Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Hoji Muin. Ozbekcha alifbolar tarixi (1926)

17.12.2018 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Haqiqatni yomon ko`radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko`radilar.
Felenon
 
 

Hoji Muin. Ozbekcha alifbolar tarixi (1926) Chop etish uchun E-mailga yuborish

O'ZBEKCHA ALIFBOLAR TARIXI

Turkistonda ilmiy-adabiy uyg‘onishning boshlanishig‘a yigirma besh yil to‘lib o‘tdi. Bu muddatning o‘ktabr inqilobig‘acha bo‘lg‘on davrida har bir shaharda yangi maktablar, ba'zi joylarda jamiyati xayriya va kutubxonalar ochiddi. Turli maktab va mutolaa kitoblari yozilib bosildi.

1901nchi yildan e'tiboran Ko‘qon va Toshkantda, 1903nchi yidda Samarqandda yangi maktablar ochila boshladi. Bu maktablar Turkistonning katgarak shaharlarida son jihatidan (taqlidiy suratda) bir daraja ko‘paygan bo‘lsa ham, 4 -5 yildan keyin yana kamayib, faqat ba'zi tuzuklari davom etdi. Buning bir sababi kitobsizlik bo‘lsa, boshqa sababi o‘qitg‘uvchilarning usuli ta'limdan xabarsizliklari edi. Avvalgi yillarda ba'zi muallimlar o‘z maktablariga totorcha kitoblarni kiritishga va bir qismlari turkcha-totorcha asarlardan tarjima yo‘li bilan foydalanib bolalarni o‘qutishg‘a majbur bo‘ldilar. Hatto, ba'zi maktablar muallimlari kitob yo‘qdig‘idan o‘z shogirdlarig‘a «Chor kitob», «Mantiq ut-tayr», «Xo‘ja Hofiz» va Navoiydek eski kitoblarni o‘qutib yurdilar. Usuli jadid maktablari shu hol bilan 5-6 yil davom qilg‘ondan keyin yangi o‘zbekcha kitoblarni ko‘ra boshladi. Shuning bilan barobar maktablarning adadi ham yana ko‘paya berdi.

Men bu maqolamda uyg‘onish davrimizning boshidan bu kungacha chiqqan o‘zbekcha alifbolarning tarixidan va ularning xizmatlaridan yozmoqchi bo‘laman.

1. «Ustodi avval»

Turkistonda boshlab chiqqan o‘zbekcha alifbo toshkantlik Sayidrasulxo‘janing 1900nchi yidtsa yozib bostirgon «Ustodi avval» ismli risolasidir. Bu alifbo russkiy-tuzemniy maktablar uchun tuzilgan bo‘lsa ham, ba'zi muallimlar kitob yo‘qdig‘idan shuni vaqtincha o‘z maktablariga kiritdilar. Lekin ko‘p vaqt o‘tmadi. Bu alifbo to‘g‘risida janjal chiqtsi. Qozonli Ahmadhodi Maqsudiy: «Menim «Muallimi avval» ismli alifbomdan o‘g‘urlagon», - deb Sayidrasulxo‘jani sudg‘a tortdi. Bu kishi esa darrov alifbosining qolg‘on nusxalarini terib olib uni qaytadan o‘zgartib bostirdi. Sud bir necha martaba mudofaa uchun vaqt belgilab Ahmadhodini chaqirg‘on bo‘lsa-da, u kelmagani uchun mudofaa kechikib qolib, oxiri Sayidrasulxuja javobgarlikdan qutuldi. Olg‘on ma'lumotimizga ko‘ra, «Ustodi avval» alifbosi o‘ktabr inqilobig‘acha o‘n yetti qatla bosilg‘on.

2. «Adibi avval»

1901nchi yillarda Toshkantda Munavvarqori tomonidan «Adibi avval» otli alifbo yozilg‘on bo‘lsa-da, buning birinchi bosmasi 1907nchi yilda chiqdi. Bu alifbo Turkistondagi usuli jadid maktablarining ko‘pisi tomonidan (ba'zi russkiy-tuzemniy maktablarga ham) qabul qilinib, dars jadvaliga kirgizilganligi uchun o‘ktabr

inqilobig‘acha tuzatilib o‘n daf'a bosiddi. So‘ngg‘i bosmalari rasmli bo‘lib chiqdi.

3. «Birinchi muallim»

Bu alifbo 1912nchi yidda Abdulla Avloniy tomonidan yozilib, Toshkantda «Maktab» kutubxonasining xarji bilan bosildi. O'ktabr o‘zgarishigacha 4-5 qatla bosilib chiqdi.

4. «Savod»

Bu alifboning yozg‘uvchisi bir necha yil Xivada muallim bo‘lg‘on Muxtor Bakirdir. Alifbo o‘zbekcha-totorcha-turkmancha aralash shevada yozilib, 1913nchi yilda Qozonda bosilg‘on. Bu faqat Turkmaniston maktablarida o‘qutilg‘on bo‘lsa kerak. 2nchi bosmasini ko‘rmadik.

5. «Ta'limi avval»

Buning yozib bosdirg‘uvchisi Toshkantda Rustambek Yusuf o‘g‘lidir. Bu alifboning faqat 1914nchi yilda chiqqon 2nchi bosmasini ko‘rdik. Buning birinchi bosmasi taxminan 12nchi yillarda chiqqon bo‘lsa kerak.

6. «Turkiy alifbo»

Turkistonda uyg‘onish davrida chiqqon alifbolarning yaxshiroqlaridan biri shu «Turkiy alifbo»dir. Bu alifbo 1916nchi yilda muallim Muhammadjon Abdulxoliq o‘g‘li tomonidan yozilib, Qo‘qonda «G'ayrat» kutubxonasining masorifi bilan bosiddi. Alifbo rasmlidir. Buning ham ikkinchi bosmasini ko‘rmadik.

7. «Biriichi yil»

Bu alifboning tuzguvchisi Samarqandda Sayidrizo Alizoda bo‘lib, noshiri «Zarafshon» kutubxonasidir. 96 betdan iborat bo‘lg‘on bu alifbo 1917nchi yilda faqat bir marta bosilg‘on.

8. «Miftoh ul-alifbo», 9. «Miftoh ul-avval», 10. «Tashili alifbo»

12 - 14nchi yillar oralarida Farg‘onada bosilib chiqqan bu uch xil alifboni eshitgan bo‘lsak ham ko‘rmadik. Bulardan birinchisining murattibi Mirza Xayrulladir. Oxirg‘isini Abdulvahhob Ibodiy yozg‘on.

Turkistonda o‘ktabr inqilobig‘acha chiqqan o‘zbekcha alifbolar shudir. Bulardan ko‘pisi bir-biriga taqlid qilib yozilg‘on. Bir oz tuzukraklari «Adibi avval», «Turkiy alifbo» va «Birinchi yil» risolalaridir.

O'ktabr inqilobidan keyin chiqqan alifbolar:

11. «Rahbari avval»

Bu alifbo 1918nchi yilda Toshkantda faqat bir marta-ba bosildi. Tuzguvchisi M. Faxriddin, noshiri «Hurriyat» qutubxonasidir.

12. «O'rtoq»

Samarqandda 18nchi yidda maorif mudiri bo‘lib turg‘on Checha Vichkinning va mustashriq Viyatkinning qalami bilan yozilg‘on bu alifbo yigirma ming dona bosilg‘on bo‘lsa ham, maktablarimiz undan bir pullik foyda ko‘rolmadi. Chunki bu risola tanqidg‘a arzimayturg‘on darajada buzuq va tartibsiz yozilg‘on edi.

13. «Sovg‘a»

Shokirjon Rahimiy tomonidan tuzilib, 1919nchi yilda Turkiston jumhuriyatining maorif komissarligi xarji bilan bosilg‘on bu rasmli alifbo har bir daf'a bosilishida tuzatilib, bu kunlarda 5nchi qatla bosilib chiqdi.

14. «Kattalarga o‘qush»

1920nchi yilda «Davlat nashriyoti» tomonidan ko‘b miqdorda bosilg‘on bu alifboning murattiblari: M. Qodiriy, I. Mo‘‘miniy va Sh. Ismoiliy o‘rtoqlardir. Bu alifbo birinchi daf'a Amriqo usulida yozilg‘onlig‘i uchun bunday usuddan xabarsiz muallimlarimiz undan keragicha foydalana olmadilar. O'qutishg‘a qiynaldilar. Shuning uchun bu to‘g‘ridagi qancha mehnat va masoriflar bo‘shg‘a ketdi.

15. «Til ochg‘ich»

Bu rasmli alifboning murattibi muallim Hasanali, noshiri Buxoro maorif nazoratidir. Risola 1922nchi yilda besh ming dona bosiddi.

16. «O'zbek alifbosi»

Shokirjon Rahimiy tomonidan yozilg‘on bu rasmli alifbo «Davlat nashriyoti» tarafidan 1922nchi yilda faqat bir martaba 25 ming dona bosildi.

17. «Kattalar yo‘ldoshi»

Savodsiz katta kishilar uchun 24nchi yilda «markaz savodsizliqni bitiruv favqulodda komissiyasi» tomonidan 15 ming dona bosilg‘on bu alifboning tuzguvchisi Shokirjon Rahimiydir. «Kattalar yo‘ldoshi» ikki yil ichida tuzatilib, to‘rt daf'a bosilib chiqdi.

18. «O'qutg‘uvchi»

Kattalar uchun Amriqo usulida yozilg‘on bu rasmli alifboni(ng) tuzg‘uvchilari Hoji Muin bilan I. Rahmatullazoda, noshiri «Savodsizliqni yo‘qotish favqulodda komissiya»dir. Bu alifbo 25nchi yil oxirlarida birinchi daf'a 45 ming dona bosiddi. Risola eskirak huruf bilan bosilg‘on, matbaa xatosi ham oz emas.

Mana, 25 yil ichida bosilib chiqqan alifbolarimiz (manim bilganimcha) shulardan iboratdir. Shu muddatda Turkistonda bosilg‘on forscha-tojikcha alifbolarni kelgusi maqolada yozarmiz.

«Maorif va o‘qutg‘uvchi» jurnali, 1926 yil, 2-son
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 74857420

Yandex