Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Ibrohim Rahim (1916-2002)

29.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Intellektuallar xalq hisobiga yashovchi betayin bir toifa bo‘ladi. Ular kitobga qarab o‘ylaydi, kitobga qarab fikrlaydi. Og‘zini to‘ldirib tsitatalar keltiradi, tarixdan saboqlar o‘qiydi. Ammo ko‘chat ekib, daraxt o‘tqazolmaydi. Kitob boshqa hayot boshqa ekanligini tasavvur ham eta olmaydilar. Oqibat, hayot haqida qog‘ozday quruq o‘ylaydi, qog‘ozday jonsiz o‘ylaydi. Biroq ular o‘zlarini nihoyatda aqlli hisoblaydilar.
Tog‘ay Murod
 
 

Ibrohim Rahim (1916-2002) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yilning 15 oktyabrida Farg‘ona viloyatining Quva tumanida dunyoga kelgan. Uch yoshida ota-onasidan yetim qolib, onasi To‘xtabibi tarbiyasida voyaga yetadi. Adabiyotga ilk ixlos ham ona tufayli uyg‘onadi. Ana shu ixlos uni 1933 yilda Toshkentga yetaklab keladi.

Ibrohim Rahim dastlab «Kolxoz yo‘li» nomli gazetada faoliyat ko‘rsatadi. Uning ilk asarlari shu davrdan boshlab dunyo yuzini ko‘radi. «Lenin uchquni» (hozirgi «Tong yulduzi»), «Yosh leninchi» («Turkiston») gazetalarida uning she’r, ocherk, hikoyalari bosiladi. U ikki urushda — Finlyandiya, Germaniya fashizmi bilan bo‘lgan janglarda (1937—1945) qatnashgan.

Ibrohim Rahim o‘zbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qilgan. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherklar, hikoyalar, xabarlar yozgan.

1946 yilda harbiy xizmatdan qaytgan adib respublikamizdagi gazeta va jurnal muharririyatlarida ishlab keldi.

Ibrohim Rahim O‘zbekiston Radio komitetida (1946— 1947) mas’ul lavozimda xizmat qilgan, Partiya Oliy maktabida (1947—1950) tahsil ko‘rgach, «Qizil O‘zbekiston» gazetasi muharriri (1950—1961), «O‘zbekfilm» kinostudiyasi rahbari (1960—1966), «Guliston» (1966—1970), «Mushtum» (1972—1982) jurnallarining bosh muharriri vazifalarida ishlagan.

Yozuvchining ijodiy faoliyati 1938 yildan boshlanadi. Birinchi yirik asari chegarachilar hayotidan yozilgan «Bahodir» (1939) dostonidir. Ibrohim Rahim 1953 yili «Hayot buloqlari» romanini yozdi. Keyinchalik bu asar adabiy tanqidchilar fikr va mulohazalari asosida qayta ishlanib, «Ixlos» (1958) nomi bilan chop etildi. Ibrohim Rahim «Chin muhabbat» (1958), «Fidoyilar» (1972), «General Ravshanov» (1985) kabi romanlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining jangovar hayotini aks ettirdi.

1966 yilgi Toshkent zilzilasi va uning oqibatlarini mardonavor tugatish yozuvchining «Tinimsiz shahar» (1968) romaniga mavzu bo‘lib xizmat etgan. Uning «Taqdir» romani esa yangi shahar qurilishiga bag‘ishlangan. Muallifning «Hilola» (1960) qissasi xotin-qizlarning jamoa xo‘jaligidagi o‘rni, ularni rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish, jamoa xo‘jaligi iqtisodiyotini yuksaltirish singari davrning muhim muammolarini badiiy hal qilishga qaratilgan. Yozuvchining «Zangori kema kapitani», «Olovkor» (1960) qissalarida ham kishilarimizning yuksak ma’naviy qiyofasi, mehnatdagi qahramonliklari aks etgan. «Oqibat» nomli romani uchun yozuvchiga Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti berilgan (1983).

Ibrohim Rahim «Jonim fido» va «Chaqmoq» nomli dramalar ham yaratgan (1974). «Chaqmoq»da Belorussiya o‘rmonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashgan o‘zbek yigiti Mamadali Topiboldiev obrazi yaratilgan. Adib «Farhodning jasorati» kinofilmining avtori hamdir.

Ibrohim Rahim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvonlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekistonning milliy mustaqilligining besh yilligi va tug‘ilgan kunining 80 yilligi munosabati bilan «Do‘stlik», so‘ng «El-yurt hurmati» kabi ordenlari bilan mukofotlangan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91481748

Yandex