Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Shukur Xolmirzayev. Kongil (hikoya)

13.11.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Ikki marta o‘ylab, bir marta so‘zla.
• Tuzdan ham sho‘r bo‘lma, asaldan ham shirin bo‘lma.
• Qush adashsa tuzoqqa tushadi, erkak adashsa erkini yo‘qotadi.
• O’ttiz ikki tish orasidan chiqqan so‘z o‘ttiz ikki quloqqa yetib boradi.
• Sovuq so‘z yurakka yetib bormasdan muzga aylanadi.
• Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik ― ayb.
Boshqird xalq maqollari
 
 

Shukur Xolmirzayev. Kongil (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
KO’NGIL

Qor tushishi bilan bizga jon kirardi. Tong bo‘zarganda qarabsizki, miltiq yelkada, hali iz tushmagan bog‘ ko‘chadan g‘izillab ketib boryapmiz toqqa qarab.
Goh o‘rtoqlar bilan chiqsak, goho... yakka o‘zim chiqardim. U yerda Nazrulla degan o‘rtog‘imning tomi — keksa tollarga ko‘milgan uylari bor. U yolg‘iz onasi bilan yashardi. Otasi urushda o‘lgan. Qiziq bola edi u. Kim, ovga yur desa, ergashib ketaverardi. Bu yokda maktab bormi, dars bormi — o‘ylab o‘tirmasdi. Uning miltig‘i ham yo‘q edi. Lekin, u nolimas, onasiga, miltiq olib ber, demas, ovga borayotganlarga ergashib ketaverardi. Ovga borgach, kiyimlarimizni poylab, olov yoqib o‘tirar, ovimiz baror olgan bo‘lsa, bizdan ortiqroq quvonardi.
Bir kuni saharda ayvonga chiqsam, laylak qor yog‘ib turibdi. Shunday tez yog‘yaptiki, chorpoya tagida chirqillashayotgan chumchuqlarni ham ko‘rib bo‘lmaydi.
Shosha-pisha uyga kirib kiyindim. Yarimta nonni bo‘lib, kissaga soldim-da, miltiqni olib, devor osha ketdim. Bunday vaqtda birov ko‘rmasin deysan. Lekin, albatta ko‘radi. Devorlarning tagi bilan pishillab ketayotsam, to‘p etib yelkamga bir lo‘mboz qor tushdi. Nariga o‘tib qaradim. Nurmat Kachal degan odam kuragining sopini ko‘kragiga suyab qo‘yib, hovuchiga kuhlayapti.
— Ovlar baror olsin! — dedi u. Bosh irg‘adim.
— Poylab o‘tirarkanmiz-da? Iljaydim.
...Nazrulla uxlab yotgan ekan. Meni ko‘rib darrov gap nimadaligini tushundi.
— Axir maktabing bor-ku? — dedi onasi.
— Maktab qochib ketmaydi, enajon, — dedi Nazrulla.
Qor bo‘ralaydi. Tog‘ ko‘rinmaydi. Lekin, oyokdarimiz adashmay olib boryapti bizni. Do‘nglikka chiqib bordik. Bu yerda tuman bor edi. Shuning uchun qor siyrak va yumshoq yog‘ardi. Atrofga quloq soldik. Kaklik sayrashi eshitilmadi. Engashib, qorni ko‘zdan kechirdik. Iz ham yo‘q edi.
— Shapaloqxonaga boramiz, — dedi Nazrulla.
Bordik. Kirib chikdik. Toshlarga yopishib yuradigan cho‘ponaldarg‘ich qushidan bo‘lak hech narsa yo‘q edi.
— Huk daraga boramiz.
Ketdik. U yerda ham hech narsani uchratmadik.
— Haydar buloqqa boramizmi?
Ketdik. U yerdayam kaklik zoti yo‘q edi.
Hafsalamiz pir bo‘ldi. Kunning qay mahal bo‘lganini ham bilib bo‘lmasdi. Osmon ham oppoq. Bir kamarga kirib, bodomchadan olov qildik-da, nonlarimizni cho‘g‘ga isitib yedik.
— Men katta yo‘l bilan ketaman, — dedim Nazrullaga. — Miltiq uylaringda turatursin.
Kelishdik. Biroq qishloqqa olib tushadigan, ertalabki do‘nglikka chiqqan ham edik, chap tomonimizdan, «kak-kak... kakiba-kakiba...» degan ovozlarni eshitib qoldik. Negadir men jahl bilan Nazrullaga «yot!» dedim-da, cho‘nqayib yugura ketdim. Do‘nglikning labiga — yerdan yorib chiqqanday uyum toshlar yoniga borib, pastga mo‘ralasam, bir gala kaklik turnaqator tizilib, yonbag‘irni qiyalab boryapti. Qoq belini ko‘zlab otdim. Kakliklar chug‘urlab ko‘tarildi-da, qanotlarini dumlari tomon qayirganicha do‘nglikning orqasiga o‘tib ketishdi. Faqat bittasigina yerga tusha boshladi. Otdim pastga o‘zimni. Dumalay-dumalay, yiqila-surila kaklikka yetdim va qo‘llarimni yoyib, o‘zimni uning ustiga tashladim. Kaklik qo‘limda! U dirillaydi, quralay ko‘zlarini jovdiratib, qip-qizil oyog‘ini tarang cho‘zadi. Pichoq Nazrullada edi, uning kelishini ham kutmay tishim bilan kaklikning kekirdagini uzib tashladim. Shu bilan ovimiz baror olib ketdi. Yo‘lda yana bitta kaklik otdik. Nazrullaning quvonchini! Nuqul yelkamga urib, «yasha, yasha, jo‘rajon!» deydi yig‘lamsirab. Shunday qilib, ikkita kaklikni belga osib, qishloqqa qaytdik. Men to‘g‘ri uyga ketmoqchi edim, Nazrulla qo‘ymadi:
— Isinaylik.
Onasi darrov ko‘rpacha to‘shadi, pechkaga ko‘mir soldi. Men pech yoniga — po‘stakka o‘tirib, muzlab tarashaday bo‘lib qolgan shimim pochalarini o‘tga toblay boshladim.
— Go‘sht qovurib beraymi? — dedi Nazrullaning onasi.
Men yo‘q dedim. Lekin, qovurdi. Yeb bo‘lganimizda, kech tusha boshlagan edi. Etigimni kiyib, kakliklarim bog‘langan belbog‘imga qo‘l cho‘zdim-u, lekin, tomirlarim tortib qoldi: «Axir kakliklarning bittasini Nazrullaga berishim kerak-ku! Men bilan kun bo‘yi yurdi... Lekin, bersam, unda bitta kaklik bilan uyga kirib boramanmi? Nurmat Kachal ko‘rsa, «Ha, arang bitta otdingmi?» demaydimi? Yoki, «Aslida, otolmabsan-u, birorta ovchidan yalinib olibsan-da», deydi. Ota-onam-chi?»
Belbog‘ni unutgan bo‘lib, etigimning qo‘njini torta-torta eshikka chiqdim. Nazrulla ayvonda belbog‘ni chiqarib berdi.
— Nima, ikkoviniyam menga bermoqchimisan?
Kulimsiradi. Yerga qaragancha belbog‘ni belimga bog‘lay boshladim.
— Unisi semiz ekan, — dedi Nazrulla yalanib, — bunisi oriq ekan, mazasi yo‘q.
Men miq etmay belbog‘ni bog‘ladim. Onasi bilan xayrlashdim-da, bu yoqqa o‘tib kaklikning bittasini beraman, deganday:
— Narzi, senga bir gapim bor, — dedim.
Darvozadan chiqqach:
— Xayr endi, — dedim. — Tezroq borishim kerak uyga.
— Hm... — dedi Nazrulla. — Lekin bunisi judayam og‘ir ekan...
— Ha... — dedim va ketdim. Lekin, ko‘chaga burilayotib, o‘girilib qaradim. Nazrulla bo‘ynini qashib turar, menga pastdan tikilardi.
Orqa-oldimga qarayman, sakrab-sakrab ketaman, kaklikni ko‘proq qimirlataman. Lekin, Nurmat Kachalning chorbog‘iga yetguncha bironta ham yo‘lovchi uchramadi. Kachalning darvozasiga yetgach, to‘xtadim-da, miltig‘imning top-toza qo‘ndog‘ini qor bilan arta boshladim. Milini ham artdim... Yo‘q, Kachal yo‘q. Kerak bo‘lmaganda ko‘chalarda lapanglab yurardi. Hozir yo‘q. Juda sovuq qotdim. Bor-e!
Uyga borsam, na onam bor, na otam!
— Bozorqo‘m xolang chaqirib ketdi, — dedi momom.
Kakliklarni dahlizdagi tashlandiq shkaf ustiga otdim-da, shart yechinib ko‘rpaga kirdim.
Kun bo‘yi yurib bo‘lganimcha bo‘lgan ekanman. Toshdek qotib qopman. Ertalab hech kimga gap qo‘shmadim. Nonushta qilayotgan edik.
— Qalay, bo‘rimi, tulkimi? — dedi otam.
Churq etmay dahlizga chiqdim. Shkafning ustiga qo‘l cho‘zdim. Hech narsa ilinmadi. Stol qo‘yib chiqib boqdim. Hech balo yo‘q!
— Qani kaklik? Momo?!
— Men qanday bilay, bolajon! — dedi buvim. — Menga bergan bo‘lmasang. Gapgayam javob bermading-u.
Eshikka otildim. Bog‘ning adog‘idan, loyxonadan topdim... patlarini... So‘ng miltiqni o‘qlab, kun bo‘yi deraza yonida o‘tirdim. Mushuk kelmadi. Ertasi bozor kuni edi. Qor tingan. Yana miltiq olib tongda yo‘lga tushdim. Nazrulla hovlilari sahnidagi qorni kurayotgan ekan. Meni ko‘rib, qizargan burnini bir tortdi-da, ishini qilaverdi.
— Narzi... Yur, — dedim. U bosh qimirlatdi.
— Bugun otganimning hammasi seniki, — dedim. Nazrulla boshini keskin ko‘tardi.
— Nima keragi bor! Zor emasman! Gap... Gap ko‘ngilda, tushundingmi? — dedi u va kurakni qorga zarb bilan sanchib uyiga kirib ketdi.
1961
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 83158270

Yandex