Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Oroz Haydar (1957-yili tugilgan)

25.06.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• It bilan yotgan burga bilan uyg'onadi.
Ispan maqoli
 
 

Oroz Haydar (1957-yili tugilgan) Chop etish uchun E-mailga yuborish
 O’roz Haydar 1957 yil 8 aprelda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Navro‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning geografiya fakultetini tugatgan (1980). «Quyosh o‘tovi» (1984), «Kuylovchi toshlar» (1990), «Musiqor», «Kizaloq va qizg‘aldoq» (1993), «Hazilkash qish» (1997), «Aksioma» (2003), «Oq soya» (2004), «Yaylovdagi oq o‘tov» (2005), «Ruhafzo» (2006) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Nasriy asarlari — «Xatarli xilvatgoh» (1996), «Yovuzlik sirtmog‘i» (1998), «En» (2004), «Talvasa» (2004). «Kechikmagan tazarru» (2003) dramasi ham bor.


AKSIOMA

Insho yozmoqdaman, ammo mavzu yo‘q,
Siyohdonda siyoh bormoqda qurib.
Tasavvur ko‘zida bir oltin baliq,
Iltijo qiladi unsiz qichqirib.

Tamaki ezganday ezib fikrimning
Kepagin elakda elayman raso.
Men dod solganimda, mazmunsizlikdan
So‘qirning qo‘lidan uchadi aso.

Mavzusiz kunlarning taqvimi uzra
Nishonni topolmay uchib yurar o‘q.
Men tanlagan narsaning har birida,
Garchand, mazmun boru, mavzu yo‘q.

* * *

Bugun bir g‘arib kun, yuragim bo‘m-bo‘sh,
Odam o‘z-o‘zini inkor etgan kun.
Chunki uyg‘oqmanu ko‘rmoqdaman tush,
Quyoshdan nur emas, taralar tutun.

Uchar gilamlarda boshsiz odamlar,
Oyog‘i osmonda xurrak otadi.
Daraxt qadamini o‘lchab, chamalab,
Uning o‘sishini Yer kuzatadi.

Kim u cho‘qqiga tosh yumalatayotgan,
Nahot, Sizif bo‘lsa, tirikmi hamon.
Umi mavjudligin isbotlayotgan,
Uch ming yildan beri ovora, sarson.

Mana ochlikdan-da qurib va qaqshab,
Qimir etmas tog‘lar - dinozavrlar.
Yo‘llar esa borar sudralib, oqsab,
Evrilar girdida yillar, davrlar.

O’ngingda tush ko‘rmoq - oftobda to‘nish,
Shishadek to‘kilar qadimiy sukun.
Bugun shunday kundir - g‘arib va bo‘m-bo‘sh,
Uzr deyishga or qiladigan kun.

OHANG

Qo‘limda miltiq yo‘q, lek ovchidirman,
Na-da to‘r, na tuzoq qo‘yganman qushga.
Meni alday boshlar jilvagar ohang,
Sal diqqat qilsangiz o‘xshar olqishga.

Har qanday ohangda afsun bor, rabbiy,
Ilon afsunidan dahshatli afsun.
Fikrni bo‘g‘ajak har qandayin kuy,
Beo‘t kuydirajak shuur oynasin.

Har qanday ohangda mustabidlik bor,
Riyo kapalaga o‘ynaydi quvnoq.
Men ohang ovlayman tunu kun bedor,
Yo‘lda uchratsammi, o‘ldirgum shu choq.

EY GUL

Ey gul, ko‘ngil suviga aylan,
Ey gul, cho‘mil otashkadada.
Sabrim tufroq etdi bul gulshan,
Qanoatda ekdim bir sada.

Jon jilvasi husning durida,
Kamalakni bichguvchi me’mor.
Menmi, kechir, mehring nurida
Yuragini sug‘urgan bemor.

Falak meni tush ko‘rdi bugun,
Yuz ming Horut afsuni so‘ndi.
Dunyo - qattiq tugulgan tugun,
Yecholmayin tishlarim sindi.

Ey gul, vujud husningdek toza,
Ey gul, so‘rovingdan ogohman.
Falak sendan olur andoza,
Garchi taxtim yo‘g‘-u podshohman.

* * *

Mening mazhabim ne, taxtim ne ma’vo,
Ka’bam qayondadir, manzilim qayon.
Jamshid jomi singan, olam benavo,
Muridlik kulohin kiymish pir shoyon.

Garchi ko‘zim ochiq, zulmatda dunyo,
Sham yo‘q, parvonalar nechun parvona.
Ma’shukda husn yo‘q, oshiqtsa hayo,
Mayxo‘rlar may so‘rab, g‘amdin mastona.

Bunchalar badbo‘ydir tongning nafasi,
Qoraygan daraxtlar - ajalning tug‘i.
Tog‘lar ko‘z-ko‘z kilur moviy qafasin,
Falak qamaldadir, chil-chil oy tig‘i.

Ko‘kdan mujda kutar zavqsiz ul solik,
Xizr umri kamdir kutmakka, afsus.
G’am kulbasin buzib dod solmish xoliq: -
«Olam charxi tingan, bu ne tanaffus?»

Kutganim kelmaydir, kutganim nadir,
Karvon qayon ketgan - bilmaydir sarbon.
Yashamak aslida folga o‘xshaydir,
Gar bunda tom yo‘g-u, qo‘yilgan narvon.

* * *

Muhabbat yo hayot, yo mamot azal,
Ishqning zanjiriga boglangan itman.
Ko‘zgusiz ko‘ryapman o‘zimni mahtal,
Garchi mavhummanu, ammo mavjudman.

Muhabbat, muhabbat bormisan, illoh,
Sirlilik ganjidan tug‘ilgan, ey ranj!
Izzattalabligim yengdi-ku, evoh,
Yanchilmasdan qolgan so‘ngi donim yanch!

Ishqning uzugini suvga otar oy,
Baliqlar yeb qo‘ydi omonatimni.
Tubanda bo‘fiqar qop-qora chiroy,
Ko‘zlari so‘qirdir saodatimni.
Kimlarning qo‘linda men qurgan saroy,
Itlarga talatmish muhabbatimni.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 79906362

Yandex