OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Irene Dishe (Irene Dische, 13 fevral, 1952) – amerikalik yozuvchi va jurnalist, bir necha xalqaro bestseller asarlar muallifi. Garvard universitetida adabiyot va antropologiya yo‘nalishida ta’lim olgan. The New Yorker va The Nation nashrlarida jurnalistik faoliyat olib borgan. 1980-yillar boshida Dishe Berlinga ko‘chib keladi.
1989 yili Dishe birinchi romani «Diniy sirlar» (Pious Secrets) ni chop ettiradi. Kitob Yevropada bestsellerga aylanadi va 15 ta tilga tarjima qilinadi. 1993 yildan boshlab u bolalar uchun ham yoza boshlaydi.  Dishening so‘nggi romani «Vixouken qirolichasi» (The Empress of Weehawken, 2005) ham tez orada mashhur bo‘lib ketdi. Ushbu kitob birgina Germaniyada yarim milliondan ortiq sotildi. 2007 yili Dishening sevgi haqidagi hikoyalar to‘plami chop etildi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.