Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - To'y va motam haqida maqollar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o‘xshaydi.
• "Ertaga" hech qachon kelmaydi.
• Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do‘st yo‘q.
• Buyuklikdan telbalikkacha ― bir qadam.
• Eng yaxshi vinoda ham zahar bo‘ladi.
Ingliz maqollari
 
 

To'y va motam haqida maqollar Chop etish uchun E-mailga yuborish
Atala bo'lsa ham to'y bo'lsin.

Yomg'ir yog'sa, to'ning ho'l bo'lar,
Otang o'lsa, uying cho'l bo'lar.

Kafan kiygan ketar,
Kebanak kiygan kelar.

Kelinning keldisi yaxshi,
To'yning bo'ldisi yaxshi.

Ketgan kelar,
Ketmonlangan kelmas.

Mozorga tushgan tirik chiqmas.

Og'rigandan uzilgan yomon.

Siyrak elak kunda kerak,
Paxta elak to'yda kerak.

Tirikligida siylamasang, o'lganida yig'lama.

To'y ginasiz bo'lmas.

To'y siltovi bilan to'n bitar.

To'y — to'nliniki.

To'yga borsang, burun bor,
Burun borsang, o'rin bor.

To'yga borsang, to'yib bor,
Yomonliging qo'yib bor.

To'yga borsang, to'yib bor,
To'y to'ningni kiyib bor.

To'yga — qo'shiq,
Azaga — yig'i.

To'yganga — to'y, to'ymaganga — tomosha.

To'ylikning to'ycha tashvishi bor,
Uylikning uycha tashvishi bor.

To'yning bo'ldi-bo'ldisi qiziq.

Uyquning tinchi yaxshi,
O'limning — kechi.

Urishsiz uy yo'q,
Azobsiz — go'r.

O'zakli jonda o'lim bor.

O'lgan kelmas, o'chgan yonmas.

O'lganiga chidasang, qo'y qil,
Yeganiga chidasang, to'y qil.

O'lim borning molini sochar,
Yo'qning sirini ochar.

O'lim shoh-u gadoga barobar.

O'lim qosh bilan qovoqning orasida.

O'lim — haq, meros — halol.

O'limdan achchiq narsa yo'q,
Shodlikdan ortiq boylik yo'q.

O'limdan qochib bo'lmas.

O'lmak, o'lmakning ishi — ko'mmak.

O'lsang go'ring keng bo'lsin,
Tiriklikda — fe'ling.

O'tganni qaytarib bo'lmas,
O'lganni — turg'izib.

O'tgusiz daryo bo'lmas,
O'limsiz dunyo bo'lmas.

O'g'ilning to'yi — o'yin,
Qizning to'yi — qiyin.

Qazosi yetsa qozi o'lar.

Qari o'lsa — davlat,
Yosh o'lsa — qiyomat.

Qari qiz er tanlamas,
O'lgan odam yer tanlamas.

Qo'y semizi — qo'ychidan,
To'y tamizi — to'ychidan.

Har kim to'ygan to'yini maqtar.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89329606

Yandex