Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Said Ahmad. Paypoq (hajviya)

22.07.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Biror narsani qattiq xohlab qolishdan avval shu istagan narsangizga hozir egalik qilayotgan odam baxtlimi yo‘qmi ekanini surishtirib ko‘rmoq kerak.
Laroshfuko
 
 

Said Ahmad. Paypoq (hajviya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
PAYPOQ

Orifjon shu trestga ishga o‘tgandan beri xotinidan tinmay gap eshitadi. Trest boshlig‘i serulfat odam ekan. Har kuni ishdan keyin Orifjonni mashinaga o‘tqazib, shahardan tashqariga opchiqib ketadi. Soya-salqin choyxonalarda oshxo‘rlik qilishib, qosh qorayganda javob beradi.
Albatta, bu xil o‘tirishlarda hadeb boshliqqa sarf qildiraverish insofdan emas. Xotinining kunlik beradigan obed puli o‘zidan ortmaydi, tekin yeyaverishga Orifjonning yuzi chidamaydi.
Orifjon xotiniga bildirmay yordam kassasidan uncha-muncha pul oladigan bo‘ldi. Ikki marta maosh ustidan avans ham oldi. Har kuni, o‘ldim deganda, o‘n besh so‘m sarf bo‘laversa, pul chidaydimi?
Boshliq-ku, Orifjonni unchalik xarj qilishga qo‘ymaydi. Ora-sira uyiga chaqirib ziyofat ham qilib qo‘yadi. Shundoq bo‘lgandan keyin Orifjon ham uni uyiga chaqirmasa, uyat bo‘ladi-da!
Boshliq birinchi kelganda juda mamnun bo‘lib ketdi. Bir haftagacha: «Bay-bay-bay-, kelinning mantisi, hali ham mazasi og‘zimda turibdi-ya» deb, tamshanib yurdi.
U hadeb shundoq deb turganda Orifjon indamasa odamgarchilikka kirmaydi, albatta:
–  Yana tashkil qilamiz, –  devordi.
Shu gapni deyishga dedi-ku, qandoq qilib xotiniga aytishini bilmay, bir-ikki kun chaynalib yurdi. Oxiri xotini ochilib-sochilib turganda aytdi. Xotinining tepa sochi tikka bo‘lib ketdi.
– Qandoq sulloh odam u? Yeydiganini yeb ketdi! Yana nima deydi?
Orifjon xotinini bosib qo‘ydi:
–  Undoq dema, xotin! Xo‘jayin narsa. Aytganini qilmasak bo‘lmaydi. Yaqinda maoshi ikki baravar ko‘p ishga o‘tkazmoqchi. Sen mantini boplayvergin, buyogiga xudo xohlasa oshig‘imiz olchi bo‘lib ketadi.
Xotini undoq desa, mundoq dedi, mundoq desa, undoq dedi, xullas, bir gal mantiga ko‘ndirdi. Ammo bitta shart bilan. Ziyofat xarjini Orifjonning o‘zi topib kelishi kerak. Ro‘zg‘orga ajratilgan mablag‘ga tegish yo‘q.
Obbo! Yordam kassasidan qarz bo‘lsa, moyana ustidan ikki marta avans olgan bo‘lsa, bu yog‘ini qaydan topadi?
Orifjon o‘ylab-o‘ylab, birovdan qarz ko‘taradigan bo‘ldi. O’tgan moyanadan o‘n to‘rt so‘m, yordam kassasidan olgan puldan sakkiz so‘m, avans puldan yetti so‘mi bor. Hammasi bo‘lib yigirma to‘qqiz so‘mni paypog‘iga yashirib qo‘ygan. Toleiga Orifjonning oyog‘i andek islanib turadi. Ikki kun paypog‘ini yangilamasa, uyga pashsha to‘lib ketadi.
Ana, shuning uchun ham er-xotin kir yuvish ishlarini o‘zlari bo‘lib olishgan. Orifjon paypoqni o‘zi yuvadi, boshqa kirlar xotinining bo‘ynida. Paypoqqa xotin qo‘l urmaydi. Pul yashirishga paypoqdan yaxshi joy yo‘q.
Orifjon xotindan yashirib, paypoqda saqlab yurgan pullarini shu ziyofatga ishlatmoqchi edi, yangi gap chiqib qoldi. Yigirma oltinchi kuni boshliqning tug‘ilgan kuni emish. Idorada hamma uch so‘m-uch so‘mdan qilib pul yig‘ishyapti. Soat taqdim qilishar emish. Orifjondan pul olishmadi.
– Siz boshliqqa qadrdon odamsiz, o‘zingiz kattaroq sovg‘a qilasiz.
Endi nima bo‘ladi? Orifjon paypoqdagi pulga sovg‘a oladigan bo‘lsa, ziyofat uchun birovdan qarz ko‘tarishi kerak. Shunday qildi. Bir oshnasidan ikki hafta muhlat bilan yigirma besh so‘m qarz ko‘tardi. Ikkita konyakdayoq pulining rangi o‘chib ketdi. Shu puldan ham uch so‘m qayirib, paypoqqa urdi. Go‘sht-yog‘ ro‘zg‘ordan chiqdi.
Boshliq yolg‘iz kelmadi. Ikki oshnasini ergashtirib keldi. Orifjon bilan bo‘lib to‘rt kishiga ikkita konyak nima bo‘ladi? Jiyanini chiqarib, magazindan yana bir shisha uch yulduzligidan oldirib keldi.
Ammo kelin mantini yana boplabdi. Boshliq har gal mantini og‘ziga solayotganda kelinning pazandaligini maqtab, Orifjonning qo‘li ochiqligini ta’riflab turdi.
Yarim kechada mehmonlar tarqashdi. Ular ketishayotganda Orifjon eshikkacha kuzatib chiqdi.
– Juda erta ketyapsizlar-da, bir siqimgina osh qilmoqchi edik. Keliningiz oshni qiyvoradi-da.
Boshliq mashinaga o‘tirar ekan, samimiy minnatdorchilik bildirdi:
– Oshni kelasi gal yeymiz. Xo‘pmi? Xafa bo‘lmang, albatta kelamiz.
Orifjon ham o‘zini tutolmadi. Boshliq shundoq deb turgandan keyin aniqroq bir gap aytish kerak.
– Bitta osh ekan-ku, kabobiga ham tayyormiz. Ammo qachonligini aytib aniq va’da berib ketasizlar.
Boshliq orqa kabinada o‘tirgan oshnalariga qaradi:
– Kelasi oddixga vaqtlaring qalay? Mening vaqtim bor.
Oshnalar, ixtiyor sizda deyishdi. Shundan keyin mashina gurillab jo‘nab ketdi. Mashina ketdi-yu, shu ketishida yana bitta ziyofatning va’dasini ham olib ketdi. Orifjon peshanasiga bittani urdi.
– Laqma bo‘lmay o‘l! U gapirganda sen tinch tursang o‘larmiding? Bu yog‘ini xotinga qandoq tushuntirasan?!
U o‘ziga, hay mayli, kelasi oddixgacha nima gapu nima so‘z, bu yog‘i keyin ma’lum bo‘ladi, deb uyga kirib ketdi.
Mehmon kelgan uy, albatta, ivirsimay iloji yo‘q. Hovlining hamma yog‘ida papiros qoldiqlari, qog‘oz parchalari. U yoqda kir sochiq, bu yoqda yuviqsiz idish-tovoq. Orifjon o‘zini mastlikka solib, darrov yota qoldi. Ertalab ishga ketayotganida karavotning tagiga qarasa, xotini yangi paypoq qo‘yibdi.
– Xotin, paypog‘im qani?
– Paygyug‘ingiz qursin, bijg‘ib ketibdi, otash kurakka qisib, ko‘chadagi axlatga opchiqib tashladim.
    Orifjonning darmoni qurib, o‘zini yostiqqa tashladi. Birdan hovliqib, ich ko‘ylakda ko‘chaga yugurdi.
    Axlat mashinasi endi joyidan qo‘zg‘algan ekan. Qarasa, qo‘shnisi ham ich ko‘ylakda mashina ketidan chopib ketyapti. Yetolmadi. Mashinaga yetib bo‘ladimi? Orifjon hafsalasi pir bo‘lib, ostonaga o‘tirib qoldi. Qo‘shnisi halloslab qaytib keldi. Orifjon sir boy bermay, bo‘shashgancha qo‘shnisidan so‘radi:
    – Nima gap, tong saharlab mashina quzib yuribsiz?
    Qo‘shni peshanasiga shatillatib bir tushirdi.
    – Meni xudo urib qoldi! Birovga aytmangu, paypoqqa ikki yuz ellik yashirgan edim, bolalar axlatga tashlavorishibdi.
    Orifjonning ichida bir nima uzilib ketgandek bo‘ldi. Xayriyat, buniki atigi o‘ttiz ikki so‘m edi, qo‘shnisinikiga urvoq ham bo‘lmaydi.
    Ikki qo‘shni bir-birlariga k;arab, ranglari qum oqarib, indayolmay turishardi. Bu payt axlat mashinasi ikkovining ikki yuz sakson ikki so‘mlarini noma’lum tarafga olib ketardi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 80495305

Yandex