Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi. Abdulla Qahhor
Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. O’zbekiston FA muxbir a’zosi (1943). Samarqanddagi bilim yurtida (1923-28), Pedagogiga akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida o‘qigan (1928—31). Dastlabki asarlari — «Ko‘klam» (she’rlar, 1929), «Tong shabadasi» (hikoyalar, 1930). «Olov sochlar» (1931), «Poyga», «O’lim yovga» (1932), «Daryo kechasi» (1936), «She’rlar» (1937), «O’lka», «Oygul va Baxtiyor» (1939), «Baxt» (1940), «Ko‘lingga kurol ol!», «Ona va o‘g‘il» (1942), «Ishonch» (1943) she’riy to‘plamlar muallifi. «Oygul bilan Baxtiyor» (1937) hamda «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» (1939) dostonlari xalq ertaklari motivlari asosida yaratilgan. N. Ostrovskiyning «Po‘lat qanday toblandi» romanini hamda A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, V. Mayakovskiy, T. Shevchenko va boshk,a shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1944 yil 3 iyulda avtomobil xalokatidan Toshkent shahrida vafot etgan.
*********
O’RIK GULLAGANDA
Derazamning oldida bir tup O’rik oppoq bo‘lib gulladi...
Novdalarni bezab g‘unchalar, Tongda aytdi hayot otini Va shabboda qurg‘ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu bo‘lar takror, Har bahor ham shunday o‘tadi, Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi.
Mayli, deyman va qilmayman g‘ash, Xayolimni gulga o‘rayman; Har bahorga chiqqanda yakkash, Baxtim bormi, deya so‘rayman.
Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor, deb esadi yellar. Etgan kabi go‘yo bir talab, Baxting bor, deb qushlar chiyillar...
Hamma narsa meni qarshilar, Har bir kurtak menga so‘ylar roz, Men yurganda bog‘larga to‘lar Faqat baxtni maqtagan ovoz:
«Mana senga olam-olam gul, Etagingga siqqanicha ol, Bunda tole har narsadan mo‘l, To o‘lguncha shu o‘lkada qol.
Umrida hech gul ko‘rmay, yig‘lab O’tganlarning haqqi ham senda, Har bahorni yig‘lab qarshilab Ketganlarning haqqi ham senda...»
Derazamning oldida bir tup O’rik oppoq bo‘lib gulladi...
XAYOLIMDA BO’LDING UZUN KUN...
Xayolimda bo‘lding uzun kun, Seni izlab qirg‘oqqa bordim. Och to‘lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo Esga solar chiroyli tunlar, Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar, Esga solar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen, Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i. Sening bilan birga iqbolim, Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo, Suv ustidan tun quyuladi. Shunda qancha-qancha gaplarni Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar Pishqiradi bilmay tinimni. Hiylagar oy, sehrgar dilbar, Solib qo‘yding yodimga kimni?..
* * *
Sevgi desam, faqat sen desam, Sening bilan yashasa qalbim; Sen desam-u, butun dunyoning Sho‘rishiga quloq solsam jim...
Quyun kabi aylanar boshim, Qarayman-u, ko‘zim tinadi Va jilvangdan ko‘ngil ko‘zgusi Parcha-parcha bo‘lib sinadi.
Shu qarashga bormi nihoya, Bo‘larmanmi maqsadga vosil? Toparmanmi bir yangi g‘oya, Bo‘larmikan bir murod hosil?
Topilarmi unda bir chora, Agar meni qurshasa junun: Bo‘lib qolsa sirim oshkora, Atasalar nomimni Majnun?
Ehtiroslar, hislar, yonishlar O’lkasini kezardi xayol, Hokim edi mening ruhimda Shunday latif ilhomiy bir hol.
Bir kichik tor, bir yoniq parda Qancha gapni aytib berardi... Onasidan o‘rganganini Chumchuq chuvlab qaytib berardi...
Tikkan edim qalb qulog‘ini Va fikrimga bergan edi jon, Chivin uchsa kelardi malol, Shunga edi sadoqat, imon.
Xalal berma, ozroq qo‘nib tur, Tamom qilay shu gul suratni, Qo‘ygil meni, yurakning qoni Bilan tortay eng so‘nggi xatni.
* * *
Tinimsizdir yolg‘iz shaboda, Maysalarning sochi silkinar, Mana, hozir chirqirab turgan Parrandalar, qushlar ham tinar...
Hamma uxlar va faqat tunni Mening o‘zim qarshi olurman. Qarshi olur va tongga qadar Mening o‘zim uyg‘oq qolurman.
Qulog‘imga sekin shivirlab Tun uyquni o‘rgatar menga, Bo‘lganmisan tunda sahroda? Bo‘lmasa kel, so‘ylayin senga...
OFÅLIYANING O'LIMI
1
Orzung bor kuylashga,låkin qalbingdan Tarqalar bir ma'yus va g'amgin sazo. Qo'yningda bir quchoq oq va nafis gul, Låkin ruhing to'la motam va azo.
2
Foyda yo'qdir, go'zal, zolim falakdan Qancha dod qilsang-u qancha shikoyat, Qancha yolvorsang, qancha to'ksang yosh, Baribir, alamga bo'lmas nihoyat.
Qancha ma'sum bo'lsang, qancha vafodor, 'Qorday oq bo'lsang-u, muz qadar toza', Håch zamon kor etmas, shum falak badkor. O'qilur såvgingga qora janoza.
Någa kårak edi shu chiroy, shu o't, Shu yoniq yulduzni ko'zga yashirmoq? Någa lablaringdan husn oldi yoqut, Någa siynang bo'ldi qor tog'iday oq?
Husn balosiga kim etdi duchor? Holbuki, busiz ham qanchalar alam, Holbuki, busiz ham qizning boshida So'ngsiz musibatlar,dunyo-dunyo g'am.
Holbuki, busiz ham qiynalardi jon, Busiz ham yåtardi falokat, azob, Faqat go'zal emas, hatto xunuk qiz Ko'z ochib ko'rardi yolg'iz iztirob.
Orzung bor kuylashga, låkin qalbingdan Tarqalar bir ma'yus va g'amgin sazo. Qo'yningda bir quchoq oq va nafis gul, Låkin ruhing to'la motam va azo.
Shundayin latofat, shu oq ko'krakka Nahot munosibdir shu g'amgin libos. Onang shuning uchun suyunganmidi - Nahotki, shu sifat go'zallikna xos.
Hali såvishmoqdan shumidir ma'no? Faqat azob bordir qismatda, nahot? Nahotki, såvgiga shudir tamanno? Nahot go'zal uchun faqat, faqat dod!..
3
Hamlåt såvar edi, uning qalbini, Go'yoki ikki cho'g', ikkita otash Bo'lib yondirardi ko'zing tun-kuni, U ham qilmas edi bu otashga g'ash.
Hamlåt yuragiga bårardi hayot Såning u otashin, gulbarg lablaring, Jasur xayoliga bo'lardi qanot Bog'idan bir kåzib o'tganing såning.
Faqat nåtmak kårak,bordir na chora, Såvguvchi yurakni qurshasa balo? Butun olam ko'zga esa qorong'i, Balolarga Hamlåt esa mubtalo?
Shubha otashida yonar tafakkur, Dunyo bir g'amxona, Doniyo* - zindon. Yo'qdir yuraklarni yoritgali nur, Zanjirdadir såvgi, qafasdadir jon.
Ishqiy tug'yonlarga qaynab, yurakdan Chiqolmas bir tovush, bir sazo, bir un, Etmishdir yårdagi oddiy azoblar Allaqachonlarkim Hamlåtni majnun.
Hosil bo'lmas murod, håch narsa nasib, Qancha yig'lasang-u qancha chåksang oh; Såvguvchi yigitni solmishdir yo'lga Tunda ertak aytgan bir mudhish arvoh.
Jannat, farishtalar, toza malaklar, Bir puldir eng ma'sum va eng pok o'pish, Do'zax ichra Hamlåt yonib alaklar, Butun olam ko'rinadi go'yo tush.
4
Ko'ngil gulshanini qopladi xazon, Yo'qoldi shunchalik båbaho såvgi. Shu bo'ldi bokira, dunyo ko'rmagan U yoqut lablarning qora taqdiri.
Såvgi ko'klarida uchuvchi lochin Arshidan yiqildi va ko'hna dunyo - Butun armonlarni qul qilgan otash O'zi bo'lib qoldi såvgiga gado.
1936
Doniyo - Daniya (mamlakat ma'nosida)
JANUB KÅCHASIDA
Sån bo'lmasang, shu och to'lqinlar Ko'rinmasdi sira ko'zimga, Sån bo'lmasang o'zimning ko'nglim Kirmas edi aytgan so'zimga.
Sån bo'lmasang, etmasdi xursand Suv ustida suzib yurgan oy. Hamisha sho'x, doimo baland, Yulduzdagi jon yoqar chiroy.
Qarashlaring tinchimni olib, Chårtib kåtdi qalbim torini, Shundan kåyin såzdim yurakda Shuncha kuchli o'tning borini.
Aytib bår-chi, shuncha såvganlar Bo'lganmikin måncha baxtiyor? Aytib bår-chi, qaysi qiz burun Såvib bo'lgan umid bilan yor
Shag'irlaydi... Bårmaydi uyqu, Xayollarim bo'lar parishon, Bir izlanish boshlanar månda Tushunchamga yana kirar jon.
Holbuki, tun - bunda odatda, Butun borliq uxlarday sokin, Butun yår osmonga o'ranib Olar kåbi kunduzidai tin...
Soyga tushdim, ko'kda chiqdi oy, Nur yog'ildi oq bulutlarga. Nurga to'ldi dara, to'ldi soy, Nur yog'ildi qorong'i jarga.
Kåzar edim, måni tinmayin Ta'qib etar bir uzun soya, Bilmadimkim, bormidir ishi, Yo istarmi aytmoq hikoya.
Ko'zlarimda yonar uchqunlar, Zilol suvga oy edi sirdosh, Yaltirardi, doim tovlanar, Oy nuriga cho'miluvchi tosh.
Ko'zni tikdim, parquv bulutlar, Ko'char edi zilol va toza. Lochin kabi samolyot uchar, Uchar edi solib ovoza.
Tikilgandi ko'zim qog'ozga, Qo'llarimda yugurar qalam. Qurshamishdi uni hayajon, Bir intilish, bir orzu bu dam.
Shag'irlardi osmon va havo. Shag'irlardi butun koinot, Shag'irlardi båtinim daryo, Shag'irlardi daryoda hayot...
Holbuki, tun...
1936
XAYOLIMDA BO'LDING UZUN KUN...
Xayolimda bo'lding uzun kun, Såni izlab qirg'oqqa bordim. Och to'lqinlar pishqirgan tunda, Topib bår, dåb oyga yolvordim.
Ishon bunda, såni doimo Esga solar chiroyli tunlar, Sho'x yulduzlar, salqin saharlar, Esga solur baxtiyor kunlar.
Tolåimning oshinosi sån, Sån såvgimning ko'kargan bog'i. Såning bilan birga iqbolim, Ishonchimning sån vafo tog'i.
Måni qurshar salqin bir havo, Suv ustidan tun quyuladi. Shunda qancha-qancha gaplarni Esga solib oy ham to'ladi.
Kåcha jimjit, yolg'iz to'lqinlar Pishqiradi bilmay tinimni. Hiylagar oy, såhrgar dilbar, Solib qo'yding yodimga kimni?..
1936
BO'LSAM
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam, Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam.
Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.
Bo'yingni tarqatib olamni qilsam mastu mustag'riq, O'zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam.
Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolg'iz, O'zimni ham topolmay,mayliga,oxir xayol bo'lsam.
Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa - Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam. Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin, Raqiblar rashkiga ko'krak keray,mayli,qamol bo'lsam.