Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Makiavelli

15.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Ishyoqmas poliz qo‘riqchisidan ham yomon, poliz qo‘riqchisi hech bo‘lmasa qo‘rqitadi.
• Topilmagan go‘shtdan bo‘rining tishi qamashadi.
• Eshakdan yiqilgan bolani arg‘umoqqa mindirma.
• Tuxum tovuqqa aql o‘rgatarkan.
• Eskini maqtab, yangini ol.
Abazin xalq maqollari
 
 

Makiavelli Chop etish uchun E-mailga yuborish
NIKKOLO DI BERNARDO MAKIAVELLI
(1469-1527)

Italiyalik faylasuf Makiavelli Florentsiyadagi aslzoda, ammo uncha boy bo‘lmagan oilada o‘sdi. Uning tarjimai holida ko‘pgina noaniqliklar mavjud.
Makiavelli 1498 yildan davlat xizmatchisi bo‘lib ishlay boshladi. Makiavelli garchi yuqori mansablarda ishlamasa-da, katta siyosatning sir-asrorlarini yaxshi bilardi. 1512 yil hukumat tepasiga Medichi kelishi bilan Makiavelli Florentsiyadan quvib chiqarildi. U keyinchalik hibsga olinib, qiynoqqa solingani haqida ham ma’lumotlar bor.
Makiavelli ham barcha kashfiyotchi ijodkorlar kabi ta’qib va tazyiqlarga duchor bo‘lgan. Jan Boden va Tommazo Kampanella birinchi bo‘lib Makiavelli qarashlarini qoralashgan.
Makiavelli an’anaviy ravishda siyosat olamining faylasufi hisoblanib kelgan.
Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Hukmdor» (1513), «Tit Liviyning birinchi 10 ta kitobiga doir mulohazalar» (1516-1517), «Mandragora» (1518), «Harbiy san’at to‘g‘risida» (1519-1520), «Andriya» (1519), «Katruchcho Kastrakani hayoti» (1520), «Florentsiya tarixi», «Til haqida so‘zlashuv».
Bularning orasida eng mashhuri «Hukmdor» asaridir. 1559 yilda Makiavellining hamma asarlari ilk «Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati»ga kiritilgan.

* * *
Maqsad vositani oqlaydi.

* * *
Faqirligim — halolligim va sodiqligim isboti.

* * *
Har qanday vaziyatda ham marhamatli bo‘lishni istovchi odamga ko‘plab marhamatsiz kishilar orasida halok bo‘lishdan o‘zga yo‘l qolmaydi.

* * *
Hokimiyatni saqlab qolishni istovchi odam zolimlikka tayanishi kerak.

* * *
Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga erishilgan-erishilmaganiga ko‘ra baholaydilar.

* * *
Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan kimsaning hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz o‘girgan odam baxtsizlikka mahkum.

* * *
Xushomadni yo‘qotishga uringan hukmdor o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otib qo‘yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi: tabiblar deydilarki, sil kasalligini boshlang‘ich davrda aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar xastalik o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, aksincha, uni aniqlash oson-u, davolash mushkul. Davlat ishlarida ham shunday: endigina paydo bo‘layotgan illat o‘z vaqtida aniqlansa, uni yo‘qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukmdorlargina qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol ko‘rinadigan darajada avj olgan bo‘lsa, hech qanday dori-darmon kor qilmaydi.

* * *
Mamlakat ichidagi favqulodda farmonlar ham hukmdorlarga ulug‘vorlik bag‘ishlaydi... Boshqacharoq aytganda, fuqarolardan biri diqqatga loyiq ishga qo‘l urganda hukmdor uni imkon qadar uzoqroq yodda saqlanib qoladigan tarzda taqdirlashi yoki jazolashi foydalidir. Hukmdor uchun eng asosiysi barcha amallari bilan yuksak aql-idrokka ega bo‘lgan buyuk inson shuhratiga erishishga intilishdir.

* * *
Insonning izlagani va topgani o‘rtasidagi doimiy nomuvofiqlikdan kim bexabar?

* * *
Faqat to‘g‘ri qaror qabul qilishga umid bog‘lash yaramaydi. Har qanday qarorning shubhali ekaniga tan berish kerak. Chunki odatda bir ko‘ngilsizlikka chap berib, ikkinchisiga ro‘para bo‘lamiz. Ammo barcha ko‘ngilsizliklarni taroziga solib, eng oz darajadagisini ezgulik deb qadrlash aqllilikdir.

* * *
Yaxshilik ham xuddi yomonlik kabi nafrat uyg‘otishi mumkin.

* * *
Garchi yangi tartiblar odamlar ongini o‘zgartirsa-da, eskisini imkon qadar ko‘proq saqlab qolish kerak.

* * *
Hech bir ish yo‘qki, uning amalga oshishi eski tartiblarni yangilari bilan almashtirishga nisbatan og‘irroq, kechishi xavfliroq, muvaffaqiyati shubhaliroq bo‘lsin. Yangi tartiblarni joriy etishni boshlagan har bir odamni eski tartib tarafdorlarining adovati, yangilaridan manfaatdorlarning beparvoligi kutadi. Beparvolikni qisman qonun himoyasidagi raqibdan cho‘chish, qisman amaliyotda ijobiy baho olmaguncha yangilikka ishonmaydigan odamlarning ishonchsizligi bilan izohlash mumkin. Eskilik tarafdorlari imkoniyat tug‘ilishi hamonoq shiddat bilan xuruj qilganda, yangilik tarafdorlari sustkashlik bilan mudofaaga o‘tadilar.

* * *
Faqat o‘zingga va jasoratingga asoslangan himoyadan yaxshirog‘i, ishonchlirog‘i, pishiqrog‘i yo‘q.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89506303

Yandex