Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Somerset Moem. Qochqinlik poyoni (hikoya)

28.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“U bir paytnign o‘zida ham Papa, ham Sezar edi. Ammo Papa bo‘lib, unda Papaning iddaolari yo‘q edi. Sezar bo‘lib, unda Sezarning behisob lashkari ham yo‘q edi. Agar biron bir shaxs muntazam qo‘shinsiz, tansoqchilarsiz, saroylarsiz, davlat daromadi (soliqlarsiz), men Uning izni-ixtiyori bilan boshqardim, deya olsa, unda u Muhammaddir (alayhisssalom). Chunki uning qo‘lida hech qanday boshqaruv vositalarisiz va asoslarisiz hokimiyat bor edi”.
Annay Bezant, hind olimi
 
 

Somerset Moem. Qochqinlik poyoni (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Jahon nasri onlayn antologiyasi - Somerset Moem (1874-1965; Angliya)

Ingliz adabiyoti tarixida mashhur yozuvchi va dramaturg Somerset Moem (1874-1965) ijodi alohida o‘ringa ega. Adib o‘zining asarlarida qahramonlar ruhiy olamini teran ochib bergani, Badiiy so‘z imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyish etgani bois juda keng kitobxonlar ommasining e'tiborini qozondi. S. Moemning «Insoniy ehtiroslarning uqubatlari» (1915), «Oy va chaqa» romanlari, «Davra» (1921) singari ko‘plab piesalar va ayniqsa, 1926 yili nashr etilgan «Kazuarin daraxti» nomli to‘plamidan joy olganbir qancha hikoyalari allaqachon jahon xalqlarining talay tillariga tarjima qilinib, chop etilgan.

Somerset Moem jahon adabiyotida ixcham hikoyalarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozongan. Bu hikoyalarida yozuvchi kitobxonni inson ruhiyatining murakkab dunyosiga olib kiradi, hayotga yangicha nazar bilan - ham kuyunib, ham kulib qarashga majbur etadi. Adib asarlariga xos bo‘lgan jonli, aniq-tiniq, rostgo‘y va samimiy til ularning berilib, katta qiziqish bilan o‘qilishini ta'minlagan.

Quyida sizning e'tiboringizga Somerset Moemning «Ayris Press» (Moskva) nashriyoti tomonidan chop etilgan «THE MAN WITH THE SCAR and other stories» («Chandiqli kishi va boshqa hikoyalar») nomli kitobidan olib tarjima qilingan hikoyalari havola etilayotir.

OQ YO‘L!

Ijod - sehrli, murakkab jarayon. Nazarimda, Alisher bu sohaning katta mas'uliyatini his qiladi: u avval adabiyotimiz uchun yangilik bo‘lgan asarni tanib oladi, keyin tarjimaga kirishadi. Tarjima jarayonida har bir so‘zni ardoqlab, qadriga yetib tarjima qilishga, asarning musiqasini saqlashga intiladi. Bu - boshlovchi qalamkash uchun yaxshi xislat. U tarjimani qayta-qayta ishlashdan, uning mashaqqatli mehnatidan qochmaydi.

Somerset Moemning quyidagi hikoyalari odamning siyrati naqadar murakkabligi, insonning murakkab olamini haqqoniy tasvirlab berish juda-juda mushkul ish ekanini mana-man, deb ko‘rsatib turadi.

O‘z DJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Alisher Otaboevning mazkur tarjimalari sizga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Mahmud SA'DIY

Somerset Moem

QOCHQINLIK POYONI
 
 Kapitan bilan qo‘l siqishimdim, u omad tiladi. Keyin yo‘lovchilarga liq to‘la pastki palubaga tushib, turtina-surtina narvongacha yetib oldim. Kema bortiga qarasam, yuklarimni allaqachon chiqarishibdi. Hamma yoqda qo‘llarini silkitib, allanimalar haqida gap sotishayotgan shu yerlik odamlar. Menga ham joy topildi. Qirg‘oqdan uch milcha uzoqlashganimizda salqin shamol esa boshlagandi. Shaharga yaqinlashganimizda ko‘plab kakos daraxtlari-yu, ular orasidan ko‘rinib turgan kulrang tomlarga ko‘zim tushdi. Inglizchani biladigan xitoylik: mana, boshqaruvchining turarjoyi, deb ayvonli oq uyni ko‘rsatdi. Boshqaruvchining xabari bo‘lmasa-da, men aynan unikiga qo‘nmoqchi edim. Cho‘ntagimda uning nomiga bitilgan tavsiyanoma bor edi. Meni tushirib, chamadonlarimni sohilga qo‘yishganida bir muddat o‘zimni yakkalanib qolgandek his qildim. Dunyoning bir chekkasidagi joyga, Barneoning shimoliy qirg‘og‘idagi shaharchaga kelib qolgandim. O‘zimni mutlaqo begona odamga tanishtirishim, ulov kelib borar manzilimga jo‘nab ketgunimcha uning kulbasida tunashim, osh-ovqatiga sherik bo‘lishimni aytib, qo‘liga tashrif qog‘ozimni tutqazishimni ko‘z oldimga keltirib xijolat bo‘layotgandim.

Biroq hammasi ko‘gildagidek bo‘ldi. Ayvonli uyga yetib, tavsiyanomani ko‘rsatganimda qaerdandir o‘sha kishi paydo bo‘ldi. Gavdali, yuzlari qip-qizil, xushchaqchaq odam ekan. Yurakdan chiqarib so‘rashdi. Qo‘limni siqib, yugurdak bolaga ichkilik opkel, deb baqirdi. Boshqa biriga narsalarimga qarab turishni buyurdi. Uzr so‘ramoqchiydim, gapim og‘zimda qoldi.
“Ey xudo, og‘ayni sizni ko‘rganimdan qanchalik xursand ekanimni tasavvur ham qilolmaysiz. Lekin meni shu yerda qoldirish uchun bu gaplarni gapiryapti, deb o‘ylamang. Yo‘q, sizdan minnatdorligim uchun shunday deyapman. Bu yerda xohlagancha yashashingiz mumkin. Istasangiz bir yil qoling”.
Kulib yubordim. U ish qochib ketmaydi, deb yumushlarini bir chetga qo‘ydi-da, o‘zini katta kursiga tashladi. Suhbatlashdik, keyin ichdik, so‘ng yana gap sotdik. Kechga yaqin salqin tushganda, jungli bo‘ylab uzoq sayrga chiqdik. U yerdan suvga tushgan mushukdek ivib qaytib keldik. So‘ngra yaxshilab cho‘milib oldik-da, ovqatlandik. Juda charchagan edim. Mezbonim tuni bilan to‘xtovsiz gurung berishga tayyor turgan bo‘lsa ham uxlashimga ruxsat so‘rab iltimos qilishga majbur bo‘ldim.
“Mayli faqat sizni xonangizga kuzatib, hammasi joyidaligini ko‘rib olaman”.
Bu ikki tomoni ayvonli va chivin o‘tkazmaydigan to‘r bilan o‘ralgan katta karavot qo‘yilgan keng xona ekan.
“Karovat ancha qattiq, bo‘laveradimi?”
“Ha yo‘q, bugun toshday qotib uxlayman”.
Mezbonim bir muddat karovatga qarab qoldi.
“Bunda oxirgi marta bir gollandiyalik uxlagandi. Bitta kulgili voqeani aytib beraymi?”
O‘lguday uyqum kelayotgandi. Lekin harqalay u menga mezbon, qolaversa kulgili voqeani aytib bermoqchi bo‘lsang-u hech quloq solmasa odamga og‘ir botadi.
“O‘sha golland ham siz kelgan kemada qelgandi. Idoramga kirib, uch-to‘rt kun yashashga qaerdan joy topsam bo‘ladi, deb so‘radi. Agar borishga joyingiz bo‘lmasa menikida tura qoling, dedim. Darrov rozi bo‘ldi. Yuklaringizni opkelishga odam yuboraymi, deb so‘radim.
“Bori shu”, dedi u.
Qora yaltiroq chamadonchani uzatdi. “Juda kambag‘al ekanmi”, deb o‘yladim ichimda. Lekin bu yog‘i endi mening ishim emasdi, xullas, unga uyimga boravering, ishimni tugatishim bilanoq men ham yetib boraman, dedim. Shu gaplarni aytib turganimda xonaning eshigi ochilib, yordamchim kirdi. Golland eshikka orqasi bilan turgandi, balki yordamchim eshikni qattiqroq ochgandir. Nima bo‘lganda ham golland baqirib yuborib, ikki qadamcha joyga sakradi-da, revolverini chiqardi.
“Nima qilyapsiz, jin ursin?”, dedim men.
U yordamchimni ko‘rib bukchayib qoldi. Hars-hars nafas olib stolga suyandi. Agar aldasam har narsa bo‘lay, xuddi tutqanog‘i tutgandek qaltirayotgandi.
“Kechirasiz”, dedi u. “Hammasi asabdan. Asablarim ishdan chiqqan”.
“Ko‘rinib turibdi”, dedim men.
U bilan sovuqqina gaplashdim. Rostini aytsam, unga menikida qol deganimdan pushaymon bo‘lgandim. Ko‘rinishidan mast odamga o‘xshamasdi. Politsiyadan qochib yurgan bo‘lsa-ya, degan fikr o‘tdi miyamdan.
“Yaxshisi, borib uxlab oling”, dedim.
U jo‘nadi. Uyga qaytsam, ayvonda jimgina o‘tirgan ekan. Lekin gavdasini tik tutib turgandi. Cho‘milib, soqolini olibdi. Toza kiyim kiyib, ancha o‘ziga kelib qolibdi.
“Nega ayvrnda bu ahvolda o‘tiribsiz?”, dedim unga. “Yotib damingizni oling”.
“Shunday o‘tirganim yaxshi”, dedi u.
Alomat odm ekan, dedim ichimda. Lekin shunday jaziramada yotgandan ko‘ra qaqqayib o‘tirishni afzal ko‘rsa, bu endi o‘zining ishi. Novcha, qoruvli gavdali, chorburchak kallasidagi sochi kalta olingan ko‘rimsizgina odam edi u. Yoshi qirqlar atrofida, meni juda hayron qoldirgan narsa uning basharasi edi. Qisiq ko‘k ko‘zlarining alanglashiga sira tushunolmadim. Yuzi xuddi yig‘lamoqqa tayyor turgan odamnikiga o‘xshardi. Turib-turib, bir narsani eshitib qolgandek chap tomonga tez-tez alanglardi. Xudo shohid, uning asablari joyida emasdi. Lekin bir stakan musallas ichganimizdan keyin u tilga kirdi. Inglizchada juda yaxshi gapirardi, gapida bilinar-bilinmas soxtalikni aytmaganda, uning ingliz emasligini sezmasdingiz ham. Tan olish kerak, gapga juda usta edi. Ko‘p joyda bo‘lib, ko‘p o‘qigan ekan. Gapini eshitib vaqt o‘tganini bilmay qolardingiz.
Choshgohda uch yoki to‘rt shisha viskini bo‘shatdik, keyin yana ancha-muncha aroq ichdik. Xullas, tushlikka o‘tirganimizda ikkovimizning ham kayfimiz chog‘ edi. “Bu zo‘r odam ekan”, deb o‘yladim o‘shanda. Turgan gap, ovqat stida ham uch-to‘rt shisha viskini urdik. Keyin qaerdandir bir shisha benidiktik topib oldim. Uni ham ichdik. Binoyidek mast bo‘ldik.
Nihoyat, u nega bu yerga kelganini gapirib berdi. O‘sha voqea juda g‘alati edi.
Mezbonim gapirishdan to‘xtadida, o‘sha g‘aroyib voqeani eslaboq ta’sirlanayotgandek, og‘zini xiyol ochgancha menga qaradi.
Sumatra orolida tug‘ilgan ekan o‘sha golland. Keyin achinlik bir odamga nimadir qilgan ekanmi, achinlik uni o‘ldirishga qasam ichibdi. Dastlab golland bunga e’tibor ham bermabdi, lekin g‘animi gapida turishga ikki-uch bor urinib joniga tekkach, biror muddat chetroq joyga ketishga qaror qilibdi. Bataviaga o‘tib, o‘sha yoqda ayshini surib yurmoqchi bo‘libdi. Lekin bu yerga kelganidan bir hafta o‘tgach, devor orqasida yashirinib turgan achinlikka ko‘zi tushibdi. Achinlik uning ortidan tushgan ekan. Golland g‘animning niyati qat’iligini tushunibdi. Surabayyaga borishi kerakligini anglabdi. Bir kuni u shu shaharda aylanib yurib nima bo‘libdi-yu orqasiga o‘girilibdi, qarasa, achinlik shundaygina izidan ovoz chiqarmay pusib kelayotgan ekan. Uning kapalagi uchib ketibdi. O‘girilsangu seni o‘ldirmoqchi bo‘lib yurgan nusxa shundaygina orqangda turganini ko‘rsang, qo‘rqasan-da, albatta.
Xullas, golland tez-tez yurib, mehmonxonaga qaytibdi-da, narsalarini yig‘ishtirib, Singapurga boradigan kemaga chiqibdi. Turgan gapki, u gollandiyaliklar qo‘nishgan mehmonxonaga joylashibdi. Bir kuni mehmonxona ro‘parasidagi hovlida ichib o‘tirgan ekan, ichkariga achinlik kirib unga bir pas tikilib turibdi-da, chiqib ketibdi. Golland o‘shanda dahshatdan qimir etolmay qolganini aytdi. Agar achinlik o‘sha payt xanjarini sanchmoqchi bo‘lganda, u o‘zini himoya qilish uchun qo‘lini ham ko‘tara olmas ekan. Golland achinlik qulay paytni kutayotganini tushuntiribdi. Bu jirkanch kimsa uni o‘ldirishni niyat qilgan ekan. Joni uzilayotgani ko‘z oldiga kelsa, u o‘zini tutolmay qolarkan”.
“Nega u politsiyaga bormabdi?”, deb so‘radim men.
“Bilmayman. Meningcha, politsiya bu mojarodan xabar topishini xohlamagan”.
“O‘sha odamga nima yomonlik qilgan ekan?”
“Buni ham bilmayman. Nima qilganini aytmadi. Lekin so‘raganimda menga qarashidanoq kattagina ish qilib qo‘yganini sezdim. O‘ylashimcha, achinlikning har qanday jazosiga loyiqligini uning o‘zi ham tushunardi”.
Mezbonim sigareta yoqdi.
“Keyin nima bo‘ldi?”, deb so‘radim men.
“Singapur bilan Kuching orasida qatnaydigan kemaning kapitani ham qatnov orasida o‘sha mehmonxonada turadi. Kema tongda yo‘lga chiqarkan. Golland achinlikdan qutulish uchun bu yaxshi imkoniyat, deb o‘ylabdi. Yuklarini mehmonxonada qoldirib, xuddi kapitanni kuzatib qo‘yayotganday u bilan birga kemaga chiqibdi va kema suza boshlaganda u yerga tushib qolibdi. Asabiylashish odatini shu vaqtlarda orttirgan ekan. Achinlikdan qutulishdan boshqa hech narsa haqida o‘ylamay qo‘yibdi. Kuchingda o‘zini ancha yaxshi his eta boshlabdi. Mehmonxonadan joy olibdi. Xitoy do‘konlaridan o‘ziga juft kastyum, to‘rt-beshta ko‘ylak xarid qilibdi. Lekin uxlay olmas ekan. tushiga nuqul o‘sha kimsa kirarkan. Olti martacha bo‘g‘ziga tortilayotgan xanjar damidan uyg‘onib ketibdi. Xudo haqqi, unga juda rahmim keldi. U bu gaplarni menga qaltirab gapirdi. Qo‘rqqanidan ovozi xirillab qolgandi. Uning ajabtovur qarashlariga endi tushundim. Esingizdami, gapimning boshida kulgili alanglashlarini ko‘rib hayron bo‘lganimni aytuvdim. Qo‘rqqanidan shunaa alanglarkan.
Bir kuni Kuchingdagi klubda derazadan tashqariga qarabdi va ko‘zi o‘sha yoqda o‘tirgan achinlikka tushibdi. Achinlik ham unga qarabdi. Golland egilibdi-da, hushdan ketibdi. O‘ziga kelganida miyasiga kelgan birinchi fikr bu joydan qochish bo‘libdi. Sizni olib kelgan o‘sha kema bilangina u Kuchingdan tezroq ketishi mumkin ekan. Kemaga chiqibdi. Achinlik kemada yo‘qligini aniq bilarkan”.
“Lekin nega aynan bu yerga kelibdi?”
“Bilasizmi, boyagi kema ko‘p joylarda to‘xtaydi. Achinlik gollandning aynan bu yerga kelganda tushib qolganini bilolmasdi. Golland o‘zi o‘tirgan kema bu joylarda yo‘lovchi tashiydigan bitta-yu bitta kema ekanini, bortda o‘n ikkitacha odam o‘tirganini bilganidan keyingina undan tushgan.
“Harholda, bir-ikki kunga bo‘lsa ham bu yerda xavfdan xoliman”, dedi u. “Ozgina vaqt bo‘lsayam tinch yursam, asablarimni bosib olaman”.
“Xohlaganingizcha qoling”, dedim men. “Bu yerda sizga xavf yo‘q, har holda keyingi oy kema qaytguncha. Xohlasangiz, o‘sha payt borib yo‘lovchilarni tekshiramiz”.
Qayta-qayta rahmat aytdi. Nihoyat, ko‘ngli taskin topgandi.
Vaqt ham allamahal bo‘lib qolgandi. Uxlash payti bo‘lganini aytdim. Hammasi joyidaligini bilish uchun uni xonasiga kuzatib qo‘ydim. Hech qanday xavf yo‘q, desam ham derazalarni mahkamlab berkitdi. Xonadan chiqishim bilanoq orqamdan eshikni qulflaganini eshitdim.
Ertasi kuni ertalab dastyor bola choyimni olib kelganida, gollandni uyg‘otdingmi, deb so‘radim. Hozir uyg‘otaman, dedi u. Uning xona eshigini qayta-qayta taqillatayotgani eshitildi. Nimadir bo‘lganini sezdim. Bola bor kuchi bilan taqillatgandi ham ichkaridan sado chiqmadi. Asabiylashib, o‘rnimdan turdim. Men ham taqillatdim. Ikkalamiz murdani tiriltirib yuborguday shovqin ko‘tardik, lekin golland uyg‘onmadi. Shunda eshikni sindirdim. Karovatni o‘ragan chivin o‘tkazmaydigan pardani uzdim. Golland karovatda ko‘zini chaqchaytirgancha tepaga qarab yotardi. U o‘lgan edi. Bo‘yniga xanjar qo‘yilgan edi. Gapimga ishonasizmi, yo‘qmi — bu o‘zingizga havola, lekin xudo haqqi qasam ichib aytamanki, bu — rost, uning biror joyi hatto tirnalmagan. Xona esa bo‘m-bo‘sh edi.
Kulgili voqea, to‘g‘rimi?”
“Endi, bu kulgini qanday tushunishga bog‘liq”, deb javob berdim men.
Mezbonim menga qarab qo‘ydi.
“Shu karovatda uxlayverasiz-a, yo yo‘qmi?”
“Yo‘q, uxlayveraman. Lekin shu voqeani ertaga gapirib berganingizda yaxshi bo‘lardi”.

Inglizchadan O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
Alisher Otaboyev tarjimasi

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91441656

Yandex