Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Sulton Jo'ra (1910-1943)

16.12.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.
Tohir Malik
 
 

Sulton Jo'ra (1910-1943) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/sulton_jura.jpgIste’dodli shoir Sulton Jo‘ra adabiyotimizga 30-yillarda Amin Umariy, Usmon Nosir, Oydin, Zulfiya, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy kabi adiblar bilan birga kirib kelgan. U bor-yo‘g‘i o‘ttiz uch yil umr ko‘rdi, shundan o‘n uch yilini adabiyotga, she’riyatga baxshida etdi.

Sulton Jo‘ra 1910 yil 15 yanvarda Buxoroning Shofirkon tumanidagi Qog‘oltom qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Uch-to‘rt yoshligidayoq ota-onasidan judo bo‘lib, qarindosh-urug‘lari tarbiyasida bo‘ldi. So‘ngra boshlang‘ich ta’limni olgach, Buxoro Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1930 yilda tugatadi. Maktablarda, bilim yurtlarida, shuningdek, Andijon Davlat pedagogika institutida adabiyotdan dars beradi. Ijodi ham shu yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri 1927 yilda «Mehnat qo‘ynida» nomi bilan «Yangi yo‘l» jurnalida chop etiladi. So‘ngra, uning «She’rlar» (1933), «Fidokor» (1939), «Moskva» (1941) kabi to‘plamlari, «Kulgi» (1936), «Shodligim» (1939), «Ochiq chehralar» (1939) kabi turkum she’rlari paydo bo‘ladi.

She’rlar va to‘plamlarning nomidan ko‘rinib turganidek, ularda shoir zamondoshlari dardi, quvonchi, shodligidan hikoya qiladi.

Sulton Jo‘ra qator liro-epik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish. Uning «Qaldirg‘och», «Jannat» kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik olami ifodalanadi. Shoir «Zangori gilam» she’riy ertagida folklor motivlaridan keng foydalanish orqali yoshlarning ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. «Karim va Qunduz» dostonida mehnat va uning gashti, rohati haqida so‘zlaydi.

Shoirning «Bruno» dostoni uning ijodida muhim bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o‘lmas obrazi gavdalantirilgan.

Sulton Jo‘ra bolalar uchun bir talay asarlar yaratgan. «Harflar paradi», «Tinish belgilarining majlisi», «Yolg‘onchi», «Cho‘ntak», «Oy nechta», «Sog‘inchli salom» kabi asarlari bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalaridir.

Urush yillarida Sulton Jo‘ra ijodi yangi bosqichga ko‘tarildi. U o‘zining «Pulemyotchi ovozi», «To‘pchi Muhammad», «Nayzamiz» va «Chavandoz» kabi qator she’rlarida vatanparvarlik g‘oyalarini baralla kuyladi.

Shoir bu yillarda urush mavzuida o‘zining «Iroda» dramasini ham yaratdi. Uning urush mavzuida yaratilgan asarlari orasida «Sog‘inchli salom» she’ri alohida ahamiyatga molik. Unda ota-ona, yor va birodar, yigit va qiz, qavm-qarindosh firoqiga sabab bo‘lgan urushga la’natlar yog‘diradi.

Sulton Jo‘ra Ikkinchi jahon urushi frontida 1943 yilning 10 noyabrida qahramonlarcha halok bo‘lgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 84116279

Yandex