Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Reja va rejasizlik haqida maqollar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Erkak yoshini yashirib, ayol esa yashirmay qo'ygan paytda qarishni boshlaydi.
Peru maqoli
 
 

Reja va rejasizlik haqida maqollar Chop etish uchun E-mailga yuborish
Bekengash ishning pushaymoni ko'p.

Behuda urinsang, poyoni bo'lmas,
O'ylanib qilsang, ziyoni bo'lmas.

Bir kunlik yo'lga chiqsang,
Bir haftalik oziq ol.

Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.

Birovga maslahat qil,
O'z bilganingdan qolma.

Bozor borsang, avval oqshomdan taraddud ko'r

Bo'yga qarab to'n bich.

Yelga qarshi tupunna, o'zingga qaytar.

Yetti o'lchab, bir kes.

Yolg'on gap bo'lsa ham, nishonga tegsin.

Ish avvalini bir o'ylasang,
Oxirini besh o'yla.

Yo'l bilmagan manziliga yetolmas.

Keng bichilgan to'n to'zmas.

Kengash fikr —quyma fikr.

Kengash qilgan el ozmas.

Kecha yotib o'yla,
Erta turib so'yla.

Kun ishini tun o'yla.

Maslahat bilan otgan tosh uzoqqa borar.

Maslahatli osh totli bo'lar.

Maslahatli to'y buzilmas.

Maslahatli to'n tor kelmas.

Maslahatsiz ish — o'rinsiz tashvish.

Maslahatsiz turmush to'ydan keyin buzilar.

Maqsadli bo'lgan yo'l topar.

Mol topguncha, hisob top.

Ot minib yaqinni ko'zlaguncha,
Tuya minib uzoqni ko'zla.

Ot minsang, olisni ko'zla.

Otilgan ovni kuzatma,
Otiladigan ovni kuzat.

Puxtaning ishi besh,
Shoshmaning ishi bo'sh.

Rejali ish — tejamli ish.

Rejali ish buzilmas.

Rejali ish — hamisha besh.

Rejasiz daraxtzor — changalzor.

Rejasiz ish — qolipsiz g'isht.

Tuya mingan uzoqni ko'zlar,
Eshak mingan — yaqinni.

Uydagi narxni bozordagi baho buzar.

Uydagi hisob bozorga to'g'ri kelmas.

Uyning gapi ko'chaga to'g'ri kelmas.

Ulgusiz ish o'ng'almas.

Xon kiyimi ham o'lchab bichilar.

Ertaning rejasini bugun tuz.

O'ylab-o'ylab jo'yak olsang,
O'ynab-o'ynab sug'orasan.

O'ylab qilingan ish bitar,
O'ylamay qilingan ish yitar.

O'ylamagan o'kinar.

O'ylamay uchgan qo'narga tol topmas.

O'ylamay qilingan ish,
Boshga keltirar tashvish.

O'g'il ko'rsang, terak ek.

Qizni beshikka sol,
Sepini sandiqqa sol.

Qish g'amini yozda ye,
U yog'ini o'zing bilasan.

Qovun eksang polizga,
Joy qilib qo'y dahlizga.

Qolipsiz g'isht bitmas,
Rejasiz ish bitmas.

Qulochingga qarab, ketmon chop.

Quruq kuchdan kun o'tmas.

Qush qo'nmasdan ucholmas.

Qo'ling bilan qilar ishni boshing bilan o'yla.

Har bir ishning chamasi bor,
Har daryoning kemasi bor.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89328290

Yandex