Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Diogen

12.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Fursati kelmaguncha iste'dodlar oz ishga yaraydi.
• Har aqlsizga hayron bo'lish bilan boshqa bir aqlsiz maydonga chiqadi.
Fransuz maqollari
 
 

Diogen Chop etish uchun E-mailga yuborish
DIOHEN (DIOGEN)
(Miloddan avvalgi 400-323 yillar)

Yunon faylasufi sinoplik Diohen kiniklar maktabi asoschisi Antisfenning shogirdi edi. Antisfenning o‘limidan so‘ng Diohen Korinfga ko‘chib o‘tadi. Chunki Sinopda Diohen o‘zi bilan muloqot qilgulik biror odam topolmay qolgandi. U Korinfda o‘ziga boshpana sotib olmaydi. Mehmondo‘st tanishlarinikiga ham bormay, ochiq osmon ostida yashay boshlaydi. Anchayin darz ketgan sopol xum unga boshpana vazifasini o‘tadi.
Diohen hammaga zaharxandalik va nafrat bilan munosabatda bo‘lgan.
Uning «Sevgi haqida», «Davlat» («Politiya»), «Edip», «Fiest» (fojia) nomli asarlari ma’lumdir. Diohen pishirilmagan sakkizoyoqni yeb, vabo kasali bilan og‘rib qolgan va vafot etgan. Ba’zi manbalarda yozilishicha, u nafas qisilishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Iskandar Zulqarnayn 70 yoshli Diohen bilan Korinfda, shahar chetidagi sarv daraxtlaridan iborat Kraneon o‘rmonida uchrashib qolib, hamsuhbat bo‘lgan. U o‘zini faylasufga buyuk shoh Iskandar deb tanitganda, Diohen tap tortmasdan: «Men esa ko‘ppak Diohenman», — degan ekan.

* * *
«Men muttaham bo‘lmagan odamni izlayapman». (Bir kuni Diohenni kunduz kuni qo‘lida yonib turgan fonus ko‘tarib olib, nimanidir izlayotgan holda ko‘radilar. Odamlar undan nima qilayotganini so‘raganlarida, yuqoridagicha javob qaytargan ekan).

* * *
Iskandar Zulqarnayn Diohen haqida shunday degan: «Shoh bo‘lmaganimda, Diohenning o‘rnida bo‘lishni istardim».

* * *
Anton Pavlovich Chexov Diohen haqida: «Erkin va chuqur fikrlash orqali hayotni anglashga intilish va olamdagi ahmoqona yugur-yugurlardan nafratlanish — bular inson zoti hech qachon tushunib yetolmagan ikki ezgulikdir. Siz uch qavatli temir qafas ichida yotgan chog‘ingizda ham ularning har ikkisiga egalik qila olasiz. Diohen sopol xumda yashasa-da, olamdagi barcha sultonlardan ko‘ra baxtliroq edi».

* * *
Vatandoshlari Diohenga atab ko‘plab misdan ishlangan yodgorliklar bunyod etdilar. Faylasuf tug‘ilib o‘sgan shahar — Sinopda tiklangan ana shunday yodgorliklardan birida quyidagi mazmundagi yozuvlarni o‘qishingiz mumkin: «Diohen! Yillar to‘foni tosh va bronzalarni ham yemirib tashlaydi. Ammo sening ta’limoting mangu qolajak. Sen bizni qanoat qilishga o‘rgatding hamda baxtga eltuvchi yo‘lni ko‘rsatding».

* * *
Diohen o‘z vatanidan quvilgach, Afinaga yo‘l oladi. Bu shaharda u Suqrotning shogirdlari — Aflotun, Aristipp, Esxin, Antisfen va Evklid Megarayanin bilan uchrashadi. Ko‘p o‘tmay Antisfendan boshqa hammasidan ko‘ngli soviydi. Diohen Antisfen bilan jon-dildan suhbatlashar, uning o‘zini emas, ta’limotini maqtar, haqiqatni ochib beruvchi fikrlargina insonlarga foyda keltirishini doimo ta’kidlardi. Diohen Antisfenni yetarli darajada qattiqqo‘l emaslikda ayblab, uni kuchli shovqin ko‘tarib, o‘zini o‘zi eshitmaydigan jang karnayiga o‘xshatardi. Antisfen esa Diohenning fe’l-atvoridan zavqlangancha, sabr-toqat bilan uning tanbehlariga quloq tutardi.

* * *
Antisfen meni ozod qilgan kundan boshlab men qullikdan qutuldim.
Bu qanday ro‘y berdi? Antisfen menga o‘zimga tegishli va begona narsalarni ajrata bilishni o‘rgatdi. Boylik, mol-davlat meniki emas; tug‘ishganlarim, qarindosh-urug‘larim, do‘st va qadrdonlarim, shon-shuhrat, shuningdek, do‘stlar bilan muloqot — barchasi menga begona.
«Xo‘sh, sen nimaga egalik qilishing mumkin? Shuni bilgilki, faqat tasavvurlaringgina o‘zingga tegishlidir, — degandi Antisfen. — Ular mutlaqo ozod va erkin. Hech kimga bo‘yin egmaydi. Hech kim ularga xalaqit berib, seni istagingdan o‘zgacha harakat qilishga majbur etolmaydi».

* * *
Aflotundan «Inson — patlardan xoli ikki oyoqli jonivordir», degan ta’rifni eshitgan Diohen xo‘rozning patini yulib tashlaydi-da, Akademiyaga keltiradi va shunday xitob qiladi: «Mana, Aflotunning odami!» (Shundan so‘ng odamning ta’riflariga «Enli tirnoqli jonivor», degan ibora ham qo‘shilgan ekan).

* * *
Sevgini ochlik yengadi, agar och qolishga kuchingiz yetmasa, sirtmoqni bo‘yningizga iling, tamom-vassalom.

* * *
Risoladagidek yashamoq uchun yo aqlga, yo sirtmoqqa ega bo‘lmoq lozim.

* * *
Diohen muhim narsalar haqida mulohaza yuritganda odamlar unga quloq solmay o‘tib ketaveradilar. Shunda u qushga o‘xshab chug‘urlay boshlaydi. Atrofida behisob odamlar to‘planadi. Shunda faylasuf to‘planganlarning bo‘lmag‘ur narsalar ketidan yugurib, muhim narsalar uchun esa hatto joylaridan jilmasliklarini aytib, izza qiladi.

* * *
Diohen bir xasisdan sadaqa so‘radi. Uning ikkilanib turganini ko‘rgan faylasuf dedi: «Muhtaram zot, men sendan non uchun sadaqa so‘rayapman, sag‘ana uchun emas!»

* * *
Diohendan falsafadan qanday naf ko‘rgani haqida so‘raganlarida, u quyidagicha javob berdi: «Hech bo‘lmaganda taqdirning har qanday burilishlariga tayyor turishni o‘rgandim!»

* * *
«Mening falsafa bilan ishim yo‘q», deguvchi kimsaga Diohen shunday degandi: «Yaxshi yashash haqida qayg‘urmas ekansan, yashashdan ne maqsad?»

* * *
Diohenni tilshunoslarning Odissey musibatini tadqiq etib, o‘zlarinikidan voqif emasliklari, musiqachilar asboblarining torlarini sozlab, o‘z axloqlarini tuzata olmasliklari, riyoziyotchilarning esa osmondagi Oy va Quyoshni kuzatib, oyoqlari ostida nima borligini ko‘rmasliklari hayratga solardi.

* * *
Bir bolaning hovuchlab suv ichayotganini ko‘rgan Diohen xaltasidan piyolasini oldi-da: «Bola oddiylik bobida mendan ham o‘zib ketdi», — deb tashlab yubordi.

* * *
Bir odam qog‘ozga yozilgan uzundan-uzoq ma’ruzasini o‘qib berardi. Qog‘oz o‘ramining oxiridagi yozuvsiz joyga ko‘zi tushgan Diohen xitob qildi: «Bardam bo‘linglar, birodarlar, sohil ko‘rinayapti!»

* * *
Qaysi vaqtda nonushta qilmoqlik lozimligi xususida savol bergan odamga Diohen shunday javob beradi: «Agar badavlat bo‘lsang, istagan vaqtingda, qashshoq bo‘lsang, qurbing yetgan vaqtda nonushta qilishing mumkin».

* * *
Kimdir Diohenning quvg‘in qilinganini yuziga solib kamsitganda, u shunday dedi: «Ey, badbaxt. Axir, ana shu quvg‘in tufayli men faylasuf bo‘loldim-ku!»

* * *
Diohen bir haykalning qarshisiga kelib tilana boshladi. Undan nega bunday qilayotganini so‘rashganda: «O’zimni rad javobiga ko‘niktirmoqchiman», — deb javob qildi.

* * *
Diohendan nima sababdan odamlar faqat qashshoqlarga xayr-ehson berishlari, faylasuflarga esa hadyani ravo ko‘rmasliklari haqida so‘rashdi. Faylasuf shunday javob berdi: «Chunki odamlar qachonlardir oqsoq yoki so‘qir bo‘lib qolishlarini, lekin hech qachon donishmandga aylanmasliklarini yaxshi bilishadi-da!»

* * *
Iskandar Zulqarnaynning otasi Makedoniya hukmdori Faylaqus (Filpp) Korinfga qarshi yurish boshlaganini va u yerda o‘ziga qarshi tayyorgarlik ketayotganini e’lon qildi. Shunda Diohen o‘zi yashaydigan xumni u yoqdan-bu yoqqa yumalata boshladi. «Nega bunday qilayapsan, Diohen?» deb so‘raganlarida: «Hozir hamma o‘ziga yarasha tashvish bilan yugurib yuribdi. Ana shunday bir paytda mening bekor o‘tirishim yaxshi emas. Xumni dumalatishimning boisi, bisotimda shundan boshqa narsam yo‘q!»

* * *
Bir «sakrovchi» Diohenga dedi: «Eh, esiz, shunday baquvvatligingga qaramay, Olimpiya bellashuvlarida qatnashmaysan-da. Agar qatnashganingda, albatta, birinchi o‘rinni olgan bo‘larding».
— Men Olimpiya bellashuvlaridan ham muhimroq musobaqalarda qatnashaman, — dedi faylasuf.
— Qanday musobaqa u? — tushunolmay so‘radi «sakrovchi».
Diohen ta’naomuz bosh chayqab dedi:
— Axir, yaxshi bilasiz-ku, men yomon xulqlar bilan bellashaman.

* * *
Diohenning shunday hikmatli rivoyati bor:
— Behisob boylik egasi bo‘lgan bir odam yer yuzidagi barcha davlatlardan mansabi, yoshi, jinsi, tili turlicha bo‘lgan mehmonlarni chorlab, katta ziyofat berdi. Bu saxiy zot mehmonlarning har birini o‘z didiga mos tansiq taomlar bilan siyladi. Mehmonlar rohatlanib ovqatlanib, uy sohibiga minnatdorchilik bildirishdi. Ammo mehmonlar orasidan bir odam oldiga qo‘yilganiga qanoat qilmay, qo‘shnilarining, ojiz hamda zaif kimsalarning, hatto go‘daklarning ovqatiga chang soldi. U burnidan chiqquncha og‘ziga ovqat tiqishtiraverdi...
Qissadan hissa shuki, behisob boyliklar egasi va muruvvatli odam — tabiatdir, ziyofatga kelgan mehmonlar — yer yuzidagi barcha xalqlar, ochko‘z odam esa o‘zidan ojizlarning barcha narsasini tortib olguvchi badavlat kimsalardir.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89433891

Yandex