Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.

Ziyo istagan qalblar uchun - Amerikada oqish uchun imkoniyat!
18.09.2014 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Bir kun tilingni tiymasang, bir yil uning azobini chekasan.
• Avval eshagingni bog‘la, so‘ng Allohga topshir.
• Qurol, xotin va itingni qarzga berma.
• Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.
• O’lim ikki marta kelmaydi.
Tatar maqollari
 
 
Amerikada oqish uchun imkoniyat! Chop etish uchun E-mailga yuborish

 Dasturlar o‘quvchi, talaba, aspirant va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan

Okean orti mamlakatida o‘z bilim va malakasini oshirishni ko‘zlagan yurtdoshlarimiz bir qator dasturlarda ishtirok etishlari mumkin. Bu borada AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bir necha yo‘nalishdagi ta'lim dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Quyida AQSH Davlat departamentining ta'lim va madaniyat ishlari byurosi tomonidan tashkil etilgan ayrim dasturlar haqida ma'lumot beramiz.

Yoshlar almashinuvi dasturi (Youth Exchange Opportunity Program)

Dastur g‘olibi bo‘lgan o‘quvchi AQSH maktabida bir o‘quv yili davomida tahsil oladi. Nomzod ayni paytda maktabning 9-, 10-sinfida yoki litsey, kollejning 1-kursida "yaxshi" va "a'lo" baholarga o‘qiyotgan, ingliz tilida so‘zlay oladigan bo‘lishi kerak. Talabgor on-layn tarzda anketa to‘ldirishi, insho savollariga javob yozishi va hujjatlarni pochta, elektron pochta orqali yoki shaxsan AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga topshirishi lozim. Hujjatlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng yarim finalchilar test va suhbatga taklif etiladi. 2010-2011 o‘quv yili uchun Yoshlar almashinuvi dasturi tanlovi 2009 yil sentyabr oyida boshlangan.

Global bakalavr almashinuv dasturi (Global Undergraduate Exchange Program)

Dastur bakalavr bosqichining birinchi yoki ikkinchi kursida (agar besh yillik o‘qish bo‘lsa, uchinchi kurs talabalari ham) "a'lo"ga o‘qiyotgan talabalarga AQSHda bir yil tahsil olish imkonini beradi.

Dastur yo‘nalishlari: buxgalteriya, qishloq xo‘jaligi, antropologiya, biologiya, biznes, kimyo, kompyuter texnologiyalari, kriminalistika, iqtisodiyot, ta'lim, muhandislik, atrof-muhit muhofazasi dasturlarini boshqarish, geologiya, mehmonxona boshqaruvi, xalqaro aloqalar, jurnalistika, huquqshunoslik, kommunikatsiya, fizika, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, shaharlarni rejalashtirish va amerikashunoslik. Nomzodlar AQSHga jo‘nab ketadigan paytda (2010 yil avgust-sentyabr) 18-24 yosh oralig‘ida bo‘lishi lozim. 2010-2011 o‘quv yili uchun tanlov 2009 yil sentyabr oyida boshlangan.

Edmund Maski dasturi (Edmund Muskie Program)

Tanlov g‘oliblari magistr guvohnomasi beradigan yoki bermaydigan o‘quv dasturlariga qabul qilinadilar. O'qish biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, huquqshunoslik, davlat boshqaruvi,  davlat siyosati,  maorif, atrof-muhit muhofazasi boshqaruvi, xalqaro munosabatlar, kutubxonachilik, jurnalistika/kommunikatsiya va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlarda bir yildan ikki yilgacha davom etadi. Tanlovda bakalavr diplomiga ega, ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan O'zbekiston fuqarolari qatnashadilar. 2010-2011 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish 2009 yil oktyabr oyidan boshlanadi.

Fulbrayt dasturi (William Fulbright Visiting Scholar Program)

Dasturda O'zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan kollej va universitet o‘qituvchilari, shuningdek, AQSHda to‘rt oydan o‘n oygacha muddatda tadqiqot olib borishni ko‘zlagan professionallar ishtirok etishlari mumkin. Dastur huquqshunoslik, ta'lim, kutubxonachilik, jurnalistika, siyosatshunoslik, biznes, moliya, jamiyatshunoslik, atrof-muhitni o‘rganish, madaniyat va san'at sohalarini o‘z ichiga oladi.

Talabgor ingliz tilini mukammal bilishi, fan nomzodi, doktorlik darajasiga yoxud o‘z sohasida kamida 15 yillik tajribaga ega professional xodim bo‘lishi lozim. Fulbrayt dasturi anketasini Internet orqali 2009 yil 2 noyabr soat 17:00ga qadar ushbu sayt orqali to‘ldirish mumkin: 

https://apply.embark.com/student/fulbright/scholars/

Muallimlik fazilatlari va yutuqlari dasturi (Teaching Excellence and Achievement Program)

Dasturga Yevropa, Yevroosiyo, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani, Yaqin Sharq, Afrika davlatlari, Janubiy va Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekistondan jami 156 nafar maktab o‘qituvchisi qabul qilinadi. O'qituvchilar dastur davomida malaka oshirish, Amerika maktablarida dars berish imkoniga ega bo‘ladilar. Dasturda to‘liq stavkada ishlovchi, ingliz tili, ijtimoiy fanlar (ijtimoiy ta'lim, fuqarolik huquqi, tarix, geografiya), matematika va tabiiy fanlardan dars beruvchi, kamida besh yillik kasbiy tajribaga ega, ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan, O'zbekiston fuqarosi bo‘lgan o‘qituvchilar qatnashishlari mumkin.

Amerikada tahsil olish uchun boshqa dasturlar ham mavjud. Bu boradagi batafsil ma'lumotlarni http://uzbekistan.usembassy.gov/exchanges/ sayti yoki tashkent-program@state.gov elektron pochtasi orqali olish mumkin.

FAKT

Xalqaro ta'lim institutining "Open Doors" (Ochiq eshiklar) hisobotiga ko‘ra, AQSHda 2007-2008 o‘quv yilida 539 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olgan. Xorijlik talabalarning umumiy miqdori esa 623805ni tashkil etgan.

MASLAHAT MARKAZI

AQSHning Toshkentdagi elchixonasida 2007 yildan buyon Ta'lim bo‘yicha maslahat markazi ishlab kelmoqda. Mazkur markaz yurtdoshlarimizga AQSHda ta'lim bo‘yicha zarur ma'lumotlarni taqdim etadi. Shuningdek, ushbu markaz TOEFL, GRE va GMAT testlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘llanmalar tarqatadi. Ta'lim markazi bilan 120-54-50 telefon raqami yoki tashkent-advising@state.gov elektron pochtasi orqali bog‘lanish mumkin.

Imtihonlar haqida ma'lumot

GRE (Graduate Record Examinations) - AQSH oliy o‘quv yurtlarida magistratura yoki aspirantura bosqichida tahsil olish uchun topshiriladigan test imtihoni. Ushbu imtihonni topshirgan nomzod PhD (fan doktori) ilmiy darajasi uchun ham ariza berishi mumkin. GRE guvohnomasi boshqa oliy o‘quv yurtida olingan bakalavr diplomining tasdig‘i ham sanaladi. Kompyuter orqali o‘tkaziladigan sinov jarayonida nomzodning til bo‘yicha hamda fanning aniq sohasi bo‘yicha bilimi baholanadi. Mazkur imtihon odatda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlardagi fakultetlarda talab etiladi.

GMAT (Graduate Management Admission Test) -  nomzodning biznes kurslarida o‘qish salohiyatini aniqlashga yo‘naltirilgan standartlashtirilgan test tizimi. Ushbu imtihon usuliga 1953 yili asos solingan. Test jarayonida maksimal 800 ball yig‘ish mumkin. Nufuzli oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun  o‘rtacha 650 dan yuqori ball to‘plash kerak. Ba'zi o‘quv yurtlariga esa 500 ball ham kifoya qiladi. Sinov uch asosiy blokdan iborat: ikkita tahliliy esse, matematika va og‘zaki (verbal) qism. Har bir esse yarim soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yoziladi. Matematikaga oid 37ta masalani 75 daqiqada yechish kerak. Verbal bo‘limda esa nomzodga 41ta savol beriladi. Ushbu bo‘limda matnni tushunish va qog‘ozga tushira olish ko‘nikmasi sinovdan o‘tkaziladi. GMAT guvohnomasining amal qilish muddati - 5 yil.

TOEFL (Test of English as a Foreign Language) - AQSH va Kanada oliy o‘quv yurtlariga kiruvchi xorijlik talabalar ingliz tilidan topshiradigan test sinovi. Mazkur tizimga 1964  yili asos solingan. Qog‘ozda (PBT - paper-based test), kompyuterda (CBT - computer-based test) yoki on-layn tarzda Internetda (iBT - Internet-based test) o‘tkaziladigan test uch soat davom etadi. Unda nomzodning o‘qish, tinglash, yozish va so‘zlash mahorati baholanadi. Dunyoda eng keng tarqalgan test tizimi sanalgan TOEFL natijalari 130 mamlakatdagi 6000dan oshiq universitetda qabul qilinadi. TOEFL  guvohnomasining amal qilish muddati - ikki yil. AQSHda magistratura bosqichida o‘qish uchun TOEFL talabi - 550 ball. Eng yuqori ball esa - 677.

SAVOL-JAVOB

AQSH oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun talab qilinadigan test sinovlarini Toshkentda qaerda topshirish mumkin? Imtihonlarni tashkillashtirish uchun qancha haq olinadi?

H.Haydarov, Toshkent 

- TOEFL, GRE va GMAT imtihonlarini xalqaro miqyosda tan olingan markazlargina o‘tkazish huquqiga ega. Toshkentda Global Study kompaniyasi (Lutfiy ko‘chasi, 6-uy) TOEFL va GRE imtihonlarini o‘tkazadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, TOEFL imtihonini topshirish bahosi - 160 dollar, GRE esa 170 dollar. Bundan tashqari, Toshkent xalqaro maktabi - Tashkent International School (Sarikul ko‘chasi, 38-uy) hamda Ulug‘bek xalqaro maktabi - Tashkent Ulugbek International School (Usmon Nosir ko‘chasi, 17-uy) ham test sinovlarini o‘tkazadi.

Men AQSHda magistratura yo‘nalishida tahsil olmoqchiman. Eshitishimga qaraganda, TOEFL imtihonini topshirish uchun kattagina haq to‘lash kerak ekan? Bu borada bilimli talabalarga imtiyoz bormi?

Aziz Ahmedov, Farg‘ona

- Agar siz AQSH elchixonasi tashkil etayotgan dasturlar orqali o‘qishga ketmoqchi bo‘lsangiz, bu borada imtiyoz mavjud. Amerika elchixonasi dastur bo‘yicha hujjatlar topshirib, maxsus hay'at suhbatidan o‘tgan yarim finalchilarga test xarajatlarini to‘lab beradi.

IQTIBOS

Kerri Li, AQSHning Toshkentdagi elchixonasining madaniyat ishlari maslahatchisi:

- Butkul o‘zgacha bo‘lgan muhitda yashash va o‘qish ancha murakkab. Shuning uchun biz Amerikaga tahsil uchun ketayotgan talabalarga mahalliy sharoitga moslashuvlarini osonlashtirish, muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun lozim bo‘lgan barcha bilimlarni berishga harakat qilamiz. Imtihonlardan muvaffaqiyatlarga o‘tgan talabalarga safar oldidan darslikni qaerdan xarid qilishdan tortib, qanday kiyinishgacha - barcha  kerakli masalalarni tushuntiramiz.

 

Behzod Mamadiev, Shimoliy Karolina universiteti magistratura bosqichi talabasi:

- Joriy o‘quv yilidan AQSHda Edmund Maski dasturi bo‘yicha tahsil olyapman. 2008 yilning oktyabrida AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga hujjatlar topshirdim. Hujjat tayyorlashda dasturdan ko‘zlangan maqsad hamda kelajak rejamni yaxshi asoslashga harakat qildim. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar qatorida meni ham 2009 yilning yanvarida suhbatga chaqirishdi. Suhbat xorijlik mutaxassislar tomonidan o‘tkazildi. Suhbatdan o‘tganlar esa testga taklif etildi. TOEFLdan 600, GREdan 880 ball yig‘dim.

Dasturda g‘olib bo‘lishning asosiy talabi har bir bosqichda talabgor o‘zining nimaga qodir ekanini va erishgan natijalarini ko‘rsata olishi kerak.

Abdul Sobir tayyorladi
 
« Oldingi   Keyingi »

E'lonlar

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 4073
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 38852127

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz

Sayt rivojiga hissa