Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Otkir Hoshimov. Dehqonning bir kuni (hikoya)

15.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Jasur odamning boqishi qo'rqoqning qilichidan ko'proq dushmanni titratadi.
• Qiyinchilik seni qiynaguncha, sen qiyinchilikni qiyna.
Amerika maqollari
 
 

Otkir Hoshimov. Dehqonning bir kuni (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
 Muyassar tong saharda uyg‘onib ketadi-yu, Alijonning bir tekis chuqur-chuqur nafas olishiga quloq solib, jimgina yotadi. «Qachon qaytganini bilmabman ham», deb o‘yladi u satin ko‘rpadan boshini chiqarib. Devordagi osma soat besh marta zang uradi. Uning titroq sadollari uyning shiftiga, zardevorlar, kirpechlar osilgan devorlarga yumshoqqina urilib, singib ketadi. Uy ichi yana jimjit bo‘lib qoladi. Soat kaftgiri sukunat qo‘ynida goh sekin, goh qattiqroq chiqillayotganday bo‘ladi. Oy derazadan o‘ychan mo‘ralaydi.
Muyassar erining yelkasidan quchgisi keladi-yu, o‘ylab qoladi. «Charchagan, dam olsin...».

Muyassar tong saharda uyg‘onib ketadi-yu, Alijonning bir tekis chuqur-chuqur nafas olishiga quloq solib, jimgina yotadi. «Qachon qaytganini bilmabman ham», deb o‘yladi u satin ko‘rpadan boshini chiqarib. Devordagi osma soat besh marta zang uradi. Uning titroq sadollari uyning shiftiga, zardevorlar, kirpechlar osilgan devorlarga yumshoqqina urilib, singib ketadi. Uy ichi yana jimjit bo‘lib qoladi. Soat kaftgiri sukunat qo‘ynida goh sekin, goh qattiqroq chiqillayotganday bo‘ladi. Oy derazadan o‘ychan mo‘ralaydi.
Muyassar erining yelkasidan quchgisi keladi-yu, o‘ylab qoladi. «Charchagan, dam olsin...».U o‘rnidan ohista sirg‘alib chiqadi. Sandiq ustida yotgan nimchasini kiyib oladi-da, yana erining tepasiga keladi, uzoq qarab qoladi. Alijonning keng, tarang peshonasiga mayda ter tepchib chiqibdi. «Bechoraginam, — deb o‘yladi Muyassar undan ko‘z uzmay, — biram toliqibdiki, do‘ppisini ham olib qo‘ymabdi».
U erining peshonasini kafti bilan avaylab artadi. Keyin ayvonga chiqadi.
Ayvon labiga tegib turgan gultojixo‘rozlar boshida, hovli etagida uyib qo‘yilgan g‘o‘zapoyalar ustida shabnam yaltiraydi. Yum-yumaloq to‘lin oy qishloqni o‘zining nurli yo‘rgagiga o‘rab, uyquga, shirin tong uyqusiga chorlaydi, unda-munda yulduzlar mudraydi. Ammo qishloq allaqachon uyg‘ongan. Har qaysi hovlining burchagida tunning baxmal pardasini parchalab o‘t yaltiraydi: odamlar tandirlariga olov yoqishgan.
Muyassar ham ayvondan chaqqon sakrab tushadi-yu, samovarga o‘t tashlaydi. Keyin o‘choqboshidan suprani olib kelib, cho‘kkalab o‘tyrgancha xamir qoradi. Tog‘orani dasturxon bilan o‘rab-chirmab, hovli burchagidagi uyilib yotgan g‘o‘zapoyalar oldiga boradi. Bir quchoq g‘o‘zapoya olayotganida, qo‘llarini havoda muallaq tutgancha to‘xtab qoladi. Dastak devorning orqasidagi, qo‘shni hovlidagi bir tup o‘rikning duv to‘kila boshlagan yaproqlari tong shamolida ohista pirpiraydi. Muyassarning yaqingina o‘tmishini, kechagi kunlarini yodiga solganday shivirlaydi. Bir paytlar mana shu o‘rik shoxiga arqon ilib arg‘imchoq uchardi. Shu o‘rikning g‘o‘rasini birinchi bo‘lib o‘zi yerdi.
Endi u sho‘x qizaloq emas, kelin. Devor-darmiyon qo‘shnisiga tushgan. Dadasi ham ularga — Muyassar bilan Alijonga o‘z qo‘li bilan fotiha bergan. «Alijon yaxshi yigit, o‘zimizning sinashta bola. Yetim o‘sgan. Bir-biriga ko‘ngil qo‘yibdi, bo‘ldi-da!», degan.
Muyassar to‘y kuni dadasi qanchalik uzundan-uzun duo qilganini eslab jilmayib qo‘yadi-yu, g‘o‘zaloyani olib tez-tez yurib ketadi. Qoq-quruq g‘o‘zapoya gup etib yonadi, yuziga olov tafti uradi. U endi uy tomonga yurganida buzoq ma’raydi. Sigir ham Muyassarning qadam tovushlaridan uyg‘onganday asta mo‘‘rab qo‘yadi.
Muyassar ayvon labidagi kattakon sirli chelakni ko‘tarib, xashak isi anqib turgan og‘ilxonaga kiradi. Nimqorong‘i burchakda yotgan sigir pishillab o‘rnidan turadi.
«Tagi ho‘l bo‘libdi, tozalash kerak», deb o‘ylaydi u. Keyin sigirning yelinini ho‘llangan eski sochiq bilan tozalab artadi-da, cho‘qqayib o‘tirgancha sog‘a bosh-laydi. Iliq sut tomchilari chelakka shovillab tushib, ko‘pirib ketadi, bilaklariga sachraydi.
Chelak to‘lganidan keyin qoziq atrofida aylanib, onasiga talpinayotgan buzoqchaning arqonini yechib yuboradi. Buzoq shodon dikonglab sigir tagiga kirib ketadi.
Muyassar bolalikdan odat bo‘lib qolgan chaqqonlik bilan non yasaydi. Bir savat qilib tandir oldiga ko‘tarib boradi, bitta-bittadan yopa boshlaydi. Oxirgi nonni yopadi-yu, yengil nafas oladi.
— Muyas!..
U erining ovozini eshitib, chaqqon burilib qaraydi. Beqasam to‘nini yelkasiga tashlab olgan Alijon aivon labida unga qarab turibdi.
— Keling! — deydi Muyassar obdastaga suv quya turib.
Alijon ayvondan ildam tushib, gulzor labiga keladi. Muyassarga tikilib jilmayadi.
— Punktda navbat kutish yomon-da, Muyas... Har kecha yuztalab mashina qatorlashib ketadi. Qo‘yib bersa tong otguncha turaverasan kishi, — deydi sekingina. Muyassar uning kecha uyga barvaqt qaytolmagani uchun uzr so‘rayotganini tushunadi.
Erining baquvvat yelkasidan ushlab jilmayadi...
— Engashing.
Alijon ham uning arazlamaganini payqaydi-yu, boshini quyi soladi.
— Mana, boshim sizniki, — deydi kulib.
Muyassar suv quya boshlaydi. Alijon muzday suvdan seskanib, pishqira-pishqira yuvinadi.
— Yuvinayotganingizda har doim otga o‘xshab pishqirasiz-a... Qarang, ko‘ylagimni jiqqa suv qilib yubordingiz, — deydi Muyassar ho‘l bo‘lgan etaklarini ko‘rsatib.
Alijon boshini ko‘tarib astoydil yalinadi:
— Hech bo‘lmasa toychoq deng, Muyas.
Muyassar uning yosh bolalarday boshini bir yonga tashlab turishiga qarab, kulib yuboradi.
Shu ondayoq tandirdagi non esiga tushib, yuguradi. Qo‘llari kuya-kuya bir savat non uzib oladi. Tong yorishadi, tun qushi qop-qora qanotlarini yig‘ib, qishloq ustidan olislarga uchib ketadi-da, chor-atrof odatdagi qiy-chuvga to‘lib-toshadi.
Ikkovlari shosha-pisha shirchoy ichishadi. Alijon tushlik ovqatini belbog‘iga tugadiyu mashinasining yoniga ketadi. Darvozaxona tomondan motorning guldiragan ovozi eshitiladi. Kabina eshiklari qarsillab yopiladi.
Muyassar uyni naridan-beri yig‘ishtiradi-da, ikki chetida qator-qator teraklar shovillab turgan toshloq yo‘ldan dalaga tomon yurib ketadi. Uzoqda, tog‘ ortidan quyosh bosh ko‘taradi. Qishloq suv quyganday jimib qoladi. Paxtazor katta-kichik hammani, maktab bolalarigacha domiga tortgan.
Muyassar etakni beliga bog‘lab olgancha paykalga sho‘ng‘iydi. Paxtalar yonog‘iga ilingan qirov sekin-sekin shudringga aylanadi. U esini taniganidan beri o‘rganib ketgan ishini tag‘in qaytadan boshlaydi. Zum o‘tmay etak to‘lib-toshadi. Bora-bora beli zirqillab og‘riy boshlaydi. Zax, yumshoq egat ichiga etakni ag‘daradi-yu, yana qayta bog‘laydi. Ko‘z o‘ngidan o‘nlab, yuzlab, minglab chanoqlar birma-bir o‘tadi. Goho shunday boshi aylanib ketadiki, ko‘zini yumsa, tasavvurda oppoq chanoqlardan boshqa hech narsa ko‘rinmay qoladi. Ammo u to‘xtamaydi. Engashib oldinga intilaveradi,
Peshinga yaqin kun qizdira boshlaydi. Muyassar nimchasini yechib tashlab, tag‘in g‘o‘zalar orasiga sho‘ng‘iydi. Shu payt muloyim kuz quyoshida erigan yumshoqqina havoni titratib, tabelchi Shoqosim akaning tanish ovozi yangraydi.
— Hoy, ho-oy, qizlarov, ovqatga-e-e! Uning tovushi paxtazor ustida anchagacha elas-elas sado berib turadi.
Muyassar tergan paxtalarini uyib, etakka bosadi, yukning og‘irligidanmi, o‘yga tolibmi, boshini quyi solgancha, xirmonga chiqib boradi.
Shoqosim aka etakni temir taroziga qo‘yib, toshni surarkan, salqi qovoqlarini lipillatib Muyassarga qarab qo‘yadi. Burushiq yuzi oqarib ketganday bo‘ladi: — Qirq sakkiz kilo... Mazangiz yo‘q-ku, kelin! Muyassar uning nimaga shama qilayotganini bilib g‘ijinadi. «O’yin-kulgidan bo‘shamay qolding», demoqchi-da!
U bir gap bilan qayirib tashlagisi keladi-yu, yoshini hurmat qilib, o‘zini tiyib qoladi. «Mayli, — deb o‘ylaydi paxtani xirmonga ag‘dara turib. — Bu odamning odati shu. Yuz yil asal bilan boqsangiz ham og‘zidan shirin gap chiqmaydi».
Qizlar kattakon qayrag‘och soyasida, hovuz labida o‘tirib, tushlik qilishadi. Qayrag‘och shoxlarida yuz-yuzlab chumchuqlar chirqillaydi. Qayoqdandir shamol kelib, hovuz yuzidagi mayda-mayda jilolar yelkasiga minib oladi.
Orqa tomondan mashina signali eshitiladi.
— Rais buva kelyaptilar! — deydi qaysidir qiz qo‘ng‘irokday ovoz bilan.
Baland bo‘yli, qotma, ammo tetik rais ochiq chehra bilan hayqiradi:
— Hormanglar, qizlar!
Qizlar quvnoq salomlashishadi.
— Barakalla, qizlar! Yashanglar. Plan to‘lgan kuni hammangizni Toshkeshta — tomoshaga olib boraman.
— Naq Toshkentning o‘zigami? — deydi orqaroqda o‘tirgan qizlardan biri ishonqiramay.
— Naq Toshkentning o‘ziga!
— Panoramaga ham tushamizmi? Rais beg‘araz qahqaha uradi:
— O’sha panoramaga tushamiz-da!
Rais yaxshi odam. Chindan ham har yili qizlarni bir-ikki marta shaharga — teatrga olib boradi.
— Qani, — deydi u hammaga bir-bir qarab. — Kim eng yaxshi ishlasa, o‘shani kelin qilaman. Xohlasa, mexanizatorlar kursiga jo‘nataman.
Hovuzda kosasini yuvayotgan qop-qora qiz — E’tibor yelkasi osha o‘girilib qarab, bijir-bijir qilib gapirib tashlaydi:
— O’zi bitta o‘g‘lingiz bor, qaysi birimizni kelin qilasiz. Uyam bo‘lsa shaharda o‘qiydi. Kim bilsin, hali bola-chaqasini boshlab keladimi.
Hamma qah-qah urib kuladi, rais ham...
... Yana o‘sha paykallar, chanoqlar, paxtalar... Muyassar yana ishga sho‘ng‘ib ketadi... Qo‘llari yana chanoqlar ustida o‘ynaydi.
Oqshom shafag‘i yuziga kul tortganida paykaldan chiqishadi. Muyassar uyga qaytishdan oldin kanal bo‘yiga keladi: sigirga o‘t yulish kerak. Muyassarning yonginasida chigirtka nag‘masini boshlaydi. Oromli sukunatni chuqurlashtirib, uzoq tinimsiz chirillaydi. Suv yuzida baliq sakraydi. Cho‘lp etgan ovoz eshitiladiyu yana sukunat quyilib keladi. Allaqayoqdan uchib kelgan baliqchi qush suvga sho‘ng‘iydi. Shu ondayoq qiyqirib havoga ko‘tariladi. Muyassar qirg‘oqda o‘sib yotgan barra maysalarni shart-shurt yulishga tushadi. Allanechuk qadrdon, mast qiluvchi ko‘katlar isidan boshi aylanib ketadi. Suv yuzi qop-qorayib qoladi. Eng avval uyg‘ongan shoshqaloq bir yulduzcha kanal suviga sho‘ng‘iydi. Goh jilolarda ko‘milib ketadi, goh yana qaytib chiqadi.
Orqa tomondan mototsiklning gurillagan tovushi eshitiladi. Mototsikl sukunatni tilka-pora qilib yaqinlashadi-da, uning yonginasida taqqa to‘xtaydi. — Yana kolxozning o‘tini yulyapsanmi? Muyassar qayrilib qaramasdanoq taniydi. O’sha — Shoqosim aka. U sekin boshini ko‘tarib qaraydi. Tabelchi mototsiklining egaridan tushgisi kelmay, bir oyoqlab yerga tiralib turgan bo‘ladi. Muyassar uning yuzini g‘ira-shira qorong‘ida aniq ko‘rmasa ham, qovoqlari pir-pir uchib turganini payqaydi.
Bu odam shunday o‘zi: otdan tushsa ham, egardan tushgisi kelmaydi. Bir vaqtlar rais bo‘lgan edi. Unda Muyassar qizaloq edi. Bir kuni sigiri paxtazorga tushib ketgani uchun Qoravoy taqachining to‘qqiz yashar o‘g‘lini o‘lar holatda do‘pposlagan.
Shoqosim aka haliyam o‘sha kunlarini qo‘msaydi. Menga odamlarning dimoq-firog‘i emas, paxta kerak, deydi. Muyassar bu safar ham olishib o‘tirmay, qishloqqa qaytadi.
U endi o‘choqqa olov yoqqanida eshikdan ola sigir mo‘‘rab kirib keladi. Muyassar gullarni payhon qilib tashlamasin, deb darrov arqonlaydi. Kattakon sirli chelak yani iliq, serko‘pik sutga to‘ladi.
Muyassar buzoqchani yechib yuboradi.
Taom pishgandan keyingina Muyassar qattiq to-liqqanini sezadi. Uch-to‘rt jazni og‘ziga soladi-yu, tovoqni berkitib qo‘yadi. «Hali Alijon akam kelsa, birgalashib ovqatlanamiz».
Lekin Alijon hali-beri qaytmasligini o‘zi ham biladi. Terim kunlari shofyorlar kecha-kunduzning farqiga bormay qolishadi.
Guzar tomondan baland muzika ovozi yangraydi. «Klubda kino bo‘lyapti, — deb o‘ylaydi Muyassar jimgina quloq solib. — Qanaqa kino ekan?»
U uyiga kirib, elektr yoqadi. Burchakdagi toshoynaga o‘zini soladi. Qora qosh, qora ko‘z, mo‘‘jazgina qiz unga qarab jilmayib turadi. Birdan uning sho‘xligi tutib ketadiyu o‘zining aksini o‘zi masxara qila boshlaydi. Tilining uchini chiqarib, boshini likillatib qo‘yadi. Keyin mayin jilmayib, oyna tokchasidagi upani oladi. Upaga botirilgan paxtani yuziga yaqinlashtirishi bilan to‘xtab qoladi.
«Yana qo‘lim yorilibdi», G’o‘zapoya tirnab tashlagan qo‘llariga qaraydi. Tag‘in jilmayib qo‘yadi. Mana shu nozik, chayir barmoqlari, tiqmachoqday qo‘llari bilan allaqachon o‘ziga haykal bitgulik ishlar qilib qo‘yganligi, bugun ham o‘sha haykalga yana jilo bergani uning xayoliga ham kelmaydi.
Keyin uxlab qolishdan cho‘chib, yechinmasdan o‘rniga cho‘ziladi, kuta boshlaydi. Ana, ko‘chadan mashina ovozi keldi. Muyassar ildam qaddini rostlab o‘tirib oladi. Motor tovushi kuchaya-kuchaya yaqinlashadi-da, yana sekin-sekin uzokdashib ketadi. «Yo‘q, Alijon akam emas, Idora tomonga o‘tib ketdi-ku».
U shiftta tikilib uzoq yotadi. Lekin endi motor ovozi kelmaydi. Itlar akillamaydi. Bedana ham sayramaydi. Qishloqni uyquning sukunat to‘lqinlari o‘z bag‘riga oladi.
Faqat qaerdadir — uzoqda alla eshitiladi. Qaysidir ona o‘z kichkintoyining boshida qo‘shiq aytyapti. Muyassar shirin jilmayib qo‘yadi. Mana, bir yildan keyinmi, ikki yildan keyinmi o‘zi ham ona bo‘ladi. O’shanda o‘zi ham shunaqa sokin kechalarga jon kiritib alla aytadi. Bir vaqtlar ayasi kenja ukasiga alla aytayotganida quloq solib o‘rganib olgan.
Uyqu uning ham kipriklarini aldab-aldab qovushtirib ketadi. Muyassar toliqqan oyoq-qo‘llarini yozgancha, dong qotib uxlab qoladi.
U tush ko‘radi. Tushida jajjigina qizaloq emish. O’rikning shoxiga arqon tashlab arg‘imchoq uchayotganmish. O’rik qiyg‘os gullaganmish. Arg‘imchoq har silkinganida uning boshidan bir dunyo gul sochilarmish. Arg‘imchoq borgan sayin qatiqroq lopillarmish. U borgan sayin balandga, osmon-falakka chiqib tusharmish. Yer ham, osmon ham, arg‘imchoqning arqoni ham — hammayoq gul emish. Oqish pushtigul emish. U xandon urib, qiyqirib-qiyqirib kularmish. Ko‘zlaridan yosh chiqib ketarmish...
U tush ko‘radi. Ammo oy fonusining piligini pasaytira boshlaydi.
Kunchiqar tomonda osmon sutday oqish rangga kiradi. Yangi kun boshlanadi.

Dehqonning bir tuni (hikoya). O'tkir Hoshimov

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89507415

Yandex