Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Antisfen

12.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Bo‘sh idishning jarangi ko‘p, bo‘sh kallaning gapi ko‘p.
• Bilag‘on yarimta so‘zdan tushunadi, nodon bilmasa ham og‘iz ochaveradi.
• Ot qochsa ushlab kelish mumkin, aytilgan so‘zni qaytarib bo‘lmaydi.
• Mehnatda ayb yo‘q.
• Senga qanday ot olib kelishsa, o‘tir, faqat ehtiyot bo‘l, oyog‘ing yerga tegib qolmasin.
Oltoy xalq maqollari
 
 

Antisfen Chop etish uchun E-mailga yuborish
ANTISFEN
(Miloddan avvalgi 444-366 yillar)

Antisfen — miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashab o‘tgan yunon faylasufidir. U avvaliga faylasuf Xorgiyning shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik Suqrotdan ilm o‘rgangan. Antisfen chekka Pireya shahrida yashasada, har kuni 40 stadiya (1 stadiya — 184,75 gaz) yo‘l bosib, Suqrotning huzuriga qatnagan. Keyinchalik Antisfen kiniklar maktabiga asos solgan. Faylasuf Diohen Antisfenning eng iqtidorli shogirdlaridan edi. Antisfen o‘limga hukm etilgan ustozi Suqrot bilan qatl oldidan hamsuhbat bo‘lgan. Antisfen birinchilardan bo‘lib qullar va ozod qashshoqlarga xos buyumlar hamda liboslarni o‘ziga ravo ko‘rdi. Shu yo‘l bilan o‘zi asos solgan kinik maktabining boshqalardan ajralib turishini ta’minladi. Kiniklar egnilariga kalta jomakor kamzul kiyib, qo‘llarida gadoylarning to‘rvasi va darbadarlarning tayog‘ini ko‘tarib yurganlar. Ehtiyojlarni har tomonlama chegaralamoq Antisfen hayotining mazmuni sanalgan. U o‘zini «zotsiz ko‘ppak» deb atagan. 77 yoshida o‘pka siliga chalinib, vafot etgan.
Antisfenning quyidagi asarlari ma’lum: «Haqiqat», «Fikr va bilim haqida», «Savol va javob haqida», «Sevgi, nikoh va farzandlarning dunyoga kelishi haqida», «Gerakl».

* * *
Antisfendan eng zarur ilm qaysi ekanligi xususida so‘raganlarida: «Ilmlarning eng zaruri nokerak narsalarni unutish ilmidir», — deb javob bergandi.

* * *
Falsafa menga o‘z-o‘zim bilan suhbat qurishni o‘rgatdi, — deydi Antisfen.

* * *
Yaxshi va yomon odamlarni ajratish layoqatini boy bergan hukumat halokatga mahkumdir.
* * *
Adolatli zotlarni tug‘ishganingizdan ham a’lo ko‘ring, — degandi Antisfen.

* * *
Donishmandlik maqomiga erishganlar keraksiz buyum va fikrlarga chalg‘imasliklari uchun boshqa ilmlarga qiziqmasliklari joiz.

* * *
Antisfenning o‘z shogirdlariga o‘ta qattiqqo‘lligi sababini so‘rashganda, u shunday javob beradi: «Hakimlar ham bemorlarga qattiqqo‘ldirlar».

* * *
Bir odam Antisfenga dedi:
— Seni ko‘pchilik maqtayapti.
Antisfen undan ajablanib so‘radi;
— Nima, biror noma’qul ish qilib qo‘ydimmi?

* * *
O’zgalardan qo‘rquvchi kimsa, garchi o‘zi buni sezmasada, quldir.

* * *
Donishmand hech narsaga va hech kimga muhtoj bo‘lmaydi, chunki o‘zgalarga tegishli barcha narsalar unga ham tegishlidir.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89435198

Yandex