Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Hayvonlar va qushlar haqida maqollar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Ko`pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan.
Shou
 
 

Hayvonlar va qushlar haqida maqollar Chop etish uchun E-mailga yuborish
Bedana tezotar bo'lsa,
O'z boshini o'zi yer.

Bedananing «vit» degani — qochgani.

Bo'ri bo'ronda quturar.

Bo'rining ozig'i — burnida.

Zag'izg'on sog'ligidan o'lmas, suqligidan o'lar.

Zag'izg'on chaqib to'q bo'lmas.

Zag'cha sigirdan qo'rqmas.

Itda jiyan yo'q,
Baqada — qayin.

Itdan suyak ortmas,
Mushukdan — bez.

Ot — yigitning yo'ldoshi.

Ot — yigitning qanoti.

Ot olsang, ho'kiz qorindan ol,
Ho'kiz olsang, ot qorindan ol.

Tishini ko'rguncha, ishini ko'r.

Toy otga yetkazar,
Ot — murodga.

Toy otga ergashar,
Qo'y — serkaga.

Toyni toy deb xo'rlama,
Erta-indin ot bo'lar.

Tog' bo'risiz bo'lmas,
To'qay arslonsiz bo'lmas.

Tog'iga qarab quloni,
Suviga qarab — iloni.

Tuya silkinsa, eshakka yuk chiqar.

Tuya to'pig'i ham to'piq,
Qo'y to'pig'i ham to'piq.

To'ng'izni botqoqda bos.

Chopqir ot — o'tkir pichoq.

Cho'pon bo'lsang, qo'yni boq,
Moyi toshsin choradan.

It boqqanda sirtlon boq,
Qo'y oldirmas qo'radan.

El tinsa ham, it tinmas.

El qo'nmay, it tinmas.

Etik kiysang, er bo'lasan,
Otga minsang, sher bo'lasan.

Etning yaxshisi — qazi,
Itning yaxshisi — tozi.

Echki bo'lsa, qo'yga yo'l ochilar.

Echki qo'y bo'lmas,
Eshak — toy.

Eshak minganning oyog'i tinmas.

Eshak urgan bilan ot bo'lmas.

Eshakka pashmakdan xashak yaxshi.

Yuvvosh it hurmay tishlar.

Yuvvosh otning tepkisi qattiq.

Yuvvosh tuya yumushga yaxshi.

Yaxshi ot yod qoldirar,
Yomon ot lat qoldirar.

Yaxshi ot jonga sherik,
Yomon ot — molga.

Yaxshi ot — ko'pniki.

Yaxshi ot oyog'idan ozar.

Yaxshi ot to'rvasini orttirar,
Yomon ot — qamchisini.

Qalmoqi ot qoqilmas,
Qoqilsa ham, yiqilmas.

Qarg'a keldi — qish keldi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89328695

Yandex