OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/milorad_pavich.jpgSerb yozuvchisi Milorad Pavich dunyoning eng ko‘p o‘qilayotgan yozuvchilaridandir. Yozuvchining “Xazar lug‘ati” roman-lug‘ati unga mislsiz shon-shuhrat keltirdi. “Choy bilan chizilgan manzara”1988), “Shamolning ichki qiyofasi” 1991), “Konstantinopoldagi so‘nggi muhabbat”, “Bashorat qo‘llanmasi” (1994) romanlari adabiyot olamida ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Sirlilik, aniqlik va afsungarlik o‘rtasiga qurilgan ko‘prik, tubsizlik ustida qad rostlagan “aql va ruh binolari” o‘quvchini o‘ziga tortadi. Har bir predmet yoki voqelikni, umuman boshqa, teskari, ming-minglab bo‘laklarga bo‘lib ko‘rishga, his qilishga o‘rgatadi. Adibning nasriy asarlaridagi o‘lchamsizlik, tilining fantaziya va yumorga boyligi, qochirimli “o‘yinlar” tuyg‘ularingizga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi.
Milorad Pavich serb adabiyoti tarixi bo‘yicha mutaxassis. Bayron va Pushkin asarlarini serb tiliga tarjima qilgan. Parij, Vena, Frayburg, Regensburg, Belgrad kabi Yevropaning nufuzli universitetlarida dars bergan. Asarlari dunyoning 80 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.