Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Odob va odobsizlik haqida maqollar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi... Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.
Alisher Navoiy
 
 

Odob va odobsizlik haqida maqollar Chop etish uchun E-mailga yuborish
Avval salom, bad'az kalom.

Amri padar — arshdan a'lo.

Bir kattani bil,
Bir kichikni bil.

Bola — aziz, odobi undan aziz.

Bolaning erkasi — bitning sirkasi.

Bosh bo'lmagan uyda,
Otasi turib o'g'li so'zlar.

Yolg'iz bolaga indamasang, ko'payar.

Inson — odobi bilan,
Osmon — oftobi bilan.

Kattaga katta bo'l,
Kichikka — kichik.

Kattaga salom ber,
Kichikka — kalom.

Kattada izzat yo'q,
Kichikda xizmat yo'q.

Katta izzatda —
Kichik xizmatda.

Kattani katta desang, o'zidan ketar,
Kichikni katta desang, kattaga yetar.

Kattaning uyalgisi kelsa, kichikka tegar.

Kattaning hurmati — qarz,
Kichikka salom — farz.

Ko'p o'ynagan bola,
El ko'zida ola.

Odob bozorda sotilmas.

Odob — Irishining zeb-u ziynati.

Odob — oltindan qimmat.

Odob — peshada,
Gunoh — teshada.

Odobli bola elga manzur.

Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar.

Odobli o'g'il — ko'kdagi yulduz,
Odobli qiz — yoqadagi qunduz.

Odoblilik belgisi —
Eshilib salom bergani.

Yaqinlikning belgisi —
Kelib-ketib turgani.

Odobni beodobdan o'rgan.

Odobning — boshi til.

Odobsiz betga chopar.

Oltin olmay, odob ol,
Odob oltin emasmi.

Onangga boshingni xam qil,
Otangga gapingni kam qil.

Onasi maqtagan qizni olma,
Yangasi maqtagan qizdan qolma.

Ota bo'hsh oson, odob berish qiyin.

Ota oldida kek urma,
Odobingga chek urma.

Ota oldidan o'tma,
Odob oldidan ketma.

Otang bolasi bo'lma,
Odam bolasi bo'l.

Otang ta'zirini olmay desang,
Odam ta'sirini ol.

Otasi tentakning biri — tentak,
Onasi tentakning bari — tentak.

Osh kattadan, suv kichikdan.

Osh kelsa, yegin,
So'z kelsa, degin.

Og'ani ko'rib ini o'sar,
Opani ko'rib — singil.

Payg'ambar qizi bo'lma,
Otang qizi bo'l.

Rahm yema yetimga,
Yetim urar betingga.

Sadaqasiga qarab — savobi,
So'ziga qarab — javobi.

Salom — kattadan,
Alif — nuqtadan.

Salom ham — farz,
Alik ham — farz.

Suvga tupurgan — koski,
Quduqqa tupurgan — kofir.

So'z kishining — o'zagi,
Odob kishining — bezagi.

Tegirmonni suv buzar,
Odamni odam buzar.

Tek turganga shayton tayoq tutqazar.

Turqi buzuqdan xulqi buzuq yomon.

Urug'ingga so'z aytsang,
Orasini uzib ayt.

Otang ishga buyursa,
Namozingni buzib ayt.

Usta borida qo'lingni tiy,
Ustod borida — tllingni.

Usta bo'lsang, ustozingni unutma.

Ustozingga tik qarasang, to'zasan,
Hurmat qilsang, asta-asta o'zasan.

Chakki yursang, dakki yersan.

Cho'ponni tayog'idan bil,
Kelinni — oyog'idan.

Shalp yursang, shapaki yersan.

Shamolimni so'kma,
Tuzimni yerga to'kma.

Shapaloq bilan yuz qizarar.

Eshik ochiq bo'lsa ham, so'rab kir.

Yaxshi bola yog' keltirar.
Yomon bola dog' keltirar.

Yaxshi bola nom keltirar,
Yomon bola g'am keltirar.

Yaxshi bola — otaga quvvat,
Yomon bola — uqubat.

Yaxshi bola — suyuk,
Yomon bola — kuyuk.

Yaxshi bola — to'rga tortar,
Yomon bola — go'rga.

Yaxshi bola shon keltirar,
Yomon bola qon keltirar.

Yaxshi boladan rahmat,
Yomon boladan — la'nat.

Yaxshi xulq — kishining husni.

Yaxshi yaroqsiz bo'lar,
Yomon — quloqsiz.

Yaxshi qiz erta turib, soch tarar,
Yomon qiz erta turib, non so'rar.

O'ynoqi qo'zi oyna sindirar.

O'ynoqi buzoq o't bosar.

O'rinsiz qiliqdan o'rinli yumruq yaxshi.

O'g'ilga o'g'il bo'lmasang,
Uviq tegar boshingga.

Kelinga kelin bo'lmasang.

Kelisop tegar boshingga.

O'g'irlik osh badanga yuqmas,
Yomon bola ota-onaga boqmas.

Qaynanalik kelin — qarqara kelin,
Qaynanasiz kelin — masxara kelin.

Qiz bola uyda yaxshi,
Er bola elda yaxshi.

Qizim uyda, qilig'i tuzda.

Qizni erkalatsang, erningga tepar,
O'g'ilni erkalatsang, burningga tepar.

Qizning erkasi — echkining serkasi.

Qizining qilig'i ko'chada bilinar.

Qobil farzand — jonga payvand.

Qobil o'g'il otga mindirar,
Noqobil — otdan tushirar.

Qobil o'g'il rohat keltirar,
Noqobil o'g'il — mehnat.

Qovun qovundan rang olar.

Qo'yni — serka,
O'yinni erka boshlar.

Hay-hay sening yurishing,
Bordir sening bir ishing.

Husn xulqi bilan chiroyli.

Husn husn emas, odob husn.

Ho'l yog'ochni egmagin,
Tegmaganga tegmagin.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89329088

Yandex