Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Abdurauf Fitrat. Muxtoriyat (1917)

19.07.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• "Dada, bu yetishmovchilikka yana qancha chidashimiz kerak?" ― "Qirq kun" ― "Keyin-chi?" ― "Ko‘nikib ketamiz".
• Ehsonni shunday qilki, hatto ko‘ylaging bilmasin.
• Odamlar yalaydigan darajada shirin bo‘lma, odamlar tupuradigan darajada achchiq ham bo‘lma.
• Men ro‘mol o‘rashni o‘rgangunimcha erim mendan ketib qoldi.
Arman maqollari
 
 

Abdurauf Fitrat. Muxtoriyat (1917) Chop etish uchun E-mailga yuborish

MUXTORIYAT

Turkiston muxtoriyati... Temur xoqonining chin bolalari yoninda, turkistonning tubchak turklari orasinda, mundan o‘g‘urli[1], mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so‘zni borlig‘iga ishonmayman.

Turkiston turkining qonini qaynatg‘uchi, imonini yuksaltguchi bir quvvat bor esa, yolg‘uz shu so‘zda bordir: Turkiston muxtoriyati.

Elli(k) yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, tilimiz kesildi, og‘zimiz qoplandi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, nomusimiz g‘asb qiyaindi, huquqimizg‘a tajovuzlar bo‘ldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi, to‘zimli turdik, sabr etdik.

Kuchga tayangan har buyrug‘ga bo‘yinsundik, butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik. Yolg‘iz bir fikrni bermadik, yashrun turdik, emgaklarimizg‘a o‘rab saqladik: Turkiston muxtoriyati!

Mahkama eshiklaridan yig‘lab qaytg‘anda, yoruqsiz turmalarda yotg‘anda, yirtg‘uchi jandarmning tepgusi bilan yiqilg‘anda, yurtlarimiz yondurulg‘anda, dindoshlarimiz osilg‘anda ongimiz yo‘qoldi, miyamiz buzildi, ko‘zimiz yog‘dusiz qoldi, biror narsani ko‘rolmadik. Shul chog‘da, tushkun ruhimizni ko‘tarmak uchun shul qop-qorong‘u dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab tura(r) edi. Biror narsaga o‘tmagan ko‘zimiz shuni ko‘rar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!

Biz aniq bila(r) edikkim, zolim Nikolay hukumati qancha yasharsa yashasun, adolat oshiqi bo‘lg‘an... rus demokratiyasi, haqg‘a tayangan bir inqilob, har millatning o‘z haqlarini qaytarur.

Inqilob bo‘ldi. Rusiyaning «qo‘shma xalq jumhuriyati» usuli bilan[2] idora etiluri jarlandi. Shul e'lon uzra yasalgan Ukraina, tatar va boshqa millatlar muxtoriyatlari tasdiq etildi. Qo‘nuq[3] Turkistonniki edi. Turkistonning tarixiy xonbaliqlarindan ikkinchisi bo‘lg‘an Xo‘qand shahrinda to‘plang‘an Turkiston qurultoyi 27 no‘yabrning «milliy laylaturqadrimiz bo‘lg‘an» yarim kechasinda Turkiston muxtoriyatini e'lon qildi.

Lekin shunisi borkim, bir millatning muxtoriyati yolg‘uz bir s'ezdning e'loni bilan tamom bo‘lmas. Muxtoriyatni olmoq va saqlamoq kerakdir. S'ezd o‘z ishini qildi. Qolg‘anlari butun millatning vazifasidir. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha keraqdir. Bularni millat hozir qilsun.

(«Hurriyat», 1917 yil, 5 dekabr).

Maqola «Fan va turmush»ning 1990 yil, 10-sonida (30-31-betlar) qayta nashr qilingan nashrga tayyorlovchi Sh. Turdiev).



[1] o‘g‘urli - haybatli, buyuk.

[2] «qo‘shma xalq jumhuriyati» usuli - Rusiyaning federatsiya asosidagi boshqariluvi nazarda tutiladi. Dastlab, boshqa respublikalar ittifokdosh jumhuriyatlar bo‘lib emas, balki Rusiya hududidagi muxtor (avtonom) jumhuriyatlar bo‘lib birlashganlar.

[3] qo‘nuq - navbat, gal.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 80443840

Yandex