Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“Alloh taoloning birligi va borligini Muso (alayhissalom) millatiga, Iso (alayhissalom) ummatiga, Muhammad (alayhissalom) butun insoniyatga bildirdi”.
Napoleon, Fransiya imperatori
 
 

Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar Chop etish uchun E-mailga yuborish
Otdim, osmonga chiqdi.
(Do‘ppi)

Bosh ustida chambarak,
Chambarakda kapalak.
(Do‘ppi)

O’zi bitta,
Tuxumi to‘rtta,
Bolasi o‘n oltita.
(Do‘ppi)

Boshingdagi boshpana,
Qish-qirovda gulxona.
(Telpak)

Kunduzi himoya qiladi,
Kechasi qoziqda turadi.
(Kiyim)

Qora botir qaltiroq,
Sag‘irlari yaltiroq.
(Qora atlas)

Top, topishmoq,
Tanga yopishmoq.
(Ko‘ylak)

Erta turdi,
Ikki ayri yo‘lga tushdi.
(Shim)

Mushtum yerga tushdi.
(Cho‘ntak)

Ho‘kizni mindim,
Qo‘yni ko‘tardim,
G’ovachaga gizlandim.
(Etik, telpak, ko‘ylak)

Bir tug‘ishgan ikki do‘st,
Bo‘ylari tizdan.
Qolmaydi bizdan,
Saqlaydi qor, muzdan.
(Etik)

Kechasi arvayadi,
Kunduzi semiradi.
(Mahsi)

Kunduzi haq-haq yuradi,
Kechasi ogzini ochib yotadi.
(Kovush)

Ketaveradi, ketaveradi,
Borgan joyida og‘zi ochilib qoladi.
(Kovush)

Eshikka chiqsam, mening bilan yuradi,
O’yga kirsam, adanda menga qarab turadi.
(Kovush)

Besh og‘ayni, qo‘rasi bor,
Xonasi boshqa.
(Qo‘lqop)

Keragida osuvli,
Aqlliga biluvchi.
(Sochiq)

Chakka tomadi,
Yerga tushmaydi.
(Zirak-sirg‘a)

Jar labiga yontoq ilindi.
(Zirak-sirg‘a)

Jar bo‘yida jalbiroq.
(Zirak-sirg‘a)

Mush-mush, mushukkina,
Qo‘lida ushuqqina.
(Uzuk)

Besh qo‘limda besh puta.
(Uzuk)

Buxorodan kelgan mundi,
Besh og‘ochga mindi.
(Angishvona)

Bir boyning o‘n qo‘yi bor,
Biri bog‘liq, to‘qqizi yeshiq.
(Uzuk)

Xonning belbog‘i beliga yetmas.
(Bilak uzuk)

Buxorodan kelgan minor,
Kelib, kelib, o‘n qo‘lga qo‘nar.
(Xina)

 Qizil tuya chel yoqalab yuradi.
(Jiyak)

Ko‘kkina qo‘zim,
Qurt-qurt kavshaydi.
(Qaychi)

Ana yerda birov o‘layotibdi,
Og‘ziga qo‘lim tiqsam kulayotibdi.
(Qaychi)

Ikki podsho qon chiqarmay urishadi.
(Qaychi)

Ikki botir qilichlashar.
(Qaychi)

Ikki bo‘ri tog‘da o‘ynar, chang chiqarmay,
Ikkisi ham bir bosh yeydi, qon chiqarmay.
(Qaychi)

Fotima-Zuhra urishadi,
Merosini bo‘lishadi.
(Qaychi)

Bir o‘ra,
Bir o‘ra ichida ming o‘ra.
(Angishvona)

O’zi bitta,
Ko‘zi mingta.
(Angishvona)

Bozordagi mo‘ndi,
Kelib qo‘limga qo‘ndi.
(Angishvona)

Yalang‘och qochadi,
Yorg‘oqli quvadi.
(Igna, angishvona)

Bir ko‘zli kampir,
Ko‘ylakka gul tikar.
(Igna)

Hammaga to‘n tikaman, o‘zpm yalang‘och.
(Igna)

Yilt etdi,
Qirdan oshdi.
(Igna)

Yantoq uchi yaltiroq.
(Igna)

O’zi bir qarich,
Quyrug‘i o‘n bir qarich.
(Igna, ip)

O’zi kichkina, ingichka, kokili uzun.
(Igna, ip)

O’zi kumush,
Dumi uzun.
(Igna, ip)

Kichkina xotin,
Chochvoni uzun.
(Igna, ip)

Mittigina kelinchak,
Mayin sochi uzunchoq.
(Igna, ip)

Buvimning lachagi uzundan-uzun.
(Igna, ip)

Ko‘kkina qo‘zim,
Quvan sudraydi.
(Igna, ip)

Ko‘kkina echki ipini sudrab suv ichadi.
(Igna, ip)

Oq eshakka oq tushov,
Ko‘k eshakka ko‘k tushov.
(Igna, ip)

Uzun ilkim bor,
Kalta qilkim bor,
Jingila bo‘rkim bor.
(Ip, igna, angishvona)

Iyna,
Iynaning boshi tuyna.
(To‘g‘nag‘ich)

O’t yemaydi bedanam,
Suv ichmaydi bedanam,
Tilla to‘qim ustida,
Yo‘rg‘alaydi bedanam.
(Tikish mashinasi)

Tegi ko‘mirchi,
Usti temirchi.
(Tikish mashinasi)
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89330050

Yandex