Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Adib Sobir Termiziy

21.09.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Buyuk saodatlar buyuk iztiroblarning yonidadir.
Erhan Bener
 
 

Adib Sobir Termiziy Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adib Sobir Termiziy


Adib Shahobiddii Sobir binni Ismoil Termiziy XII asrda yashagan allomalardan. U Termizdai Hirotga kelib, Nizomiya madrasasida tahsil oladi. Sulton Sanjar uni Xorazmshoh Otsiz saroyiga elchi qilib jo‘natadi. Lekii u ikki hukmdor o‘rtasidagi raqobat va dushmanchilikning qurboni bo‘ladi. Xorazmshoh Otsizning buyrug‘i bilan Adib Sobirning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, Jayhunga otishadi.
Shoirdan g‘azallar, qasidalar, tarjebandlar, qit’alar, ruboiylardan iborat  devon meros bulib qolgan. Adib Sobir ruboiylari ana shu boqiy merosning go‘zal bir parchasidir.

1

Biz erdigu bog‘ erdi, sharobi gulgun,
Chun ko‘rdi, xasad etdi o‘shal garduni dun.
Kim isig‘i quvdi bizni bog‘din, emdi,
Sardoba, o‘zing lutfi karam ayla bugun.

2

Soqiy menga tutsa ul mayi gulgunni,
Gulgun etayin firoqidin Jayhunni.
Yer ustiga ko‘z yoshim ila boda berib,
Ham mast etayin yer ostnda Qorunni.

3

Tun tongga ulansa, hal bo‘lib matlabimiz,
Ham burji sharaf ichra yonib kavkabimiz.
Ham bitsa shikoyat, shirin o‘lsa labimiz,
Shay o‘lsa zafar jabdug‘idin markabimiz.

4

Ey, kunduzing aylamish makon tun ichra,
Zulfing dag‘i tunga soyabon tun ichra,
Hal etmasa kunduzing tunim mushkulini.
Sendin chekayin nola-fig‘on tun ichra.

5

Ey, moyayi har latofat, ey durri xushob.
Otash kabi har so‘zingda ko‘p etma itob.
Otash ila suv desam seni, rost-savob,
Otash kabi sofsenu aziz misli gulob.

6

G’amzang o‘kidin balo paykonlig‘ bo‘ldi,
Nomingni bitib, jafo unvonlig‘ bo‘ldi.
Har neki jafoni sendan o‘rgandi falak.
Xo‘b bo‘lmadi bu ishing, yomonlig‘ bo‘ldi...

7

Bul kecha umid toshiga toshimni ko‘yay.
To labingga lab, qoshingga qoshimni qo‘yay,
Sen yoshli ko‘zimga qo‘y oyog‘ingni, sanam.
Men ersam eshik tubiga boshimni qo‘yay.

8

Nargis ko‘zing ul qadar zabun etdi meni,
Ko‘nglim bog‘idin quvdi, yupun etdi meni,
Ham misli binafsha sarnagun etdi meni,
Gul chehrasidek tamomi xun etdi meni.

9

Yor furqati birla dili noshodim bor,
Yod aylamas ul yorni tilab yodim bor.
Bir yor dilidin hazor bedodim bor,
Faryod etayin, ko‘ngilda faryodim bor.

10

Ko‘nglim tilab ul la’li shakarbor, ketdi,
Boz istadi, dil quvvati takror ketdi.
Umrim bo‘yi hosil etganim ilmu xirad
La’lingni tilab hammasi bir bor ketdi.

11

Jono, labu g‘amzang ko‘yiniig sharbati mo‘l,
Rost, rohati mo‘l uning, vale ofati mo‘l.
G’amzang ila la’ling dilbariston, sanam,
Ozori agar ersa, yana rohati mo‘l.

12

Voh, bo‘yla qiyomat etmasa netdi sanam,
Kim ko‘zimni yosh ayladiyu ketdi sanam.
Bir azmi safar-la ul aziz chehrasini
Jon birla ko‘zimdin ham aziz etdi sanam.

13

Amringda agar ne’mati yuz narvezdir,
Izmingda-chi, ikki yuz bedov shabdezdir.
Qo‘y kibru havoni, berma hukmingga shitob,
Ki gardishi ro‘zgor sho‘rangezdir.

14

Chehrang nuridin hamisha kunduz ravshan,
Tun zulmat o‘lur o‘shal qaro zulfing ilan.
Ishqing tunu kun meni chunon etdi zabun,
Kun lashkari yetgaymu menga, bilmasman.

15

Ey, sensiz o‘lib yiroq ko‘zimdin uyqum,
Noz uyqung uchun uyquni ko‘zdin quvdim.
Ishqingda ishimdir uyqusizlik, sanamo,
Ko‘z yoshim ila uyquni ko‘zdin yuvdim.

16

Do‘st ahdini buzdi, dil ko‘tardi isyon.
Dedimki, na hojat ishq agar bo‘lsa chunon.
Ul nargisi mast ishqi yetishdi nogah,
Tug‘yonli ko‘ngil go‘shasini tutdi makon.

17

Har neki tilarmen, u qadar imkon yo‘q,
Diltang erurmanki, anga poyon yo‘q.
Dil tangligidin qutulmoq oson ermas,
Darmoni sabr emish, vale darmon yo‘q.

18

Xurshidki, jilo berib shafaqning o‘tiga.
Yoqut yasadi, boqib labing barqutiga.
Har kimki labinga yetdi, yoqut tilamas,
Yoqut dag‘i qul emish labing yoqutiga.

19

Dushman-ku dilozor, qolishmas do‘st ham,
Kim ikkisidin yetar menga ranju alam.
Tan tashvishu g‘am chekar esa, jonga ne bok?
Po‘st tashvish agar chekar esa, mag‘zga ne g‘am?

20

Ko‘ngling-ku vafo bilan qovushmas hargiz,
Nazdingda yana dushmanu do‘st ham farqsiz,
Bas-baski, shikoyating sira joiz emas,
Bor-borki, hikoyating dag‘i nojoiz.

Jamol Kamol tarjimalari

Davomi...



Muallif: Adib Sobir Termiziy
Hajmi: 217 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 81853466

Yandex