Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Stiven King. Bo'ri-odam yili (hikoya)

28.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Poklik kambag'allikning, shukr ne'matning, sabr baloni,ng halimlik ilmning, o'zini past tutish shogirdning, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishning, minnat qilmaslik ehsonning, hushu' namozning ziynatidir.
Abu Bakr Siddiq r.a.
 
 

Stiven King. Bo'ri-odam yili (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Jahon nasri onlayn antologiyasi - Stiven King (1947; AQSh)
Mundarija
Stiven King. Bo'ri-odam yili (hikoya)
Sahifa 2
Sahifa 3
Sahifa 4
Sahifa 5
Sahifa 6
Sahifa 7
Sahifa 8
Sahifa 9
Sahifa 10
Sahifa 11
Sahifa 12
Stiven King

BO’RI-ODAM YILI

«Yarim vayrona saroydagi zulmat ichida
u paxmoq boshini ko‘tardi.
Uning sap-sariq ko‘zlari yonardi.
– Men ochman, - irilladi u.»
«Bo‘ri».
Genri Ellender


Yanvar

Ehtimol, qaerlardadir osmonda to‘lin oy charaqlab turgandir, lekin bu yerda, kichkinagina Taker Millz shaharchasida, injiq yanvar havosi butun osmonni qalin qor pardasi bilan to‘sib tashlagandi. Izg‘irin shamol quturganicha bo‘m-bo‘sh ko‘cha bo‘ylab kezar, shaharning sariq rangli qor suradigan mashinalari allaqachon qalin qor ostida qolgandi.
«GS&WM» temir yo‘l kompaniyasi xodimi, egniga jun pidjak kiygan ozg‘in, uzun bo‘yli Arni Vestram labiga «Kemel» sigaretini qistirib olganicha asbob-uskunalar saqlanadigan omborda tunni o‘tkazayotgandi. Uning mashinasi yo‘lda buzilib qolgan va u tong otishini kutib, o‘zi bilan o‘zi qarta o‘ynab o‘tirardi. Tashqarida shamolning uvillashi kuchaydi. Vestram boshini ko‘tardi va quloq soldi, keyin yana qarta o‘yiniga berildi. Bu bor-yo‘g‘i bir shamol…
Lekin shamol eshikni tirnamaydi… va ichkariga kiritishlarini so‘ramaydi.
Arni qartasini yig‘ishtirib, o‘rnidan turdi. Uning ajin bosgan yuzida devorda osig‘liq turgan kerosin lampaning shu’lasi jilvalanardi.
Eshik yana tirnaldi. Birortasining iti, o‘yladi u, sovuqda qolib ketgan, endi isinmoqchi. Ammo uni nimadir to‘xtatib turardi. Itni tashqarida, sovuqda qoldirish berahmlik, albatta, o‘yladi u, biroq eshikni aslo ochmaslikka qaror qildi. Qo‘rquvning sovuq panjalari uning yuragini g‘ijimlab turardi.
Taker Millzda noxush davr hukm surayotgandi; ob-havo qandaydir noxushlikdan darak berar, Vestramning tomirida oqayotgan Uels qoni esa uni bunday narsalarga jiddiy yondashishga majbur qilardi.
U chaqirilmagan mehmonni nima qilish kerakligini o‘ylashga ulgurmadi, kutilmaganda shamolning ovozini yovuz o‘kirish bosib ketdi. Eshik og‘ir tananing zarb bilan urilishidan titrab ketdi… so‘ng yana zarba berildi. Yupqa eshik zarbalardan sinib ketguday bo‘lar, uning yorig‘idan qor parchalari otilib kirardi.
Arni Vestram talvasaga tushganicha eshikka tirash uchun biror buyum topish ilinjida alanglay boshladi. Ammo u siniq stul oldiga yetib borgunicha noma’lum mavjudot shunday kuchli zarba berdiki, eshik o‘rtasidan yorilib ketdi.
Bir necha lahzalarga u uzun yoriq orasida qisilib turdi, uning tumshug‘i qahr bilan jiyirilgan, sap-sariq ko‘zlari yonib turardi. Bunday ulkan bo‘rini Arni umrida ko‘rmagandi…
Va uning irillashida uzuq-yuluq inson so‘zlari quloqqa chalinardi.
Nihoyat eshik ikkiga bo‘linib ketdi. Maxluq xonaga kirgandi.
Arni burchakka otildi va qo‘liga belkurakni oldi. Maxluq polga qapishganicha olovdek sariq ko‘zlarini burchakdagi kishiga tikkandi. Uning katta ochilgan og‘zidan tili osilib turar, qoziqdek kurak tishlari yaltirardi.
U irillaganicha oldinga sakradi. Arni Vestram belkurakni siltadi.
Faqat bir marta.
Inson qichqirig‘i eshitildi va shu zahoti o‘chdi.
Xuddi to‘lin oy qalin bulutlar orasiga yashiringanidek, Taker Millzga insonlar qalbini dahshatga soluvchi xavotir yashirincha kirib keldi. Hech qanday sabab va ogohlantirishlarsiz Meyn shtatidagi mo‘‘jazgina shaharchada qish tunlarining birida bo‘ri-odam paydo bo‘ldi. Mahalliy gazetada ilgari tabiat ishqibozlari klubining sayohatlari haqida maqolalar chop etilgan bo‘lsa, endi qayg‘uli mavzuda xabarlar berila boshlandi.
Bo‘ri-odam davri shu tarzda boshlandi.


 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91440162

Yandex