Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Hazil soroqlar va soz oyini

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammadning (alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Hazrati Muhammad so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi”.
Gyote, nemis shoiri
 
 

Hazil soroqlar va soz oyini Chop etish uchun E-mailga yuborish
Nima hamma tilda ham gapiradi?
(Aks-sado)

Nimaning besh barmog‘i boru
Lekin birorta ham tirnog‘i yo‘q?
(Qo‘lqop)

Nimaga odam orqaga o‘girilib qaraydi?
(Orqasida ko‘zi yo‘q)

Odamzodda nima ko‘p?
(Umid, reja)

Odamda nima bo‘lmasa, nimali bo‘lmasa,
Nima qilmasa yashay olmaydi?
(Hunari, ilmi bo‘lmasa, mehnat qilmasa)

Dunyoda nima chaqqon?
(Fikr)

Dunyoda nima yugurik?
(O’y)

Dunyoda nima qimmat?
(To‘g‘rilik, rostlik)

Dunyoda nima ko‘rinmaydi?
(Sevgi)

Qilichdan o‘tkir nima?
(Ko‘z)

Yuqoridan pastga qarab o‘sadigan narsa nima?
(Sariq sumalak)

Tipratikan qishda nima qiladi?
(Uxlaydi)

Yumuq ko‘z bilan nimani ko‘rish mumkin?
(Tush)

Ko‘prik ustida ketayotgan odam oyog‘ining tagida nima bor?
(Oyoq kiyimining charmi)

Dunyoda bir narsa borki, u bo‘lmasa hech kim bir-birini tanimaydi, u nima?
(Ism)

Yuki bo‘lsa yuradi, yuksiz to‘xtaydi.
Nima ekan u?
(Osma soat)

Har kim to‘yar, kim to‘ymas?
(Baxil, hasadchi)

Qaysi joyda daryolar suvsiz,
Shaharlar uysiz bo‘ladi?
(Xaritada)

Qaysi hayvon butun qish bo‘yi boshini pastga qilib uxlaydi?
(Ko‘rshapalak)

Qaysi joyda osmon pastda bo‘ladi?
(Suvda)

Qaysi so‘roqqa hech qachon «ha» deb to‘g‘ri javob berish mumkin emas?
(«Uxlayapsanmi?»— degan so‘roqqa)

Qaysi vaqtda soatga qarash mumkin emas.
(Uxlaganda)

Kecha «ertaga», ertaga «kecha» bo‘ladigan kun qaysi?
(Bugun)

Hayvonlardan birining nomini ikki tomondan o‘qilsa ham o‘zgarmaydi. Bu qaysi hayvon?
(Kiyik)

Sovuqda bir xil kiyingan kishi va bola turibdi, bularning qaysi biri tezroq sovuq yeydi?
(Ikkovi ham)

Qanday idishni sira to‘ldirib bo‘lmaydi?
(Teshik idishni)

Dengiz ostida qanday tosh bo‘lmaydi?
(Quruq tosh)

Qanday soat bir sutkada ikki marta vaqtni to‘g‘ri ko‘rsatadi?
(To‘xtagan soat)

Topishmoq so‘zini qanday o‘qish mumkin?
(Chapdan o‘ngga)

Uch og‘ayni qanday otni oq dalada yeldiradi?
(Uch barmoqning qalam ushlab yozishi)

Yomg‘ir yog‘ib turganda, qarg‘a qanday daraxtga qo‘nadi?
(Ho‘l daraxtga ko‘nadi)

Tushimda yovvoyi hayvonlar meni taladi, ulardan qanday qilib qutulish mumkin?
(Uyg‘onib)

Uchta traktorchining Ahmad ismli akasi bor. Lekin Ahmad akaning ukalari yo‘q. Bu qanday bo‘ladi?
(Traktorchilar — ayollar, Ahmad akaning singillari)

Qora mushuk qay vaqt uyga osongina kira oladi?    
(Eshik ochiq bo‘lsa)

Suv qaerda ustundek turadi?
(Quduqda)

Qachon uchni ko‘rib o‘n besh deymiz?
(Kunduz soat 3 da)

Og‘zida tishi yo‘q odam tish og‘rig‘ini qachon biladi?
(It tishlaganda)

Bir joyda yonib turgan sakkiz lampochkadan uchtasi o‘chsa, nechta lampochka qoladi?
(Sakkizta lampochka qoladi, chunki uch lampochka singani yo‘q)

Nahorga nechta tuxum yeyish mumkin?
(Bitta, qolganlari nahor deb hisoblanmaydi)

Sizga tegishli bo‘lgan nimangizni sizdan ko‘ra boshqalar ko‘proq aytadi?
(Kishi nomi)

Olaqarg‘a o‘zini «Men qushman», deb ayta oladimi?
(Ayta olmaydi, chunki gapira olmaydi)

Otamning o‘g‘li, lekin mening akam ham emas, ukam ham emas.
Kim ekan u?
(Mening o‘zim)

Besh harfdan iborat bo‘lgan sichqon ushlaydigan qopqonni topa olasizmi?
(Mushuk)

Bir oilada cholu kampir yashaydi. Ularning ikki o‘g‘li bor. Har bir o‘g‘lining bittadan singlisi bor, Shu oilada nechta jon bor?
(Beshta: cholu kampir, ikki o‘g‘il, bir qiz)

Uyning har burchagida bittadan mushuk o‘ltiribdi. Har bir mushukning ro‘parasida bittadan mushuk o‘ltiribdi.
Hammasi qancha mushuk?
(To‘rt mushuk)

Bir kishi o‘zining o‘rtoqlariga bir bolaning suratini ko‘rsatib shunday debdi:—Mening er ham qiz tug‘ishganlarim yo‘qdir. Lekin bu bolaning otasi mening otamning bolasidir.
(O’zining surati)

Kunlardan bir kun chol o‘g‘liga o‘ttiz tiyin berib shunday debdi:
— O’g‘lim, shu pulga narsa olib kelginki, biz ham, tovug‘imiz ham, qo‘zimiz ham to‘yadigan bo‘lsin.
Aytinglar-chi, bola nima olib kelishi kerak?
(Qovun)

Anhor bo‘yida uch qarag‘ay o‘sadi. Ularning har birida uchtadan yo‘g‘on shoxi bor, har bir yo‘g‘on shoxida beshtadan novda bor. Har bir novdada yetti donadan olma bo‘lsa, hammasi bo‘lib nechta dona olma bor?
(Bitta ham olma yo‘q, qarag‘ayda olma bo‘lmaydi)
 
« Oldingi

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89329655

Yandex