Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Toraqulov Nazir Toraqulovich

20.11.2018 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“Mashhur payg‘ambarlar va fotihlar orasida hayoti Hazrati Muhammadning (alayhissalom) tarixidek eng ko‘p va barcha nuqtalarda batafsil o‘rganilgan shaxs yo‘q”.
Jon Devenport, ingliz olimi
 
 

Toraqulov Nazir Toraqulovich Chop etish uchun E-mailga yuborish
(1892-yil, oktabr, Qo‘qon - 1937-yil 3-oktabr)

Davlat, siyosat arbobi, tilshunos olim va diplomat. O‘ziga to‘q qozoq oilasida dunyoga kelgan. Qo‘qondagi rus-tuzem maktabi (1905), savdo bilim yurtini (1913) tugatgan. Moskva savdo institutining iqtisod fakultetida o‘qigan (1913-16). 1-jahon urushi paytida g‘arbiy front (Minsk yaqini)da Butun Rossiya Zemstvo ittifoqining yo‘riqchisi (1916). “Erkin dala” yashirin tashkiloti rahbari (1916). Eserlar partiyasining a’zosi (1918).
1918-19-yillarda Qo‘qondagi sovet idoralarida turli lavozimlarda ishladi. Keyinchalik Turkiston ASSR Maorif xalq komissari (1920), Turkiston ASSR MIK raisi (1920-yil sentabr - 1921-yil avgust), Turkiston KP MK mas’ul kotibi (1921-22). Turkiston MIK huzuridagi Qirg‘iz (qozoq) bo‘limi raisi (1921-22). Turkiston “Qo‘shchi” uyushmasining tashkilotchilaridan biri. N. To‘raqulov bu lavozimlarda ishlash jarayonida sovet hokimiyati va bolsheviklar partiyasiga sadoqatini namoyish qildi. T. Risqulov va uning tarafdorlari bo‘lgan milliy communist rahbarlar fikrlariga qarshi turdi.
Turkiston muxtoriyati hukumati va Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatiga to‘g‘ri baho bera olmadi va ularni yo‘qotish tarafdori bo‘ldi. Moskvaga chaqirib olindi va sovet xalqlari Markaziy nashriyoti raisi lavozimiga (1922-28) tayinlanadi. U mohir journalist va publitsist ham edi. U o‘z maqolalarida asosan sovet turmush tarzining afzalliklarini ko‘rsatishga harakat qildi.
1928-yilda N. To‘raqulov elchilik ishiga jalb qilinadi va SSSRning Hijoz davlatidagi (hozirgi Saudiya Arabistoni) Bosh konsuli va Muxtor elchisi vazifalarida ishladi (1928-1936). U Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini yaxshi bilganligi uchun islom olamida shuxrat qozondi.
N. To‘raqulov Moskva va Leningraddagi Sharq xalqlari instituti ilmiy xodimi va prorektori (1936-37) bo‘lib ham ishladi.
U qanchalik sovet hukumatiga, bolsheviklar partiyasiga sodiq bo‘lmasin, mustabid tuzumning qonli qatag‘onidan qutulib qola olmadi. 1937-yil 15-iyunda qamoqqa olindi va otishga hukm qilindi (1937-yil 3-oktabr). 1958-yilda oqlangan.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 74108814

Yandex