Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Parda Tursun (1909-1957)

16.12.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Uzoqdagi akadan yaqindagi qo’shni yaxshi.
• Bo’ron kichik olovni o’chiradi, lekin kattasini alangalatadi.
• Kalla bilan bitirish lozim bo’lgan joyda musht bilan hech narsaga erishib bo’lmaydi.
• Hamma ishning boshi qiyin.
• Vaqtida aytilmagan dono gap ham ahmoqona qabul qilinadi.
• Pul - bu najas, ammo najas - pul bo’lolmaydi.
Yahudiy maqollari
 
 

Parda Tursun (1909-1957) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/parda_tursun.jpgXX asrning 30-50-yillarida ko‘zga ko‘ringan yozuvchilardan biri Parda Tursundir. U 1909 yil 7 noyabrda Namangan viloyati, Pop tumanidagi Chorkesar qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Ota-onadan erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda hayot kechiradi. Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog‘idan Toshkentga yetaklaydi. Kishilar eshigida xizmatkor bo‘lib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik 1923—1927 yillarda tajriba ko‘rsatkich maktabiga, 1927—1928 yillarda Karl Marks nomli pedagogika bilim yurtiga olib keladi. So‘ngra, 30-yillar boshiga qadar Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi maktablarda o‘qituvchilik qiladi.

Uning adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan. 1929—1934 yillarda «Qizil O‘zbekiston» gazetasi sahifalarida ilk xabar va ocherklari chop qilingan. 1930 yilda uning «Zo‘rlik» nomli birinchi hikoyasi e’lon qilingan.

1934—1935 yillarga kelib adibning «Ostonada», «Qo‘ldosh va Marusya», «Bir xotinning tarixi» kabi hikoyalari yaratiladi.

Parda Tursun ijodida uning «Domla» (1937) hikoyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hikoyaning syujet chizig‘i, aytish mumkinki, adibning qariyb barcha yirik asarlari sahifalariga ko‘chgan.

Parda Tursun 30-yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator hikoyalar, o‘nlab ocherklar yaratdi.

Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar» (1933), «Majlisda» (1934), «Quvnoq hayot» (1935), «Yaylovda» (1935), «Traktorchi» (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalarida bo‘lganidek, ocherklarida ham o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan yo‘li, kurashi haqida hikoya qiladi.

1941—1945 yillarda adib Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Urushdan keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarida talaba, o‘qituvchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. 1947 yili uning birinchi yirik asari — «Haq yo‘l» nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon — Xolmurod Do‘stmatovning hayot yo‘li timsolida adib o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘lini gavdalantiradi. U keyinroq «O‘qituvchining yo‘li» nomi bilan chop etilgan. 1950 yillarda mazkur qissa qayta ishlanib, «O‘qituvchi» nomi bilan roman sifatida nashr qilingan. Undagi bosh qahramon Elmurod obrazida o‘zbek ziyolisining hayoti va kurash yo‘li mujassamlantirilgan.

Parda Tursun jurnalist va yozuvchi bo‘libgina qolmay, tarjimon ham edi. U Saltikov-Shchedrin, A. Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan.

U 1957 yil 28 sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 84116541

Yandex