Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.

Ziyo istagan qalblar uchun - Hamid Olimjon (1909-1944)
16.04.2014 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Kuchga tayanmagan adolat ojiz, adolatga tayanmagan kuch esa zolimdir.
Paskal
 
 

Hamid Olimjon (1909-1944) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/hamid_olimjon.jpgIste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923—1926), so‘ng Pedakademiyada (1926— 1931) o‘qidi.

Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’riyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi.

Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to‘plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O‘lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi.

Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat jabhasidagi qahramonligini tasvirlagan shoir 30-yillarda qator ajoyib lirik she’rlar bilan birga «Zaynab va Omon» dostonini yaratdi.

Hamid Olimjon she’riyatining lirik qahramoni — zamon bilan baravar odim otuvchi, vatanparvar, shodlik va baxt taronalarini kuylovchi insondir.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1943) Hamid Olimjon o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi.

Hamid Olimjon A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy, A. Serafimovich, T. Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarini tarjima qildi.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodining ajoyib durdonasi «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib (1938), chop etildi. U Alisher Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubiley qo‘mitasining a’zosi sifatida ulug‘ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi.

Hamid Olimjon «Daryo kechasi» (1936), «O‘lka» (1939), «Baxt» (1940) to‘plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935—1937), «Oygul va Baxtiyor» (1937), «Semurg‘» (1939) dostonlari bilan o‘zbek she’riyatida romantik tasvir tamoyillarining qaror topishiga katta hissa qo‘shdi.

Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning go‘zal namunalaridan biri bo‘lib kelayotir. Uning «Jinoyat» dramasi zamonaviy mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari bilan bir qatorda «Jangchi Tursun», «Roksananing ko‘z yoshlari» kabi qator balladalari ham yaratildi.

Iste’dodli shoir 1944 yil 3 iyulda avtomobil halokatiga uchrab, vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

E'lonlar
Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 4073
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 35580131

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz

Sayt rivojiga hissa