Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Sheralixon

29.02.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Ishyoqmas poliz qo‘riqchisidan ham yomon, poliz qo‘riqchisi hech bo‘lmasa qo‘rqitadi.
• Topilmagan go‘shtdan bo‘rining tishi qamashadi.
• Eshakdan yiqilgan bolani arg‘umoqqa mindirma.
• Tuxum tovuqqa aql o‘rgatarkan.
• Eskini maqtab, yangini ol.
Abazin xalq maqollari
 
 

Sheralixon Chop etish uchun E-mailga yuborish
Sheralixon Hojibek o‘g‘li
(taxm. 1797-1845-yillar)
(1842-1845)

Qo‘qon xoni. 1842-yil Buxoro amiri Nasrullo Qo‘qonni bosib olib Ibrohim Xayolni noib etib tayinlab ketadi. Uning zulmidan norozi bo?lgan qo‘qonliklar qo‘zg‘olon ko?taradilar va xon avlodlaridan bo?lmish Sheralini Qo‘qon xoni deb e`lon qiladilar. Sheralixon qo‘zg‘olonga rahbarlik qiladi. Qo‘zg‘olonchilar Qo‘qonga kiradilar va Buxoro qo‘shinini tor-mor keltiradilar. Ibrohim Xayol Buxoroga qochgan. Sheralixon Buxoro amiri Qo‘qonga yangi yurish uyushtirishi mumkinligini bilib, qabila va harbiy boshliqlar, aminlar, oqsoqollar va obro?li, nufuzli arboblar kengashini chaqirib, unda shoshilinch ravishda miltiq, qilich, to‘siqlar tayyorlashga qaror qilingan. Qo‘qon atrofida to?siq va qo‘rg‘onlar barpo qilishga kirishilgan, lekin qurilish nihoyasiga yetmay, Buxoro qo‘shini Qo‘qonga yaqinlashib shaharni qamal qiladi. Buxoro qo‘shinlari tevarak-atrofdagi qishloqlarni vayron etiladi, lekin shaharni egallay olmaydi. Qo‘qon mudofaasida ayollar ham faol ishtirok etadilar. Nasrullo 40 kunlik qamaldan so?ng Buxoroga qaytib ketgan.
Sheralixon o‘g‘li Abdurahmonbekni amiri lashkar qilib tayinlab, uni Toshkentni zabt etish uchun yuboradi. Qo‘shinlar Sirdaryodan o‘tib, Quramaga kelganda Xo?jand hokimi Xudoyorboy ahvolni aniqlab, amir Nasrulloga xoinlik qiladi va Sheralixonning oliy hokimiyatini tan oladi. Qo‘qon xoni unga Xo‘jand viloyati hokimligini tortiq qiladi. Qo‘qon va Toshkent qo‘shinlari o?rtasidagi jangdan so?ng Toshkent va Dashti Qipchoq zabt etilib, qaytadan Qo‘qon xonligi tarkibiga kiritilgan.
Sheralixon davrida xonning soliq siyosatiga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari bo?lib turgan. Sheralixonning mustaqil ravishda hokimiyatni boshqarishga intilishi qipchoqlar rahnamosi Musulmonqulning qarshiligiga uchraydi. Musulmonqul isyon ko‘tarib, Isfara hokimi Sotiboldibekni xat bilan sobiq Qo‘qon xoni Olimxonning o‘g‘li Murodbekning oldiga yuboradi va uni Qo‘qon xonligining taxtini egallashga taklif etadi. O‘shda qo‘zg‘olon boshlanganidan xabar topgan Shahrixonning hokimi, Musulmonqulning rejasini bilmagan holda, tezda qo‘shin to‘plab, O‘sh qo‘g‘olonini bostiradi. Ammo Musulmonqul o?z rejasini bajarish uchun O‘shga qo‘shin bilan borib, qo‘zg‘olonda ishtirok etganlarni beshafqat jazolab va qonga botirib, 5-10 ming kishini asirga oladi. Qo‘zg‘olon rahbari Mulla Yusuf ham qo‘lga olinib O‘shda dorga osiladi.
Bu vaqtda esa Murodbek Qo‘qonga kelib, Sheralixon huzuriga kiradi. Sheralixon vaziyatni anglagan holda unga taxtni topshiradi. Musulmonqulning sodiq odamlari tunda Sheralixonni qatl etishadi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 86251594

Yandex