andalarimga nima deyman?
Ch o l . E, Xadicha, har kimning huzur-halovati o‘ziga. Boshda xo‘p deganingda qo‘sh kabutar bo‘lib yurardik.
K a m p i r . Bo‘shashgan sovchilarni yuborgansan-da, Maqomjon.
Ch o l . Hecham bo‘shashgan emas edi-da, Yuborgan sovchilarimni dadang tayoq olib quvlagan.
K a m p i r . Opqochib keta qolsang o‘larmiding.
Ch o l . Kambag‘allik o‘lsin. Qandoq opqochaman. Opqochib qandoq boqaman. Eshak bilan qayoqqa opqochardim.
K a m p i r . Bu yerda nima qilib ivirsib yuribsan?
Ch o l . Bitta nevaram Arabistonda tarjimon, bittasi Kubada. O’shanisi «Buvajon bitta izvesnoy suvratingizni yuboring» deb yozvoripti. Suvrat oldirgani keluvdim.
Kam p i r . Haliyam savodsizliging qolmapti, Maqomjon. Izvesnoy emas, svetnoy deyish kerak, bildingmi? Suvrat oldiraman desang shu yerga kelasanmi? Axir bu suvratxona emas, pensiyani oshiradigan sabis. Pensiyam o‘zimga yetib turgan edi. Pochtachi qiz, buvijon, sabisga borib knijkangizni oling, pensiyangiz oshgan dedi. Shunga keluvdim.
Ch o l . Bu joy sabis emas, suvratxona.
K a m p i r . Yo‘q, sabis.
Ch o l . Kim bilan gaplashayotganingni bilib qo‘y. Oldingda mehnat qahramoni, veteran Muqimjon o‘tiribdi.
K a m p i r . Voy, buni maqtanishini qaranglar, bitta sen qahramon bo‘psanmi. Mana, menam «Qahramon ona»man. Maqtanmayapman-ku!
Ch o l . Shunaqa degina. Menga qara Xadicha, ke ikkovimiz haligidek topishib qo‘ya qolaylik. Qo‘sh qahramon bo‘lib yuramiz.
K a m p i r . E, qoch-e, bemaza, gapingda tuz degan narsa yo‘q.
Ch o l . Shahlo ko‘zlaring ko‘zimga uyqu bermasdi. Qalamdek qoshlaring yuragimga xanjardek sanchilardi. Qani qoshlaringni ko‘ray. (Qaraydi). Iya, qosh qani, rasvo qipsan-ku! Naqsh olmadek yuzlaring meni jinni qilardi. Qani yuzlaringni bir ko‘ray. (Qaraydi). Yuz qani? Shaftoli qoqining o‘zi bo‘pqopti-yu...
Shu payt begona yigit o‘tib qoladi.
Y i g i t . Nima qilib jiqillashyapsizlar?
K a mp i r . Pensiya masalasida kelgandim.
Ch o l . Suvrat oldirgani keluvdim.
Y i g i t . E, omon bo‘linglar, bu yer suvratxona ham emas, sabes ham emas.
K a m p i r . Bo‘lmasam nima bu yer?
Y i g i t . Bu yer ZAGS.
Ch o l. Xadicha, xudoning mehribonchiligini qara. ZAGSga o‘z oyog‘imiz bilan kep qopmiz-ku. Yur ro‘yxatdan o‘tib chiqa qolaylik.
K a m p i r . E, bor-e, yo‘q, qarib quyilmagan bemaza chol.(Ikki bukilib qaltirib chikib keta boshlaydi).
Y i g i t . Kampiringizmi, boboy, arazlab qoldilar-ku.
Ch o l . Kampirim bo‘ladigan edi, bo‘lolmay qolgan. (Kampirning orqasidan– ) Sambitdek qomatlaringga Muqimjon akang girgitton! Bir kun emas bir kun ishqingda ado bo‘laman. Yetmish yildan beri tushlarimga kirasan, bevafo Xadicha. Yuragim kuyib ketyapti. O’rtanib ketdim-ku, bevafo!
yigit. Bir piyola muzdekkina «Toshkent suvi» quyib beraymi?
Ch o l . Mayli, bolam. Yo‘q, qo‘y, anginam tutib qolmasin.
Y i g i t . Iya, anginangiz bormi?
Ch o l . Anginaning o‘zi bo‘lsa ham mayliydi-ya astmam ham bor. Mana shu xotin meni ado qilgan.
Y i g i t . (zalga qarab). Birinchi muhabbat sut bilan kirib jon bilan chiqadi, deyishgani rost ekan.
Ch o l . (qulog‘idagi apparatni tuzatib unga yaqin keladi). Nima deding, sut dedingmi? Mayli, qaynoqqina bo‘lsa, mayli.
1971 yil.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 78226403

Yandex