Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Otajon Hoshim (1905-1938)

22.10.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi.
• Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.
Xitoy maqollari
 
 

Otajon Hoshim (1905-1938) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/otajon_hoshim.jpgXX asr o‘zbek adabiyotshunosligiga asos solgan va tanqidchiligining atoqli namoyandalaridan biri bo‘lgan Otajon Hoshim (Hoshimov) 1905 yilda Toshkentda dehqon oilasida dunyoga kelgan. U dastlab eski maktab va madrasalarda, shuningdek, rus-tuzem maktabida ta’lim olgan. 1922—1924 yillarda Moskvada ishchilar fakultetida tahsil ko‘rgan. Qizil professorlar institutini tugatgach, O‘zbekiston Maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash rahbari, keyinroq esa O‘zbekiston Fanlar Qo‘mitasining raisi vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Shu davrda u Samarqand shahrida O‘zbekiston pedakademiyasini tashkil etib, sobiq SSSRdagi ko‘zga ko‘ringan yirik olimlarni ushbu oliy o‘quv yurti atrofida birlashtirgan. O‘zi esa 1929—1933 yillarda ilmiy salohiyatini chuqurlashtirish maqsadida Leningraddagi Sharqshunoslik instituti aspiranturasida o‘qigan. O. Hoshim aspiranturani tugatgach, 1934—1937 yillar davomida avval O‘zbekiston Fanlar Qo‘mitasi rahbari, so‘ng Til va adabiyot institutining direktori lavozimlarida xizmat etadi. Xuddi shu yillarda u yirik adabiyotshunos munaqqid sifatida ham shuhrat topadi.

Uning «O‘zbekistonda ilmiy ishlar», «A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» tarjimasi haqida», «Dialektika va dialektik usulda o‘ylash», «O‘zbek folklori haqida», «Adabiy meros», «O‘zbek tili va imlosi» (1929—1935 yillar) kabi maqolalari XX asr boshlarida tug‘ilayotgan va shakllana boshlagan o‘zbek gumanitar fanlariga hissa bo‘lib qo‘shildi. Ayni chog‘da u Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Ye. D. Polivanovlar safida turib, oliy o‘quv yurtlarining aspirantura kurslarida falsafa, siyosiy iqtisod va boshqa fanlardan ma’ruzalar ham o‘qidi.

U 1937 yil 2 avgustda qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabrida xalq dushmani sifatida otib tashlangan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 92061022

Yandex