Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Mehnat, ish qurollari haqida topishmoqlar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Muqarrar mag‘lubiyatdan chekinish qo‘rqoqlik emas.
• Yaxshi so‘z tog‘ni ham joyidan jildiradi.
• Mevadek shirin bo‘lma, kim oldingdan o‘tsa, yeb ketadi.
• Go‘zallik ― kechgacha, ezgulik ― o‘limgacha.
• Ikkita xotini borga it kerak emas.
Chechen-ingush maqollari
 
 

Mehnat, ish qurollari haqida topishmoqlar Chop etish uchun E-mailga yuborish
To‘rda turgan to‘rt yigit,
To‘rtovi ham mard yigit.
(Cho‘p savag‘ich)

Bizning uyda to‘rt kampir,
To‘rtovi ham mard kampir.
(Savag‘ich)

Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.
(Cho‘p savagich)

Biznikida bitta kishi,
Og‘zida qirqta tishi.
(Jun tarog‘i)

Oqqina kuchuk xov-xov etdi,
Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.
(Urchuq)

Guv-guv etadi,
Marg‘ilon ketadi.
(Urchuq)

Charchamas kampir ko‘rdim, yolg‘iz oyoq,
Og‘ziga tashlab olgan cho‘pdan tayoq.
Yurgan sari belbog‘ini qavatlaydi,
Beribdi unga go‘zallikni ayamayoq,
(Urchuq)

G’uv-g‘uv etar,
Qorni to‘ysa yumalab ketar.
(Urchuq)

Sariboy akam saqtali,
Ikki oti no‘xtali.
(Charx)

Bir yog‘iga qor yog‘adi,
Bir yog‘iga do‘l yog‘adi.
(Halloji)

Ikki qo‘chqor urishar,
Qumalogi tushar.
(Halloji)

U yoqqa o‘tadi qizgina,
Bu yoqqa o‘tadi qizgina,
Qulogiga halqa taqib,
Shildirab o‘tadi qizgina.
(Moki)

G’oz qaqillab o‘tar,
Qanoti sharqillab o‘tar.
(Moki)

Urdim, gup etdi,
Yer tagiga kirib ketdi.
(Ketmon)

Sen urmasang, u urmas.
(Ketmon)

Yugurib, chaqqon o‘tadi,
Tagidagin o‘ldirib ketadi.
(Ketmon)

Uzi jonsiz,
Ishga polvon.
(Ketmon)

Metalim matti,
Qulog‘i qatti.
Qulog‘iga qattiq tepdim,
Yalpayib yotdi.
(Bel)

Tushgan yerini kesar.
(Tesha)

G’it-g‘it deydi, ishlaydi,
Yerga kukun tashlaydi.
(Arra)

Qora tuya qaltiraydi,
Qobirg‘asi yaltiraydi.
(Arra)

Og‘zi yo‘q,
Tishi ko‘p.
(Arra)

Tushgan yerini uzar.
(Ombur)

Kelib og‘zini ochar,
Tishlab olib qochar.
(Ombur)

Boradir, boradir,
Oyog‘ini ko‘tarib yotadir.
(Zambil)

Oqqina tovuq somon sochar.
(Panshaxa)

Yer tagida oy yurar.
(Omoch)

Yer ostida boy boradi.
Qulog‘ida loy boradi.
(Omoch)

Yer tagida quyruq boradi.
(Omoch)

Ketaveradi, ketaveradi,
Tog‘day joyni buzib keladi.
(Omoch)

O’zi yerning tagida,
Kuchi yerning ustida.
O’ttiz ikki og‘ayni,
Bir-birining ustida.
(Chig‘iriq)

Yigirma besh og‘ayni,
Bir-birining izida.
(Chig‘iriq)

Egiladi, bukiladi,
Mevalari to‘kiladi.
(Chig‘iriq)

Yozda yurar,
Qishda yotar.
(Chig‘iriq)

Mening kuchugim hovullaydi,
Qorni to‘q bo‘lsa aylanadi.
(Chig‘iriq)

Bir qushim bor ajoyib,
Don cho‘qiydi yeyolmaydi,
Qanot qoqadi, ucholmaydi.
(Juvoz)

Qorong‘i tomning ichida
Polvon akam ikki oyoq bilan tepadi.
(Juvoz)

Qorong‘i saroyda buzoq shiqirlab og‘zidan ko‘pik sochadi.
(Tegirmon)

Yer ostida g‘olton guldiraydi.
(Tegirmon)

Qat-qat mening cho‘ntagim,
Qatlama mening cho‘ntagim,
Yetti yerdan to‘y qelsa,
To‘ymas mening cho‘ntagim.
(Tegirmon)

Ko‘p yeydi, tez yeydi,
Mayda chaynaydi.
O’zi yuta olmaydi,
O’zgalarni to‘ydiradi.
(Tegirmon)

U nimadir, quv yog‘ochdan og‘zi bor,
U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor,
U nimadir, yelkasida og‘zi bor,
U nimadir, suv ostida qimirlar.
(Tegirmon)

Tomda turib karnay chaldim,
Tovushi Qo‘qonga ketdi.
(Tegirmon duti)

Bir jumbog‘im bor boshdan,
Joni temir, toshdan.
Zuhra xola, yuguravering,
Usta tosh o‘ldi ochdan.
(Tegirmon)
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89329105

Yandex